31.05.2022 yildagi PQ-265-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.06.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon davlat chet tillari institutini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet tillarini oʻqitish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani taʼlim tizimiga joriy qilish, chet tillarini mukammal egallagan oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillar boʻyicha filologlar, pedagoglar, tarjimonlar va gid hamrohlarini tayyorlash tizimini yanada kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Andijon shahrida Andijon davlat chet tillari instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Institut yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tillar sohasi boʻyicha oliy maʼlumotli, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv jarayonida xalqaro baholash dasturlari (TALIS, PIRLS, PISA) va standartlaridan foydalanish, oʻqitish va baholashning zamonaviy shakllari, metodlari va texnologiyalarini joriy etish boʻyicha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan pedagoglarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari joriy etish va ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning amaldagi reytingida oliy taʼlim muassasalari orasida yuqori 1 000 talik oʻrinni egallagan xorijiy oliy taʼlim muassasasining dasturi asosida oʻz taʼlim dasturlarini shakllantirish, yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan mustaqil ravishda qoʻshma taʼlim dasturlari va ilmiy loyihalarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlimni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, jumladan oʻquv jarayoniga raqamli texnologiyalarni tatbiq qilish, shuningdek, oʻquv jarayonini talabalarda mustaqil taʼlim olish va amaliy, jumladan sinxron, badiiy, ketma-ket va ilmiy-texnik tarjima koʻnikmalarini shakllantirishga yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish, jumladan professor-oʻqituvchilar stajirovkasi va malaka oshirishini nufuzli respublika va xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon davlat chet tillari instituti faoliyatini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon davlat chet tillari institutini 2026-yilga qadar rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon davlat chet tillari institutida tashkil etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Institutda oʻquv jarayoni 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanadi hamda talabalarga ikkita xorijiy til boʻyicha kvalifikatsiya beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Andijon davlat universiteti va uning Pedagogika institutiga xorijiy tillar yoʻnalishlarida bakalavriat va magistratura bosqichlarida kadrlar tayyorlash boʻyicha ajratiladigan davlat buyurtmasi kvotasi 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Institutga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Institutga talabalarni qabul qilish parametrlari har yili tasdiqlanadigan respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi va qoʻshimcha qabul parametrlari doirasida aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Institutning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab kirish imtihonlarida fanlar majmuasidagi chet tili fanidan 4 ta koʻnikmani (tinglab tushunish, oʻqish, yozish va gapirish) baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet tilini bilish darajasi B2 va undan yuqori milliy sertifikatga yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlarga ushbu fandan oʻqishga kirish sinovlarida imtihonsiz maksimal ball beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Institutning magistratura mutaxassisliklariga kirishda xorijiy tilni bilish darajasi boʻyicha S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan sertifikat va bakalavriat diplom balining oʻrtacha koʻrsatkichi inobatga olinadi hamda qoʻshimcha imtihonlar oʻtkazilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan mutaxassislik fanlaridan xorijiy tilda dars beradigan S1 darajasidan kam boʻlmagan milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan sertifikatga ega oʻqituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama haqi toʻlab borilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2022-yil 1-iyulga qadar Institutni tanlov asosida amaliy tajriba va (yoki) ilmiy darajaga ega boʻlgan yuqori malakali professor-oʻqituvchilar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Institutning xorijiy tillar oʻqituvchilari S1 darajasidan kam boʻlmagan milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlishini hamda dars mashgʻulotlarini tegishli tillarda olib borilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning mutaxassislik fanlar (xorijiy tildan tashqari) oʻqituvchilarining B2 darajadan kam boʻlmagan milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning oʻquv jarayoniga til egasi boʻlgan malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilinishini tashkillashtirsin. Bunda, xorijiy mutaxassislarning oylik ish haqi bozor konyunkturasi asosida aniqlanadi hamda Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari va Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrga qadar Institutni zarur telekommunikatsiya vositalari bilan jihozlash hamda yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Andijon viloyati hokimligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda Institut talabalarini amaliyot oʻtash uchun hududdagi korxonalar, turizm va madaniy meros obyektlari, taʼlim va boshqa tashkilotlarga biriktirish hamda yuqori kurs talabalarini ish haqi toʻlanadigan tizim orqali band qilish choralarini koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Innovatsion rivojlanish vazirligi filologiya fanlari tarmogʻining tegishli ixtisosliklari boʻyicha yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, 2023-yildan boshlab Institutga doktorantura boʻyicha kvota ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi quyidagi yoʻnalishlarda Institutga yaqindan koʻmaklashsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijlik ekspertlarni jalb etgan holda professor-oʻqituvchilar va mutaxassislar uchun malaka oshirish, jumladan sinxron tarjima qilish koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha kurslarni tashkil qilishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professor-oʻqituvchilarning zamonaviy oʻqitish koʻnikmalarini rivojlantirishda va chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha sertifikat olishida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning boʻsh auditoriyalarida xorijiy tillarni oʻqitish kurslarini tashkil etib, talabalarga qoʻshimcha daromad topishlari uchun zarur sharoit yaratishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va taʼlim muassasalari uchun chet tillarini oʻrganishda koʻmak beruvchi kontentlarni shartnoma asosida yaratishda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut faoliyati Davlat budjeti mablagʻlari, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar, xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar, homiylik xayriyalari va grantlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning boshlangʻich faoliyatini samarali tashkil etish, xususan uning bino va inshootlarini taʼmirlash hamda jihozlash ishlari Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2023-yildan boshlab — Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligining quyidagi bino va inshootlarni tegishli hududi bilan birgalikda Institutga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon shahar, Boburshoh koʻchasi, 5-uy manzilida joylashgan Andijon davlat universitetining oʻquv binolarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon shahar, Boburshoh koʻchasi, 20-uy manzilida joylashgan Andijon davlat universitetining talabalar turar joyini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon davlat universitetining Andijon viloyati, Xonobod shahri, “Kampirrovot” MFY hududida joylashgan dam olish maskanini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan Institutning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, yangi oʻquv binosi va talabalar turar joyini qurish hamda ularni jihozlash loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil va kelgusi yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturiga belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Andijon viloyati hokimligi Institut faoliyatini samarali tashkil etish uchun boshqa hududlardan jalb etilgan professor-oʻqituvchilarni uy-joy bilan taʼminlash maqsadida Institutga yaqin hududda joylashgan koʻp qavatli uy-joylardan xizmat uylarini Institutga tekin foydalanish huquqi asosida ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutga oʻzining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan boshqa hududlardan jalb etilgan professor-oʻqituvchilar uchun qulay shart-sharoit yaratish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, xususan ijara toʻlovini kompensatsiya qilishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov hamda Andijon viloyati hokimi Sh.K. Abduraxmonov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 31-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-265-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi PQ-265-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon davlat chet tillari instituti faoliyatini tashkil etish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbalari

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Andijon davlat chet tillari instituti faoliyatini yoʻlga qoʻyish, taʼlim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalar va oʻqitish metodlarini joriy etish

1.

Andijon davlat chet tillari instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni tayyorlash.

1. Institut ustavini ishlab chiqib, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

-

2022-yil iyun

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut

2. Institut tuzilmasini belgilangan normativlarga muvofiq tasdiqlash.

2022-yil iyul

2.

Institutning shtat jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash.

1. Institutning shtat jadvalini oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash.

-

2022-yil iyun

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Institut

2. Institutning 2022-yilga moʻljallangan xarajatlar smetasini oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash.

2022-yil iyul

3.

Institutni zarur bilim va amaliy koʻnikmalarga ega kadrlar bilan toʻldirish.

1. Institutni pedagog va ilmiy xodimlar bilan toʻldirish uchun boʻsh ish oʻrinlariga tanlov eʼlon qilish.

2. Mutaxassisligi (kvalifikatsiyasi) mos keluvchi pedagog va ilmiy xodimlarni tanlov asosida ishga saralab olish.

-

2022/2023 oʻquv yiliga qadar

Institut, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

4.

Ilgʻor xorijiy tajriba va kadrlar buyurtmachilari talablari asosida oʻquv jarayonini tashkil etish.

1. Fan dasturlari mazmunini kadrlar buyurtmachilari talablari va xorijiy tajriba asosida ishlab chiqish.

-

2022/2023 oʻquv yiliga qadar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut

2. Institutda mutaxassislik fanlarini tegishli xorijiy tillarda oʻqitish tizimini joriy etish.

3. Oʻquv rejalaridagi fanlar sonini nomutaxassislik fanlar hisobiga bosqichma-bosqich kamaytirish hamda mustaqil taʼlim salmogʻini oshirish orqali takomillashtirib borish.

4. Bitiruvchi kurs talabalari amaliyotini kelgusida talabalar ishga joylashishi mumkin boʻlgan tashkilotlarda tashkil etish.

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab

5.

Taʼlim jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʻor taʼlim texnologiyalari va oʻqitish metodlarini joriy etish.

1. Yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining ilgʻor taʼlim metodika va texnologiyalarini oʻrganish va joriy etish choralarini koʻrish.

