27.04.2022 yildagi KQ-340-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 27.04.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

“Yil ayoli” va “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlarini oʻtkazish toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, har jihatdan ibratli xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash borasida olib borilayotgan islohotlarni keng targʻib qilish va jamoatchilikka yetkazish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 16-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Yil ayoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq, “Gender tenglik faoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq, “Gender tenglik faoli” milliy koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi bilan birgalikda “Yil ayoli” va “Gender tenglik faoli” milliy tanlovlari har yili yuqori saviyada tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari tomonidan oʻtkaziladigan koʻrik-tanlovlar toʻgʻrisida”gi KQ-214-IV-sonli Qaroriga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati tizimli ravishda tanlovlarning mazmun-mohiyati, ularni tashkil etish va oʻtkazish jarayonlari davlat va xorijiy tillarda Senat rasmiy veb-saytida, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 27-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-340-IV-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 27-apreldagi KQ-340-IV-sonli Qaroriga

1-ILOVA

“Yil ayoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom “Yil ayoli” milliy tanlovini (bundan buyon matnda — Tanlov deb yuritiladi) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi hamda Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi tanlov tashkilotchilari hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, xalqaro tashkilotlar tanlovda hamkor tashkilotchi boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan 35 yoshdan yuqori hamda oʻz yoʻnalishi boʻyicha faoliyat bilan kamida 5 yil mobaynida uzluksiz shugʻullanib kelayotgan ayollar, shuningdek, uy bekalari tanlov ishtirokchilari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi tanlovning ishchi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tanlov ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxema boʻyicha oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tanlov ishtirokchilarini baholash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq “Yil ayoli” milliy tanlovini oʻtkazish boʻyicha Respublika tashkiliy qoʻmitasining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq namunaviy tarkibdagi “Yil ayoli” milliy tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitasining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq namunaviy tarkibdagi “Yil ayoli” milliy tanlovining tuman (shahar) bosqichini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitasining qarorlari bilan tuziladigan Hakamlar hayʼatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tanlovning maqsadi

7. Tanlovning maqsadi — mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissasini qoʻshib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat boʻlish bilan birga oʻzi faoliyat koʻrsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari boʻlgan ayollarni qoʻllab-quvvatlash, ragʻbatlantirish, munosib taqdirlash hamda bu boradagi ilgʻor tajribalarni ommalashtirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tanlovning vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, har jihatdan ibratli, isteʼdodli ayollarni aniqlash, ularning faoliyatini keng jamoatchilikka yaqindan tanishtirish, ilgʻor ish tajribasini ommalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayollar orasida professionallik, ishbilarmonlik, raqobatbardoshlik muhitini shakllantirishga imkon berish va bilim darajasini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov ishtirokchilari orasidan yuksak kasb mahoratiga ega boʻlgan, sohaning fidoyi mutaxassislarini tanlash va ular haqidagi maʼlumotlar bazasini doimiy ravishda boyitib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tanlov uch bosqichda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi bosqich — tuman (shahar) bosqichi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi bosqich — hududiy bosqich (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi bosqich — respublika bosqichi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tanlovning respublika, hududiy, tuman (shahar) bosqichlarini tashkil etish va oʻtkazish uchun belgilangan namunaviy tarkib asosida tuzilgan tashkiliy qoʻmitalar tomonidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda tanlovni yuqori saviyada oʻtkazilishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovni yuqori saviyada oʻtkazish uchun tashkiliy qoʻmitalar aʼzolarini hududlarga biriktirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy qoʻmitalar aʼzolari tomonidan tanlovning tegishli bosqich gʻoliblari faoliyatining joyiga chiqib oʻrganilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir bosqich ushbu Nizomda belgilangan qoidalarga muvofiq oʻtkazilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir bosqichda ushbu Nizomda belgilangan qoidalarga rioya qilmaslik holatlari aniqlansa, uni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy bosqich natijalari toʻgʻrisida Respublika tashkiliy qoʻmitasiga mazkur Nizomda belgilangan tartibda ishtirokchilarning hujjatlari, maʼlumot va fotoalbomlarini tadbir oʻtganidan soʻng uch kun muddat ichida taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tashkiliy qoʻmitalar tanlovni tashkil etish va oʻtkazish jarayonlari ommaviy axborot vositalarida yoritilishini taʼminlashga masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichlarini oʻtkazish boʻyicha tuzilgan tashkiliy qoʻmitalar tuman (shahar)lardagi tashkiliy qoʻmitalar ishini muvofiqlashtirib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tanlovning tuman (shahar) bosqichini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tuman (shahar) bosqichlarida tanlovda qatnashish istagini bildirgan ayollarning ishtirokini, gʻoliblarni aniqlash va keyingi bosqichga tavsiya etish bilan bogʻliq chora-tadbirlarni belgilaydi hamda amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tanlov bosqichlarini oʻtkazish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tanlov bosqichlari har yili quyidagi muddatlarda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi bosqich — Tanlovning tuman (shahar) bosqichini tashkil etish va oʻtkazish tuman (shahar) tashkiliy qoʻmitalari tomonidan har yili oktabr oyida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlar hayʼati qarori bilan belgilangan nominatsiyalar boʻyicha bir nafardan gʻolib deb topilgan ayollarning hujjatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tashkiliy qoʻmitalariga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi bosqich — Tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi har yili noyabr oyida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichida ushbu Nizomda belgilangan shartlar asosida belgilangan nominatsiyalar boʻyicha bir nafardan gʻoliblar aniqlanadi va tanlovning respublika bosqichida qatnashishi toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlar hayʼati qarori bilan tasdiqlangan gʻoliblarning hujjatlari har yili 30-noyabrga qadar respublika tashkiliy qoʻmitasiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi bosqich — Respublika bosqichi har yili dekabr oyining oxirgi 10 kunligida tantanali tarzda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika bosqichida Tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichida belgilangan nominatsiyalar boʻyicha gʻolib deb topilgan ayollar qatnashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika tashkiliy qoʻmitasi qaroriga koʻra Tanlov bosqichlarini tashkil etish va oʻtkazish muddatlari oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Hakamlar hayʼati tanlovning tuman (shahar) bosqichlarida 5 kishidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar bosqichlarida 7 kishidan, respublika bosqichida 9 kishidan iborat tarkibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tanlovning hududiy bosqichlari gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hudud markazlarida oʻtkaziladigan taqdirlash tadbiri uchun nufuzli bino ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdirlash marosimiga eng chekka qishloqlar, ovullarda yashayotgan, fidokorona mehnati bilan obroʻ-eʼtibor qozongan, oʻz mahallasi ravnaqi, tinchligi va obodligiga munosib hissa qoʻshgan ulugʻ onaxonlar va turli yoshdagi xotin-qizlar taklif qilinadi;taqdirlash marosimiga eng chekka qishloqlar, ovullarda yashayotgan, fidokorona mehnati bilan obroʻ-eʼtibor qozongan, oʻz mahallasi ravnaqi, tinchligi va obodligiga munosib hissa qoʻshgan ulugʻ onaxonlar va turli yoshdagi xotin-qizlar taklif qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbir davomida hudud xotin-qizlari faoliyatini aks ettiruvchi, shuningdek, ayollar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning koʻrgazmalari, yarmarkalar tashkil qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirda taniqli xonandalar, yozuvchilar va boshqa sanʼat vakillari ishtirokidagi konsert dasturi tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov jarayonlari Internet tarmoqlari va ommaviy axborot vositalarida keng yoritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Respublika bosqichi gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida oʻtkaziladigan taqdirlash tadbiri uchun bino ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdirlash marosimiga mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oʻzlarining ulkan hissasini qoʻshib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat boʻlish bilan birga oʻzlari faoliyat koʻrsatayotgan tashkilotlar nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari boʻlgan faol ayollar hamda turli yoshdagi xotin-qizlar taklif qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirda taniqli xonandalar, yozuvchilar va boshqa sanʼat vakillari ishtirokidagi konsert dasturi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Tanlovni oʻtkazish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Barcha bosqichlarda tanlov ishtirokchilari quyidagi shartlar asosida baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi shart — “Oʻzini tanishtirish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu shartda tanlov ishtirokchilari 3 daqiqa ichida oʻz faoliyati, oilasi, jamiyatda tutgan oʻrni, hududidagi faolligi haqida soʻzlab berishi hamda taqdimotini namoyish etishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchining oʻzi haqidagi maʼlumotni tasvirlash, libosi, tashqi koʻrinishi va ichki dunyosi (maʼnaviyati, zamonaviy ayol qiyofasi, milliylik va zamonaviylikning uygʻunligi) baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi shart — “Savol va javob”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu shartda ishtirokchilarga mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, ayniqsa oila, xotin-qizlarni yanada qoʻllab-quvvatlash, ularning davlat hamda jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlashga qaratilgan 2 tadan savol beriladi va 2 daqiqa vaqt ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi shart — “Zamonaviy oʻzbek ayoli” mavzusidagi videorolik namoyishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu shartda ishtirokchilar oʻzlarining faoliyat yoʻnalishi boʻyicha 3 daqiqalik videorolik namoyishini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ishtirokchilar belgilangan yoʻnalishlardan birini tanlagan holda oʻzining faoliyat yoʻnalishini yoritib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlangan mavzuni yoritishning oʻziga xosligi, rang-barangligi, mavzuga oid materiallardan mahorat bilan foydalana olishi, kreativ yondashuvi hamda keng dunyoqarashi baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Barcha shartlar Hakamlar hayʼatining har bir aʼzosi tomonidan 5 ballik mezon asosida baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tanlovning tuman (shahar) va hududiy bosqichlarida 3 ta shart natijalariga koʻra eng koʻp ball olgan ishtirokchilar gʻolib deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ballar teng boʻlib qolganida tanlov gʻoliblari eng koʻp bir xil ball olgan ishtirokchilarning tashkiliy qoʻmita tomonidan tayyorlangan qoʻshimcha savollarga bergan javoblari Hakamlar hayʼati tomonidan baholash orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlar hayʼati raisining ovozi hal qiluvchi boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tanlovning respublika bosqichida belgilangan 3 ta shart asosida ishtirokchilarning toʻplagan ballariga qarab, oliy oʻrin, 1, 2 va 3-oʻrin hamda belgilangan nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tanlov oʻtkazish boʻyicha Hakamlar hayʼati majlisida bayonnoma yuritiladi va u Hakamlar hayʼati raisi, masʼul kotib va tanlovda qatnashgan Hakamlar hayʼatining boshqa aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomada quyidagilar koʻrsatilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov oʻtkazish joyi va sanasi, tanlovning boshlanish va yakunlanish vaqti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovda qatnashgan Hakamlar hayʼati aʼzolarining roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovda qatnashgan ayollarning roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholash varaqasidagi ballarni hisoblash natijalari, shu jumladan har bir ishtirokchi tomonidan toʻplangan ballar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov gʻolibi mazkur Nizom talablariga koʻra ovoz berish yoʻli bilan aniqlangan boʻlsa — ovoz berish natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov oʻtkazish jarayoniga taalluqli boʻlgan boshqa maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov yakunlari boʻyicha Hakamlar hayʼati qarori, shu jumladan tanlovda nominatsiyalar boʻyicha gʻolib deb topilgan ishtirokchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hakamlar hayʼati qarori ustidan shikoyat qilish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishtirokchilar tomonidan toʻplangan ballar, ovoz berish natijalari hamda Hakamlar hayʼatining qarori shu kunning oʻzida tanlovda ishtirok etgan talabgorlarga oʻqib eshittiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan shartlar asosida baholash varaqalari, Hakamlar hayʼati aʼzolari majlisining bayonnomasiga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tanlovda ishtirok etish uchun belgilangan hujjatlar quyidagi muddatlarda taqdim etilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovning tuman (shahar) bosqichi ishtirokchilari tomonidan oʻz faoliyatiga doir hujjatlar hududdagi tuman (shahar) tashkiliy qoʻmitalariga — har yili 1-oktabrga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovning tuman (shahar) bosqichida belgilangan nominatsiyalar boʻyicha gʻolib boʻlgan xotin-qizlarning faoliyatiga doir hujjatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tashkiliy qoʻmitalariga — har yili 1-noyabrga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichida belgilangan nominatsiyalar boʻyicha gʻolib boʻlgan xotin-qizlarning faoliyatiga doir hujjatlar respublika tashkiliy qoʻmitasiga — har yili 1-dekabrga qadar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ishtirokchilar Tashkiliy qoʻmitaga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir ishtirokchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovda ishtirok etish uchun hududiy Tashkiliy qoʻmita raisi nomiga ishtirokchi tomonidan imzolangan ariza (2-ilova);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov ishtirokchisining maxsus soʻrovnoma shakli (3-ilova);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatini aks ettiruvchi maʼlumotlar, koʻrgazmali materiallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat faoliyati va erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