2. Xorijiy mutaxassislar ishtirokida maʼruza va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish.

-

2022-yil iyun — avgust

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut

6.

Institutga talabalarni qabul qilish jarayonini tashkil etish.

1. Institutda bakalavriat va magistratura bosqichlarida kadrlar tayyorlash boʻyicha davlat buyurtmasini aniqlash va qabulni tashkil etish.

-

Har yili iyun — avgust

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Institut

2. Andijon davlat universiteti va uning Pedagogika institutida xorijiy tillar yoʻnalishlari boʻyicha bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan talabalar oʻqishini Institutga koʻchirish.

2022-yil sentabr

7.

Institut professor-oʻqituvchilarining kasbiy mahoratini oshirib borish.

1. Mutaxassislik fanlari professor-oʻqituvchilarining malakasini xorijda oshirib borish reja-jadvalini tasdiqlash.

2. Reja-jadvalga muvofiq professor-oʻqituvchilarni xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish.

3. Institutning belgilangan tartibda tanlovlarda gʻolib boʻlgan professor-oʻqituvchilarini nufuzli xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida falsafa doktori (RhD) ilmiy darajasini olish uchun oʻqishga yuborishni tashkil etish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari, grantlar

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi

8.

Institutning professor-oʻqituvchi, tadqiqotchi va talabalari uchun xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasidan bepul foydalanish imkoniyatini yaratish.

1. Nufuzli ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasiga ega kompaniyalar bilan muzokaralar olib borish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar

2022-yil oktabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut

2. Elektron maʼlumotlar bazalariga obunani tashkil qilish hamda ulardan professor-oʻqituvchi, tadqiqotchi va talabalar uchun bepul foydalanish imkoniyatini yaratish.

2023-yili yanvar

9.

Institut talabalarining chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha tashqi baholash tizimini joriy etish.

1. Turli yoʻnalishlardan tanlab olingan bir guruh (kamida 20 nafar) yuqori kurs talabalari bilimini milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat tizimlari orqali baholash.

2. Baholash natijasi boʻyicha taʼlim jarayoni va oʻquv dasturlarini takomillashtirish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar

Har yili, oʻquv yili davomida

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut

10.

Institutning kutubxona fondini shakllantirish hamda uni zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan boyitish.

1. Taʼlim jarayoni va ilmiy faoliyatni amalga oshirish uchun lozim boʻladigan adabiyotlar roʻyxatini shakllantirish.

2. Zamonaviy oʻquv adabiyotlarini yaratish, xorijiy adabiyotlarni xarid qilish va tarjima qilish, axborot-resurs markazi fondini muntazam ravishda yangilab borish.

Davlat budjetidan mazkur maqsad uchun ajratilgan mablagʻlar, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi, grantlar

2022-yil avgust

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut

11.

Institutning taʼlim jarayoniga “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish — NEMIS” axborot tizimini joriy etish.

1. Institutning akademik faoliyati, xususan, talabaning davomat hisoboti, oʻzlashtirish qaydnomasi va reyting daftarchasi, guruh jurnali, dars va imtihon jadvallarini raqamlashtirish.

2. Professor-oʻqituvchilarning ilmiy loyihalari, maqolalari, ilmiy-uslubiy nashrlari, ilmiy izlanuvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

3. Boshqaruv kadrlar, professor-oʻqituvchilar tarkibi va talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuritish hamda tegishli hisobotlarni tayyorlash jarayonlarini raqamlashtirish.

4. Toʻlov-shartnomalarni hamda stipendiya toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron shaklda tizim orqali taqdim etishni yoʻlga qoʻyish.

5. Institut koʻrsatkichlarining maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda oliy taʼlim muassasalari milliy reytingini yuritish va taʼlim sifatini masofaviy monitoring qilish imkoniyatini yaratish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

2022/2023 oʻquv yili davomida

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut

II. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish

12.

Institut professor-oʻqituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirib borish hamda yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish.

1. Institutning professor-oʻqituvchilari va talabalarini ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb etish.

2. Professor-oʻqituvchilar hamda yosh tadqiqotchilarning ilmiy maqolalarini Web of Science, Scopus, Google Scholar kabi xalqaro indeksatsiyalangan maʼlumotlar bazalarida chop etish choralarini koʻrish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Institut

13.

“Yosh filolog” oʻquv laboratoriyasini tashkil etish.

1. Laboratoriya uchun xonalarni tayyorlash va jihozlash.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

2023-yil fevral

Institut

2. Laboratoriya faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2023-yil mart

14.

Talabalarning ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirib borish.