diplom hamda turli sertifikat nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joyidan tavsifnoma (uy bekalari uchun mahalladagi xotin-qizlar faolining tavsifnomasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi, oilasi, jamiyatda tutgan oʻrni, hududidagi faolligi haqida taqdimot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlagan yoʻnalishi boʻyicha faoliyatini ochib beruvchi 3 daqiqalik videorolik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Belgilangan muddatlardan kechiktirib topshirilgan hujjatlar qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Tanlov gʻoliblarini taqdirlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tanlov bosqichlarida belgilangan nominatsiyalar boʻyicha gʻolib deb topilgan ishtirokchilar hududiy tashkiliy qoʻmitalarning yigʻilish qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov gʻoliblari hududiy tashkiliy qoʻmitalar bilan kelishgan holda, maxsus diplom va homiylar hamda hamkor tashkilotlarning esdalik sovgʻalari bilan mukofotlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tanlovlarda quyidagi nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yilning eng vatanparvar ayoli” nominatsiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vatanimiz tinchligini asrash yoʻlidagi munosib xizmati, xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatlarning oldini olish, oilalar farovonligini taʼminlash yoʻlida olib borayotgan namunali faoliyati, chekka va olis hududlarda joylashgan harbiy qism va shaharchalarda xizmat qilayotgan huquq-tartibot (ichki ishlar, prokuratura, mudofaa, chegara qoʻshinlari, milliy gvardiya, davlat xavfsizlik xizmati, soliq, favqulodda vaziyatlar, bojxona) idoralarida xizmat qilayotgan va shu bilan birga oqila oila bekasi boʻlgan xotin-qizlarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yilning eng faol olima ayoli” nominatsiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini teran anglaydigan, kamida 2 ta chet tilini biladigan, ilmiy tadqiqoti dolzarb va respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga hissa qoʻshayotgan, shuningdek, ustoz-shogird yoʻnalishida yosh olimlarni yetishtirishda namuna boʻladigan, Oʻzbekiston ilm-fanini dunyoga targʻib qilgan xotin-qizlar bu nominatsiyaga erishishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yilning eng ilgʻor tadbirkor ayoli” nominatsiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga hissa qoʻshayotgan, faoliyatiga zamonaviy texnologiyalarni jalb etayotgan, aholi uchun eng koʻp ish oʻrinlarini yaratgan, ehtiyojmand oilalarga mehr-muruvvat koʻrsatayotgan, tadbirkorlikning turli yoʻnalishida oqila oila bekasi, fermer xoʻjaligi rahbari, aholi turmush darajasini yaxshilashga hissa qoʻshayotgan tadbirkor, hunarmand ushbu nominatsiyaga munosib koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli” nominatsiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yil davomida ona yurtga muhabbat, qadriyatlarimizga sadoqat, vatanparvarlik kabi gʻoyalarni oʻzida mujassam etgan badiiy asarlar, xalq amaliy sanʼati, tasviriy sanʼat asarlarini yaratgan, asarlari xorijiy mamlakatlarda tarjima qilinib, eʼlon qilingan, jahon adabiyoti va sanʼatiga salmoqli hissa qoʻshayotgan hamda ushbu ijod namunalari bilan aholining eʼtirofiga sazovor boʻlgan fidoyi, xulqi bilan namuna boʻla oladigan shoira, yozuvchi, jurnalist, suxandon, rassom, aktrisa, xonanda, bastakor xotin-qizlar ushbu nominatsiya gʻolibi boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻz kasbining ustasi boʻlgan yil ayoli” nominatsiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu nominatsiyada turli kasblarda yuqori choʻqqilariga erishgan yetuk mutaxassislar, oʻz kasbining sirlarini puxta egallagan, unga zamonaviy texnologiyalarni joriy etgan, ogʻir va yengil sanoat korxonalarida ishlayotgan va fidoyi mehnati bilan namuna bulayotgan, yosh mutaxassislarga ustozlik qilayotgan xotin-qizlar ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yilning eng kuchli maʼnaviy-maʼrifiy targʻibotchisi” nominatsiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu nominatsiya boʻyicha xotin-qizlar maʼnaviyatini yuksaltirishda faol ishtirok etayotgan, jamiyatda yangi maʼnaviy makon yaratish, ezgu gʻoyalarni singdirish, mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishga salmoqli hissa qoʻshib kelayotgan, obroʻ-eʼtiborli ayollarni oʻz safida birlashtirgan, “Oqila ayollar” harakatini namunali yoʻlga qoʻygan, oilalarni mustahkamlash boʻyicha samarali targʻibot-tashviqot ishlarini faollik bilan olib borayotgan va natijalarini koʻrsatib bera olgan, jamoatchilikka, avvalo, yoshlarga tarbiyaviy taʼsir koʻrsata oladigan faol ayollar taqdirlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yilning eng yaxshi uy bekasi” nominatsiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu nominatsiya mahallada oʻzining maʼnaviyati, maʼrifati, madaniyati bilan eʼtiborga ega boʻlgan, farzand tarbiyasida shaxsiy namuna koʻrsatgan, yuksak fazilatli, elga munosib xizmat qilayotgan yoki jahon miqyosida yutuqlarga ega boʻlgan farzandlarni tarbiyalayotgan xonadon ozodaligini saqlagan, xonadonda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlagan uy bekalariga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yilning eng jonkuyar ustozi” nominatsiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu nominatsiya yosh avlodni tarbiyalashda munosib hissa qoʻshayotgan, maʼnaviy-axloqiy tarbiya va maʼrifiy ishlarning samarali tashkil etayotgan, qizlar tarbiyasida hamkor tashkilotlar bilan yuqori natijalarga erishayotgan, shogirdlari xalqaro yoki respublika olimpiadalarida, tanlovlarda faxrli oʻrin olgan, “Qizlarjon” klubi faoliyatini namunali yoʻlga qoʻygan, ibratli hayot kechirgan namunali ayollar bilan doimiy maʼrifiy ishlarni yoʻlga qoʻygan faol ustoz-murabbiylarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yilning eng faol sogʻlom turmush tarzi targʻibotchisi” nominatsiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlar salomatligini mustahkamlashda munosib hissa qoʻshayotgan, sportning ommaviyligini taʼminlab, mahallalarda uy bekalari va yoshi keksa ayollar oʻrtasida sport-sogʻlomlashtirish tadbirlarini samarali tashkil etayotgan, xotin-qizlarni Oʻzbekiston va xalqaro darajadagi musobaqalardagi ishtirokini taʼminlayotgan va yuqori natijalarga erishishiga hissa qoʻshayotgan tibbiyot yoki sport sohasidagi xotin-qizlarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yilning eng yangi gʻoyalar tashabbuskori” nominatsiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha tarmoqlarda sohaga va jamiyat rivojiga yangi gʻoyalar kiritayotgan, ushbu gʻoyalarni amalda tatbiq etib, samarali natijaga erishayotgan, ilmiy yoki innovatsion ishlanmasi tijoratlashtirishga yoʻnaltirilgan, gʻoyasi orqali ilm-fanni dunyoga targʻib qilgan xotin-qizlar taqdirlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yilning eng yaxshi IT — dasturchi ayoli” nominatsiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu nominatsiya boʻyicha axborot, moliya, logistika, elektron tijorat, elektron taʼlim, biotexnologiya, shuningdek, jamiyatda mavjud ijtimoiy muammolarga va boshqa yoʻnalishlarda loyihalarni amalga oshirayotgan, kreativ yondashuvi, oʻzi faoliyat yuritayotgan tashkilotning IT infratuzilmasini yaxshilash, anʼanaviy elektron formatdan raqamli koʻrinishga oʻtkazgan yoki mustaqil ravishda dasturlash bilan shugʻullanayotgan ayollar taqdirlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichida tanlovni oʻtkazish, gʻoliblarni taqdirlash Oila va xotin-qizlar davlat maqsadli jamgʻarmasi va hamkor tashkilotlar tomonidan yuqori turuvchi tashkilotlar bilan kelishilgan holda moliyalashtiriladi va mablagʻlar taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tanlovning respublika bosqichida oliy oʻrin — Gran-pri hamda 1, 2 va 3-oʻrinni egallagan ishtirokchilar Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlovda oliy oʻrin — Gran prini qoʻlga kiritgan ishtirokchi oliy darajadagi diplom, statuetka va Prezident sovgʻasi — avtomobil bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-oʻrinni olgan ishtirokchi 1-darajali diplom va bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-oʻrinni olgan ishtirokchi 2-darajali diplom va bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari miqdoridagi pul mukofoti bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-oʻrinni olgan ishtirokchi 3-darajali diplom va bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlovning yakuniy respublika bosqichida yuqori oʻrinlarni egallagan ishtirokchilarga taqdim etiladigan sovrinlar miqdori tanlovga kamida 10 kun qolgunga qadar Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi raisi bilan kelishilgan holda oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlovda faol ishtirok etib, belgilangan nominatsiyalar boʻyicha gʻolib deb topilgan ishtirokchilar homiylar va hamkor tashkilotlar tomonidan ajratilgan qimmatbaho sovgʻalar bilan ham taqdirlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tanlovning barcha bosqichlarida sovrinli oʻrinlar hamda nominatsiyalar boʻyicha maxsus diplomlar, sovrinlar, belgilangan mukofotlar va sovgʻalar tanlovda gʻolib deb topilgan ishtirokchilarga Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita aʼzolari hamda homiylar tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tanlovning barcha bosqichlarida Tanlov natijalarini eʼlon qilish hamda gʻoliblarni taqdirlash jarayonlari ishtirokchilar, hayʼat aʼzolari, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari taklif qilingan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov gʻoliblari va sovrindorlari markaziy va ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda shu jumladan tashkilotchilar nashrlarida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Tanlovning barcha bosqichlarida gʻolib boʻlgan hamda faol qatnashgan ishtirokchilarning hujjatlari Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi hamda hududiy boʻlimlarida 1 yil muddatda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Tanlov ishtirokchilari Hakamlar hayʼati qarori yuzasidan tanlovning har bir bosqichi yakuni boʻyicha bir kun muddatda Hakamlar hayʼati raisi nomiga appelyatsiya shikoyati (ariza) berishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Appelyatsiya shikoyati belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi, uch ish kuni ichida koʻrib chiqilib, bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va oʻsha kunning oʻzida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ishtirokchining shikoyati (arizasi) qanoatlantirilsa, tanlov natijalari Hakamlar hayʼati tomonidan qayta koʻrib chiqiladi va unga oʻzgartishlar kiritiladi. Hakamlar hayʼatining ushbu qarori yakuniy hisoblanib, qaror qayta tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Tanlovni Ushbu Nizom talablari hamda qonuniylik, oshkoralik, adolatlilik, tenglik kabi asosiy prinsiplarga rioya qilgan holda tashkil etish va oʻtkazishga respublika va hududiy tashkiliy qoʻmitalarning raislari va aʼzolari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Yil ayoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga

“Yil ayoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ishtirokchilar

Muddatlar

1-bosqich

Tashkiliy qoʻmita

(saralash bosqichi)

1. Tanlovning “Yilning eng vatanparvar ayoli”, “Yilning eng faol olima ayoli”, “Yilning eng ilgʻor tadbirkor ayoli”, “Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli”, “Oʻz kasbining ustasi boʻlgan yil ayoli”, “Yilning eng kuchli maʼnaviy-maʼrifiy targʻibotchisi”, “Yilning eng yaxshi uy bekasi”, “Yilning eng jonkuyar ustozi”, “Yilning eng faol sogʻlom turmush tarzi targʻibotchisi”, “Yilning eng yangi gʻoyalar tashabbuskori”, “Yilning eng yaxshi IT — dasturchi ayoli” nominatsiyalari boʻyicha saralash bosqichini oʻtkazish.

2. Saralash tadbirlari natijalari boʻyicha nomzodlarni tanlovida ishtirok etishga tavsiya etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.

Korxona, tashkilot, muassasalarda mehnat qilayotgan hamda uy bekalari boʻlgan xotin-qizlar

oktabr

2-bosqich

Tuman (shahar) tashkiliy qoʻmita, Hakamlar hayʼati

(tuman va shahar bosqichi)

1. Tanlovning “Yilning eng vatanparvar ayoli”, “Yilning eng faol olima ayoli”, “Yilning eng ilgʻor tadbirkor ayoli”, “Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli”, “Oʻz kasbining ustasi boʻlgan yil ayoli”, “Yilning eng kuchli maʼnaviy-maʼrifiy targʻibotchisi”, “Yilning eng yaxshi uy bekasi”, “Yilning eng jonkuyar ustozi”, “Yilning eng faol sogʻlom turmush tarzi targʻibotchisi”, “Yilning eng yangi gʻoyalar tashabbuskori”, “Yilning eng yaxshi IT — dasturchi ayoli” nominatsiyalari boʻyicha tuman va shahar bosqichini oʻtkazish.

2. Tanlov gʻoliblarini aniqlash boʻyicha Hakamlar hayʼati qarorini qabul qilish va Hududiy tashkiliy qoʻmitaga taqdim etish.

Birinchi bosqichda saralashdan oʻtgan xotin-qizlar

noyabr

3-bosqich

Hududiy tashkiliy qoʻmita, Hakamlar hayʼati

(viloyat bosqichi)

1. Tanlovning “Yilning eng vatanparvar ayoli”, “Yilning eng faol olima ayoli”, “Yilning eng ilgʻor tadbirkor ayoli”, “Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli”, “Oʻz kasbining ustasi boʻlgan yil ayoli”, “Yilning eng kuchli maʼnaviy-maʼrifiy targʻibotchisi”, “Yilning eng yaxshi uy bekasi”, “Yilning eng jonkuyar ustozi”, “Yilning eng faol sogʻlom turmush tarzi targʻibotchisi”, “Yilning eng yangi gʻoyalar tashabbuskori”, “Yilning eng yaxshi IT — dasturchi ayoli” nominatsiyalari boʻyicha viloyat bosqichini oʻtkazish.

2. Tanlov gʻoliblarini aniqlash boʻyicha Hakamlar hayʼati qarorini qabul qilish va Respublika tashkiliy qoʻmitasiga taqdim etish.

Tuman va shahar bosqichida tanlovdan oʻtgan xotin-qizlar

noyabr

4-bosqich

Respublika tashkiliy qoʻmita, Hakamlar hayʼati

(respublika bosqichi)

1. Tanlovning “Yilning eng vatanparvar ayoli”, “Yilning eng faol olima ayoli”, “Yilning eng ilgʻor tadbirkor ayoli”, “Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli”, “Oʻz kasbining ustasi boʻlgan yil ayoli”, “Yilning eng kuchli maʼnaviy-maʼrifiy targʻibotchisi”, “Yilning eng yaxshi uy bekasi”, “Yilning eng jonkuyar ustozi”, “Yilning eng faol sogʻlom turmush tarzi targʻibotchisi”, “Yilning eng yangi gʻoyalar tashabbuskori”, “Yilning eng yaxshi IT — dasturchi ayoli” nominatsiyalari boʻyicha respublika bosqichini oʻtkazish.

2. Tanlov gʻoliblarini aniqlash va taqdirlash.

Viloyat bosqichida tanlovdan oʻtgan xotin-qizlar

dekabr

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Yil ayoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga

2-ILOVA

“Yil ayoli” milliy tanlovini oʻtkazish boʻyicha Respublika tashkiliy qoʻmitasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI

T/r

F.I.Sh.

Ish joyi lavozimi

Tashkiliy qoʻmitadagi lavozimi

1.

Kadirxanova Malika Akbarovna

Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi

Tashkiliy qoʻmita raisi

2.

Parpiboyeva Ozoda Abdukadirovna

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

Tashkiliy qoʻmita raisi hamraisi

3.

Boʻtayeva Farida Qoʻziyevna

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati (kelishuv asosida)

Tashkiliy qoʻmita aʼzosi

4.

Toshqulov Abduqodir Xamidovich

Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vaziri

Tashkiliy qoʻmita aʼzosi

5.