1. Iqtidorli talabalarni saralab olish va ilmiy-tadqiqot ishlariga yoʻnaltirish.

2. Tajribali professor-oʻqituvchilar tomonidan talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish.

3. Ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etgan talabalarni ragʻbatlantirib borish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut

15.

Institutning taʼlim jarayonida IT-texnologiya infratuzilmasini rivojlantirish.

1. Institut tarmogʻini yuqori tezlikdagi Internetga ulash.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

2022-yil avgust

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Institut

2. Institutning axborot-resurs markazi, oʻquv binolari va talabalar turar joylarida “wi-fi” tizimi orqali Internetdan keng foydalanish imkoniyatini yaratish.

2022-yil oktabr

III. Institutning xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish

16.

Institutning oʻquv dasturlarini xalqaro tan olingan tashkilotlarning tashqi akkreditatsiyasidan oʻtkazish.

1. Oʻquv dasturlarini xalqaro tan olingan tashqi akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun hamkor tashkilot bilan aloqalarni oʻrnatish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar

2022/2023 oʻquv yili davomida

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Institut

2. Oʻquv dasturlarini xalqaro tan olingan tashqi akkreditatsiyadan oʻtkazish.

2025/2026 oʻquv yiliga qadar

17.

Taʼlim jarayonini tashkil etishda hamkor xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan aloqalarni rivojlantirish.

1. Xorijiy hamkor oliy taʼlim muassasalari bilan mutaxassislik fanlari boʻyicha vebinarlar tashkil qilish.

2. Yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan qoʻshma taʼlim dasturlari (double degree, joint degree) doirasida kadrlar tayyorlash.

3. Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

grantlar, Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut

18.

Xorijiy ilmiy va taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot yoʻnalishida aloqalarni rivojlantirish.

1. Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari doirasida yuqori ilmiy salohiyatga ega professor-oʻqituvchi va mutaxassislarni Institut doktorant va mustaqil tadqiqotchilariga ilmiy maslahatchi sifatida biriktirish choralarini koʻrish.

2. Yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlar bilan qoʻshma ilmiy tadqiqotlar olib borishni yoʻlga qoʻyish.

3. Xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari grantlari va xorijiy ilmiy fondlar mablagʻlarini jalb etish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut

19.

Institutda tahsil oluvchi xorijiy talabalar ulushini oshirish.

1. Xorijiy fuqarolarni Institutga jalb qilish boʻyicha taʼlim agentliklari bilan kelishuv imzolash.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar

2023/2024 oʻquv yili davomida

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Institut

2. Kelishuv doirasida xorijiy, avvalambor, MDH davlatlarida Institut faoliyatini targʻib qilish.

Reja-jadvalga muvofiq

IV. Talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning bandligini taʼminlash

20.

Institut talabalariga boʻsh vaqtda qoʻshimcha daromad topishlariga koʻmaklashish.

1. Talabalarga Institutning boʻsh xonalarida til oʻrgatish kurslarini tashkil etish va daromad topish uchun sharoit yaratib berish.

2. Talabalarga qoʻshimcha hunar oʻrganishga koʻmaklashish maqsadida hunarmand ustalar tomonidan mashgʻulotlar oʻtkazishni tashkil etish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik mablagʻlari

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Hunarmand uyushmasi, Institut

21.

Talabalar oʻz ustida ishlashi uchun taniqli mutaxassislarni jalb qilgan holda motivatsion tadbirlar oʻtkazish.

1. Respublikada va xorijiy davlatlarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar va notiqlar roʻyxatini shakllantirish.

2. Shakllantirilgan roʻyxatga muvofiq seminar, ochiq muloqot va boshqa tadbirlarni, jumladan masofaviy rejimda tashkil qilish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, grantlar

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut

22.

Institutda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni keng joriy etish maqsadida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan markaz tashkil qilish.

1. Markaz nizomi va chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

2022-yil dekabr

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Institut

2. Institutga tegishli binolarda Markaz uchun beshta muhim tashabbusni qamrab oladigan xonalar ajratish va ularni zarur jihozlar bilan taʼminlash.

2023-yil yanvar

23.

Institutning Xonobod shahar, “Kampirrovot” MFY hududida joylashgan dam olish maskanida talabalar uchun seminar, sayyor mashgʻulotlar, yozgi va qishki maktablar tashkil etish.

1. Institutning dam olish maskanida tadbirlar oʻtkazish dasturini tasdiqlash.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik mablagʻlari

Har yili avgust oyida

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi, Institut

2. Dastur asosida seminarlar, sayyor mashgʻulotlar, yozgi (qishki) maktablar tashkil etish orqali talabalarni jalb etish.