Turdiqulova Shahloxon Oʻtkurovna

Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari

Tashkiliy qoʻmita aʼzosi

6.

Xodjimatov Minxajidin Mirzajanovich

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

Tashkiliy qoʻmita aʼzosi

7.

Rahimova Nigina Xayrullayevna

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori

Tashkiliy qoʻmita aʼzosi

8.

Rashidova Gulzoda Ataxanovna

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruvi raisi

Tashkiliy qoʻmita aʼzosi

9.

Lavozimiga koʻra

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi Gender tenglikni taʼminlash va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish boʻlimi boshligʻi

Tashkiliy qoʻmita masʼul kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: respublika tashkiliy qoʻmitasi tarkibiga kiritilgan davlat va jamoat tashkilotlarning masʼul xodimlari lavozimdan boʻshaganda yoki boshqa ishga oʻtganda lavozimiga koʻra ularning oʻrniga yangi tayinlangan yoki saylangan masʼul xodimlar tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Yil ayoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga

3-ILOVA

“Yil ayoli” milliy tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

F.I.Sh.

Ish joyi lavozimi

Tashkiliy qoʻmitadagi lavozimi

1.

Lavozimiga koʻra

Viloyat hokimi oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi

Tashkiliy qoʻmita raisi

2.

Lavozimiga koʻra

Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati, Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi

Tashkiliy qoʻmita raisi hamraisi

3.

Lavozimiga koʻra

Hududdagi oliy taʼlim muassasasining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor

Tashkiliy qoʻmita aʼzosi

4.

Lavozimiga koʻra

Viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi rahbari

Tashkiliy qoʻmita aʼzosi

5.

Lavozimiga koʻra

Viloyat Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruvi raisi

Tashkiliy qoʻmita aʼzosi

6.

Lavozimiga koʻra

Xotin-qizlar faoliyati bilan shugʻullanuvchi nodavlat notijorat tashkiloti rahbari

Tashkiliy qoʻmita aʼzosi

7.

Lavozimiga koʻra

Oila va xotin-qizlar boshqarmasi Gender tenglikni taʼminlash va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish boʻyicha bosh mutaxassisi

Tashkiliy qoʻmita masʼul kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: hududiy tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiritilgan davlat va jamoat tashkilotlarning masʼul xodimlari lavozimdan boʻshaganda yoki boshqa ishga oʻtganda lavozimiga koʻra ularning oʻrniga yangi tayinlangan yoki saylangan masʼul xodimlar tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Yil ayoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga

4-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yil ayoli” milliy tanlovining tuman (shahar) bosqichini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmitaning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

F.I.Sh.

Ish joyi lavozimi

Tashkiliy qoʻmitadagi lavozimi

1.

Lavozimiga koʻra

Tuman (shahar) hokimi oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi

Tashkiliy qoʻmita raisi

2.

Lavozimiga koʻra

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, Yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi

Tashkiliy qoʻmita raisi hamraisi

3.

Lavozimiga koʻra

Hududdagi oliy taʼlim muassasasining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor

Tashkiliy qoʻmita aʼzosi

4.

Lavozimiga koʻra

Tuman (shahar) Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi rahbari

Tashkiliy qoʻmita aʼzosi

5.

Lavozimiga koʻra

Tuman (shahar) Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruvi raisi

Tashkiliy qoʻmita aʼzosi

6.

Lavozimiga koʻra

Xotin-qizlar faoliyati bilan shugʻullanuvchi nodavlat notijorat tashkiloti rahbari

Tashkiliy qoʻmita aʼzosi

7.

Lavozimiga koʻra

Oila va xotin-qizlar boʻlimining Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, mahallalardagi xotin-qizlar faollari ishini muvofiqlashtirish va boshlangʻich tashkilotlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassisi

Tashkiliy qoʻmita masʼul kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: tuman (shahar) tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiritilgan davlat va jamoat tashkilotlarning masʼul xodimlari lavozimdan boʻshaganda yoki boshqa ishga oʻtganda lavozimiga koʻra ularning oʻrniga yangi tayinlangan yoki saylangan masʼul xodimlar tashkiliy qoʻmita tarkibiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 27-apreldagi KQ-340-IV-sonli Qaroriga

2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglik faoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Gender tenglik faoli” nomli milliy tanlovni (keyingi oʻrinlarda tanlov deb yuritiladi) tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi tanlov tashkilotchilari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tanlovda vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari, hokimliklar, tadbirkorlik subyektlari hamda ommaviy axborot vositalari tomonidan gender tenglik taʼminlash sohasida amalga oshirilgan ishlarga tegishli baho beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tanlovning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tanlovni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir tashkilotda gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan siyosatni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar faoliyatiga gender yondashuvlarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gender tenglikka erishish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini keng jalb etish, turli tuzilmalar faoliyatiga gender tenglikni singdirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gender tenglikni taʼminlash sohasida tashkilotlarning ilgʻor tajribasini aniqlash, umumlashtirish va targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tanlovni oʻtkazish boʻyicha komissiyalar vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Respublika komissiyasi deb yuritiladi) tarkibi Senat Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi tanlovning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda Ishchi organ deb yuritiladi) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hududiy tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Mahalliy komissiya (keyingi oʻrinlarda mahalliy komissiya deb yuritiladi) Ishchi organ tomonidan tasdiqlanadi. Bunda ilmiy muassasalar, oliy taʼlim muassasalari, jamoat birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati institutlarining malakali mutaxassislari va vakillarini jalb etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ishchi organ tomonidan tanlovga oid barcha hujjatlar toʻplanadi va Respublika va Mahalliy komissiyalariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Respublika va Mahalliy komissiya komissiyalar quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq jarayonlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov ishtirokchilaridan hujjatlarni talab qilib oladi, zarur hollarda ulardan qoʻshimcha maʼlumotlar olishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlarni tanlov asosida joyiga borib oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov yakunlarini sarhisob qilish va gʻoliblarni aniqlashda oʻz ovozi bilan ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovni tashkil etish va oʻtkazish jarayonlarining, tanlov yakunlarining ommaviy axborot vositalarida, rasmiy veb-saytlarda yoritilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov boshlanguniga qadar bir oy davomida koʻrik-tanlov talablari va qoidalari yuzasidan keng targʻibot-tushuntirish ishlarini olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Respublika va Mahalliy komissiyalar tanlov jarayonida quyidagilarga masʼul boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov hujjatlariga oid maʼlumotlarni oshkor etmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov ishtirokchilarini baholashda adolatlilik, shaffoflik mezonlariga rioya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tanlovning ishtirokchilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tanlovda gender tenglikni taʼminlash sohasida yuqori natijalarga erishgan, ushbu yoʻnalishda jamiyat rivoji yoʻlida tashabbus koʻrsatayotgan, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, oʻz sohasiga tegishli yoʻnalishlarda dolzarb vazifalarni amalga oshirayotgan vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari, hokimliklar, tadbirkorlik subyektlari hamda ommaviy axborot vositalari (keyingi oʻrinlarda ishtirokchilar deb yuritiladi) qatnashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlovda ishtirokchilar yakka yoki jamoaviy tartibda ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlgan tashkilot va fuqarolar tanlov haqida eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 20 kun mobaynida ariza taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan tashkilot va fuqarolar quyidagi hujjatlarni taqdim qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchi yoki ishtirokchi nomidan ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyatining erkin tarzdagi taʼrifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gazeta yoki jurnaldagi maqolalar, video yoki audioyozuvlar, 15x20 sm oʻlchamdagi fotosuratlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tashkiloti nomidan qatnashish vakolati berilgan maʼlumotnoma yoki xizmat guvohnomasi nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Tanlov nominatsiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tanlov quyidagi asosiy nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tuman (shahar) davlat organi (tashkiloti)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol hududiy davlat organi (tashkiloti)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol respublika darajasidagi davlat organi (tashkiloti)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tuman (shahar) hokimligi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol hududiy hokimlik”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol NNT”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tadbirkorlik subyekti”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qoʻshimcha nominatsiyalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni targʻib qilishga qaratilgan eng yaxshi TV-dastur”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni targʻib qilishga qaratilgan Internetdagi eng yaxshi veb-sayt yoki portal”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni targʻib qilishga qaratilgan eng yaxshi nashr”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Tanlov bosqichlari va oʻtkazish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tanlov har yili 1-iyundan 30-dekabrga qadar nominatsiyalardan kelib chiqqan holda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tanlov quyidagi bosqichdan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tuman (shahar) davlat organi (tashkiloti)” nominatsiyasi boʻyicha tanlov quyidagi uch bosqichda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqichda — davlat organi (tashkiloti)ning har bir tuman (shahar)da faoliyat yuritayotgan tuzilmalari oʻrtasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqich — birinchi bosqichdan oʻtgan gʻoliblar oʻrtasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi bosqichda ikkinchi bosqich gʻoliblari oʻrtasida respublikaning barcha hududlari oʻrtasida oʻtkaziladi. Mazkur bosqichda har bir hududdan 1 tadan ishtirokchi qatnashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol hududiy davlat organi (tashkiloti)” nominatsiyasi boʻyicha tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqich — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan barcha davlat organi (tashkiloti)ning tuzilmalari oʻrtasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqich — birinchi bosqichdan oʻtgan gʻoliblar oʻrtasida. Mazkur bosqichda har bir hududdan 1 tadan ishtirokchi qatnashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol respublika darajasidagi davlat organi (tashkiloti)” nominiatsiyasi boʻyicha tanlov bir bosqichdan iborat boʻlib, davlat organi (tashkiloti)ning Markaziy apparatlari oʻrtasida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan tashkilotlar hamda ularning tizimidagi tashkilotlardan faqat 1 tadan ishtirokchi Respublika komissiyasiga murojaat etgan holda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tuman (shahar) hokimligi” nominatsiyasi boʻyicha tanlov ikkita bosqichda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqich — hudud (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) tarkibidagi tumanlar (shahar) hokimliklari oʻrtasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqich — birinchi bosqich gʻoliblari oʻrtasida boʻlib oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol hududiy hokimlik” nominatsiyasi boʻyicha tanlov 1 ta bosqichda boʻlib, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari oʻrtasida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol NNT”, “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tadbirkorlik subyekti” va qoʻshimcha nominatsiyalar 1 ta bosqichda oʻtkaziladi va ular Respublika komissiyasiga murojaat etgan holda tanlovda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Tanlov ishtirokchilari faoliyatini baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Har bir nominatsiya boʻyicha I, II va III oʻrin gʻoliblari aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Komissiyalar tanlovga berilgan arizalar va ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan materiallarni quyidagi asosiy mezonlarga koʻra baholaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dolzarblik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsiyalardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
originallik (betakrorlik);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional mahorat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaruriylik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoatchilik va OAV tomonidan bildirilgan munosabat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblarni aniqlashda quyidagi talablar inobatga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tuman (shahar) davlat organi (tashkiloti)”, “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol hududiy davlat organi (tashkiloti)” va “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol respublika darajasidagi davlat organi (tashkiloti)” nominatsiyasida Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan barcha vazirlik va idoralar ixtiyoriy tarzda qatnashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tashkilotlar ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan talablar boʻyicha baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tuman (shahar) hokimligi” va “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol hududiy hokimlik” nominatsiyasida viloyat, tuman, shahar hokimliklari ixtiyoriy tarzda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tanlovda ishtirok etayotgan hokimliklar faoliyati ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan talablar boʻyicha baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol NNT” nominatsiyasida Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan barcha nodavlat notijorat tashkilotlari ixtiyoriy tarzda qatnashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tanlovda ishtirok etayotgan NNTlar faoliyati ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan talablar boʻyicha baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tadbirkorlik subyekti” nominatsiyasida Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan barcha tadbirkorlik subyektlari ixtiyoriy tarzda qatnashishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tanlovda ishtirok etayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati ushbu Nizomning 4-ilovasida keltirilgan talablar boʻyicha baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni targʻib qilishga qaratilgan eng yaxshi TV-dastur” nominatsiyasida gender stereotiplarni bartaraf qilish va gender tenglikni targʻib qilishga qaratilgan televizion dasturlar mualliflari ijodiy ishlari bilan ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tanlovda TV-dasturlar ushbu Nizomning 5-ilovasida keltirilgan talablar boʻyicha baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni targʻib qilishga qaratilgan Internetdagi eng yaxshi veb-sayt yoki portal” nominatsiyasida gender stereotiplarni bartaraf qilish, gender tenglikni targʻib qilishga qaratilgan Internet saytlari yoki portal yaratgan mualliflar oʻz ijodiy ishlari bilan ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tanlovda Internetdagi veb-sayt yoki portal faoliyati ushbu Nizomning 6-ilovasida keltirilgan talablar boʻyicha baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni targʻib qilishga qaratilgan eng yaxshi bosma nashr” nominatsiyasida gender stereotiplarni bartaraf qilish va gender tenglik taʼminlanishini targʻib qilishga qaratilgan bosma nashrlar oʻz ijodiy ishlari bilan ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tanlovda ishtirok etayotgan maqolalar ushbu Nizomning 7-ilovasida keltirilgan talablar boʻyicha baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tanlovni baholash yuzasidan tegishli Respublika va Mahalliy Komissiyalar qarorlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tanlov natijalaridan norozi boʻlgan ishtirokchilar tanlov natijalari oʻqib eshittirilgan kundan boshlab 1 kun davomida tegishliligiga koʻra Respublika va Mahalliy Komissiyalarga apellyatsiya berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Apellyatsiya 1 kunlik muddatda koʻrib chiqilib, quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyatni qanoatlantirishni rad etib, qarorni oʻzgarishsiz qoldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyatni qanoatlantirib, qarorni qisman yoki butunlay bekor qilib, yangi qaror qabul qilish. Bu xususda ishtirokchiga maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Tanlov gʻoliblari va ishtirokchilarini taqdirlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tanlovning har bir bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar har bir nominatsiya boʻyicha unvon, faxriy diplom, esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tanlovda mulkchilik shaklidan qatʼi nazar korxona va tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari oʻz tashabbuslariga koʻra maxsus mukofotlarni taʼsis etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Tanlovni moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tanlovni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha barcha xarajatlar Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari, homiy tashkilotlarning mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tanlovni tashkil etish, uni oʻtkazish uchun homiylik qilishda vazirlik, idora va tashkilotlar, korxonalar va jismoniy shaxslar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tanlov tashkilotchilari taqdim etilgan materiallardan oʻz maqsadlarida foydalanish huquqiga ega boʻlib, ularni ommaviy axborot vositalarida, kitoblarda, televideniye va radioda, Internet tarmogʻida joylashtirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tanlovga yoʻllangan materiallar qaytarilmaydi va ular boʻyicha taqriz berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Fors-major sabablar tufayli tanlovga taqdim etilgan hujjatlar yoʻqolganda bu materiallar tanlovga qabul qilinmagan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Tanlov Nizomini oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ushbu Nizomga oʻzgartish hamda qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori bilan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Gender tenglik faoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga

“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tuman (shahar) davlat organi (tashkiloti)”, “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol hududiy davlat organi (tashkiloti)” va “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol respublika darajasidagi davlat organi (tashkiloti)” nominatsiyasi boʻyicha ishtirokchilarni baholashga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur nominatsiya boʻyicha ishtirokchilar quyidagi talablar asosida baholanadi:

1. Tashkilotda Maslahat-kengashining faoliyati yoʻlga qoʻyilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashkilotda amalga oshirilgan ishlarning, loyihalarning ijtimoiy ahamiyati, oʻziga xosligi (originalligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishga qabul qilishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xotin-qizlar va erkaklarning sogʻligʻini saqlashni taʼminlaydigan, xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tashkilot rasmiy veb-saytida gender tenglik sahifasining mavjudligi va materiallar bilan yangilanib borilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tashkilot tomonidan gender tenglik boʻyicha oʻtkazilgan mahalliy va xalqaro anjumanlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tashkilotda gender tenglik bilan bogʻliq statistik maʼlumotlar va infografikalarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xodimlar kasbiy mahoratlarini oshirib borishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tashkilotning oʻz yoʻnalishidan kelib chiqib, xotin-qizlar va erkaklarning huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirgan ishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ijtimoiy himoyaga muhtoj va ogʻir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlar va erkaklarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Gender tenglik faoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga

2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tuman (shahar) hokimligi” va “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol hududiy hokimlik” nominatsiyasi boʻyicha ishtirokchilarni baholashga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur nominatsiya boʻyicha ishtirokchilar quyidagi talablar asosida baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hokimlik tizimidagi rahbar va xodimlar soniga nisbatan gender tenglik taʼminlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyat, tuman va shahar miqyosida rahbarlik lavozimida ishlayotgan xotin-qizlar koʻrsatkichi foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarning taʼminlanishi vakolatli shaxs zimmasiga yuklatilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xotin-qizlarning ijtimoiy qoʻllab-quvvatlaganligi va ularga moddiy yordam koʻrsatilganligi (uy-joy hamda maishiy texnikalar bilan taʼminlanishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xotin-qizlar va erkaklar uchun kasbiy qayta tayyorlash va malakasini oshirishda teng imkoniyatlar yaratilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Barcha tashkilot va idoralarda ishga kirish va ishdan boʻshatishda gender tenglik bilan bogʻliq qonun buzilishi holatlarining mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamoa shartnomalari va kelishuvlarida, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish choralarini amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlarining taʼminlanganlik qoidalari aks ettirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Gender tenglik boʻyicha aholining xabardorligini oshirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Hokimlik tizimlarida maslahat kengashlari faoliyatining natijadorligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Gender tenglik faoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga

3-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol NNT” nominatsiyasi boʻyicha ishtirokchilarni baholashga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur nominatsiya boʻyicha ishtirokchilar quyidagi talablar asosida baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Aniqligi: NNT tomonidan gender tenglik toʻgʻrisidagi masalani tushunish darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishonchliligi: tanlov materiallarida raqamlar, faktlar va boshqa maʼlumotlar haqiqatga mos kelishi kerak (ularning Ustavida gender yoʻnalishi mavjudmi?);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Muvofiqligi: tanlov materiallari mavzusi va mazmuni muayyan vaziyatlarni har tomonlama aks ettirishi kerak (NNT gender masalalarni yoritish boʻyicha qancha tadbir oʻtkazdi? Oʻtkazilgan tadbirlar haqiqiy muammolarni qay darajada ochib beradi va ular muammolarni hal qilish yoʻllarini koʻrsatadimi?);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tahliliy yondashuv: mamlakatdagi eng muhim ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy voqealar bilan gender tenglikning bogʻliqligini aniqlaydigan va koʻrsatib beradigan tanlov materiallari qoʻllab-quvvatlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qulaylik: tanlov materiallari sodda uslubda, kishilarga tushunarli va oson tilda taqdim etilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Samaradorlik: jamoatchilik eʼtiborini jalb qilgan, muayyan ijtimoiy muammolarni hal qilishda xotin-qizlar yoki erkaklarga miqdoriy va sifat jihatidan yordam bergan, koʻtarilgan muammolarni jamoatchilik tomonidan muhokama etishga koʻmaklashgan va qarorlar qabul qilishga taʼsir etgan tanlov materiallari mamnuniyat bilan qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ijodkorlik: gender tenglik muammolarini hal qilishga nostandart yondashish (usul va mexanizmlar) qoʻllab-quvvatlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tajriba: kamida 5 yillik ish tajribasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qonuniylik: NNTning qonunchilik tashabbuslarida ishtirok etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Targʻibot: gender tenglik toʻgʻrisida jamoatchilik xabardorligini oshirish boʻyicha oʻtkazilgan targʻibot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Gender tenglik faoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga

4-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tadbirkorlik faoliyati subyekti” nominatsiyasi boʻyicha ishtirokchilarni baholashga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur nominatsiya boʻyicha ishtirokchilar quyidagi talablar asosida baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maslahat-kengashining faoliyati yoʻlga qoʻyilganligini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamoa shartnomalari va kelishuvlarida, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish choralarini amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklarning huquqlarini teng darajada taʼminlaydigan qoidalar aks ettirilganligini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishga qabul qilishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratilganligini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashkilotning turli pogʻona (lavozim)larida ishlayotgan xotin-qizlar va erkaklar sonining nisbatini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xizmat boʻyicha koʻtarilishda, rahbarlik lavozimlarini egallash uchun tanlovda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratilganligini hamda ularni qayta tayyorlash va malaka oshirishda teng imkoniyatlar yaratilganligini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xotin-qizlar va erkaklar mehnatiga haq toʻlashda tengsizlik mavjud emasligini hamda ular ishining sifatini baholashda teng yondashuv yaratilganligini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oilani ijtimoiy himoya qilish hamda qoʻllab-quvvatlash boʻyicha farzandlari bor ayollar va erkaklar foydalana oladigan amaliyotni joriy etish va rivojlantirish, homilador hamda emizikli ayollar uchun qulay mehnat sharoitlari yaratilganlik holatini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xotin-qizlar va erkaklarning hayot faoliyatini hamda sogʻligʻini saqlashni taʼminlaydigan xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilganligini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash majburiyatlari tashkilot va ular tarkibiy boʻlinmalarining vakolatli shaxsi zimmasiga yuklatilganlik holatini oʻrganish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Gender tenglik faoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga

5-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni targʻib qilishga qaratilgan eng yaxshi TV-dastur” nominatsiyasi boʻyicha ishtirokchilarni baholashga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur nominatsiya boʻyicha ishtirokchilar quyidagi talablar asosida baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Gender tenglik hamda xotin-qizlar mavqeyi sohasida davlatimiz oldida turgan vazifalar — yangilanishlar va ijobiy oʻzgarishlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Gender muammolar yoki siyosat, iqtisodiyot va biznes, fan va texnologiyalar, qishloq joylarni rivojlantirish, sport va boshqa mavzuga tegishli sohalardagi jarayonlar (muammolar)ning gender jihatlari toʻgʻrisidagi holatlarning foizi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Gender zoʻravonlikni shaxsiy fojia emas, balki ijtimoiy muammo sifatida koʻrsatish uchun dastlabki maʼlumot va statistikadan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Gender sabab zoʻravonlik hodisasiga boshqa holatlardan farqli oʻlaroq beriladigan vaqt ulushi (praym-taym), makon va ahamiyat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamiyatning tarkibi, inson tajribasi, xatti-harakatlari, qarashlari va tashvishlarini aks ettirgan, xotin-qizlar va erkaklarning boʻlib oʻtadigan TV koʻrsatuvlar mazmunida teng tarzda ishtirok etishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. TV mavzuda qonun chiqaruvchilar, hukumat vakillari, faollar, ekspertlarning gender masalalar boʻyicha fikr-mulohazalarining aks etishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. TV mavzu, koʻrsatuv (ushbu muammolarni bartaraf etish boʻyicha qonun, qaror yoki boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan) orqali qoʻyilgan maqsadlarning jamiyatga taʼsirini baholash, samarali natijalarga erishish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Asosiy ustuvor yoʻnalishlarni yoritish amaliyoti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyosat, qarorlar qabul qilish va gender tenglik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar va erkaklarning mehnat huquqlari, ishsizlik va tadbirkorlikning gender jihatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gender tenglik borasida erkaklar va xotin-qizlarning shaxs sifatida yetilishi va oʻz imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar va erkaklarning reproduktiv huquqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gender tenglik nuqtai nazaridan oila, jumladan oilaviy zoʻravonlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy madaniyatdagi gender stereotiplar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Gender tenglik mavzusida onlayn soʻrovnomalar oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Gender tenglik faoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga

6-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni targʻib qilishga qaratilgan Internetdagi eng yaxshi veb-sayt yoki portal” nominatsiyasi boʻyicha ishtirokchilarni baholashga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur nominatsiya boʻyicha ishtirokchilar quyidagi talablar asosida baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Gender tenglik hamda xotin-qizlar mavqeyi sohasida davlatimiz oldida turgan vazifalar — yangilanishlar va ijobiy oʻzgarishlarning materiallarda aks etishi.

2. Nashr etilgan materiallarda gender mavzusining koʻtarilishi koʻrsatkichlari.

3. Intervyu bergan yoxud tahliliy materiallarda hamda boʻlib oʻtayotgan hodisalar davrida oʻz fikrini bildirgan erkaklar va ayollar nisbati.

4. Gender stereotiplarni bartaraf etishga qaratilgan materiallar, jinsiy belgilar boʻyicha kamsitilishlar.

5. Mavzular qamrovining kengligi (mavzular xilma-xilligi — kamsitish, munosib ish haqi, xotin-qizlarning ularni qabul qilish darajasidagi ishtiroki, oiladagi zoʻravonlik va boshqalar).

6. Gender muammosi aks etgan sohalar xilma-xilligi (qishloq xoʻjaligi, IT, tibbiyot, energetika, huquqni muhofaza qilish organlari).

7. Quyidagi muammolarga oid voqealar foizi: shaxsiy hayotga daxl qilish va/yoki jinsiy belgilarga koʻra zoʻravonlikka uchragan shaxslarni kamsitish.

8. Tahliliy materiallarning jamiyatga taʼsir etishini baholash.

9. Materiallarda havolalarning mavjudligi, eng yangi statistik maʼlumotlardan foydalana olish.

10. Gender tenglik mavzusida onlayn soʻrovnomalar oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Gender tenglik faoli” milliy tanlovini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga

7-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglikni targʻib qilishga qaratilgan eng yaxshi nashr” nominatsiyasi boʻyicha ishtirokchilarni baholashga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur nominatsiya boʻyicha ishtirokchilar quyidagi talablar asosida baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Gender tenglik hamda xotin-qizlar mavqeyi sohasida davlatimiz oldida turgan vazifalar — yangilanishlar va ijobiy oʻzgarishlarning materiallarda aks etishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nashr etilgan materiallarda gender mavzusining koʻtarilishi koʻrsatkichlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Intervyu bergan yoxud tahliliy materiallarda hamda boʻlib oʻtayotgan hodisalar davrida oʻz fikrini bildirgan erkaklar va ayollar nisbati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Gender stereotiplarni bartaraf etishga qaratilgan materiallar, jinsiy belgilar boʻyicha kamsitilishlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mavzular qamrovining kengligi (mavzular xilma-xilligi — kamsitish, munosib ish haqi, xotin-qizlarning ularni qabul qilish darajasidagi ishtiroki, oiladagi zoʻravonlik va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Gender muammosi aks etgan sohalar xilma-xilligi (qishloq xoʻjaligi, IT, tibbiyot, energetika, huquqni muhofaza qilish organlari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagi muammolarga oid voqealar foizi: shaxsiy hayotga daxl qilish va/yoki jinsiy belgilarga koʻra zoʻravonlikka uchragan shaxslarni kamsitish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tahliliy materiallarning jamiyatga taʼsir etishini baholash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Materiallarda havolalarning mavjudligi, eng yangi statistik maʼlumotlardan foydalana olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻz nashrlarida gender tenglik mavzusida soʻrovnomalar oʻtkazish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 27-apreldagi KQ-340-IV-sonli Qaroriga

3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gender tenglik faoli” milliy koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Respublika komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Kadirxanova Malika Akbarovna

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi, Komissiya raisi

2.

Egamberdiyeva Nodira Melibayevna

Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Komissiya raisi oʻrinbosari

3.

Raximova Nigina Xayrullayevna

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi aʼzosi, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori

4.

Soatova Shahnoza Mirzaraximovna

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri maslahatchisi

5.

Rixsiyeva Gulchexra Shovkatovna

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori

6.

Shirinova Mavlyudaxon Rasulovna

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi aʼzosi, “Sabr” Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi direktori

7.

Qobulova Dilovar Nasimovna

Fuqarolar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash markazi rahbari, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi huzuridagi NNTlar birlashmasi rahbari

8.

Isakova Gullola Abdumalikovna

Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri maslahatchisi, Komissiya kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Komissiyaning aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 27-apreldagi KQ-340-IV-sonli Qaroriga

4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari tomonidan oʻtkaziladigan koʻrik-tanlovlar toʻgʻrisida”gi KQ-214-IV-sonli Qaroriga kiritilayotgan oʻzgartishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari tomonidan oʻtkaziladigan koʻrik-tanlovlar toʻgʻrisida”gi KQ-214-IV-sonli Qarorining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bandidagi “va “Gender tenglik faoli” koʻrik-tanlovlari” degan soʻzlar “koʻrik tanlovi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandidagi “2-“a” hamda “2-“b” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bandining uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-“a” hamda 2-“b” ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.