Dasturga muvofiq

24.

Institutda beshta muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Baxshichilik, maqom, estrada, teatr, rassomchilik, sport yoʻnalishlarida toʻgaraklar hamda badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etish va hudud yoshlarini mazkur toʻgaraklarga jalb etish.

2. Institut talabalari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga qaratilgan sport tadbirlarini tashkil etish.

3. Talabalarning badiiy adabiyotlarga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida “Men sevgan badiiy asar” kabi tanlovlarni muntazam tashkil etib borish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik mablagʻlari

2022/2023 oʻquv yilidan boshlab

Yoshlar ishlari agentligi, Institut

25.

Talabalarni ish bilan taʼminlash maqsadida Institutda yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan “Karyera markazi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. “Karyera markazi” tomonidan Institut taʼlim yoʻnalishlariga mos tashkilot va korxonalar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.

2. Hamkor korxona va tashkilot vakillariga Institut talabalarini saralab olish uchun tegishli sharoit yaratish.

Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik mablagʻlari

2022/2023 oʻquv yili davomida

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Institut

26.

Institut talabalarini hududdagi umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalariga biriktirish.

1. Hududdagi umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalarini imzolash.

2. Talabalarga doimiy ravishda mazkur taʼlim muassasalarida amaliyot oʻtash va oʻz bilimlarini mustahkamlash uchun sharoit yaratish.

-

2023/2024 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Institut

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi PQ-265-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon davlat chet tillari institutini 2026-yilga qadar rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ustuvor vazifa

Maqsadli koʻrsatkich

Yillar kesimida

Oʻsish koʻrsatkichi,

(2023-yilga nisbatan)

2023-yil

2024-yil

2025-yil

2026-yil

1.

Milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega professor-oʻqituvchilar ulushini oshirish

Asosiy shtatdagi kasbiy fan professor-oʻqituvchilari soniga nisbatan, foizda

15

30

40

50

3 baravar

2.

Milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega talabalar ulushini oshirish

Jami talabalar soniga nisbatan, foizda

20

30

45

60

3 baravar

3.

Yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash

Ilmiy salohiyat, foizda

20

25

35

40

2 baravar

4.

Himoya qilinadigan falsafa doktori dissertatsiyalari (PhD) soni

7

11

16

21

3 baravar

5.

Himoya qilinadigan doktorlik dissertatsiyalari (DSc) soni

3

5

7

9

3 baravar

6.

Falsafa doktori ilmiy darajasini olishga talabgor doktorantlar (PhD) soni

4

8

12

20

5 baravar

7.

Fan doktori ilmiy darajasini olishga talabgor doktorantlar (DSc) soni

2

4

6

8

4 baravar

8.

Mustaqil izlanuvchilar soni

5

10

15

25

5 baravar

9.

Professor-oʻqituvchilarning ilmiy-uslubiy faoliyati natijadorligini oshirish

Darsliklar soni

2

4

6

8

4 baravar

10.

Oʻquv qoʻllanmalari soni

3

6

9

12

4 baravar

11.

Monografiyalar soni

3

5

7

9

3 baravar

12.

Scopus, Web of Science maʼlumotlar bazasiga kiritilgan maqolalar soni

10

30

55

90

9 baravar

13.

Respublika jurnallarida eʼlon qilingan ilmiy maqolalar soni

10

20

30

40

4 baravar

14.

Scopus, Web of Science maʼlumotlar bazasiga kiritilgan har bir maqolaga toʻgʻri keluvchi iqtiboslar soni

0,5

1,0

1,5

2,0

4 baravar

15.

Ilmiy-tadqiqot faoliyati va ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish asosida olingan mablagʻlar

(mlrd soʻm hisobida)

Xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari va ilmiy fondlardan olingan mablagʻlar

0,1

0,3

0,8

1,0

10 baravar

16.

Davlat grantlari asosida oʻtkazilgan ilmiy-tadqiqotlardan olingan mablagʻlar

0,1

0,2

0,3

0,5

5 baravar

17.

Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish

Institut professor-oʻqituvchilarini jahonning yetakchi universitetlari va ilmiy markazlariga xizmat safarlariga yuborish

5

8

11

15

3 baravar

18.

Institutga xorijiy olimlarning tashrifi (kamida 1 oyga)

2

3

5

8

4 baravar

19.

Xorijiy talabalar soni

10

20

50

100

10 baravar

20.

Akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etuvchi talabalar soni

10

20

50

80

8 baravar

21.

Institut professor-oʻqituvchilarining xorijiy olimlar bilan hammualliflikda chop etgan maqolalari soni

5

10

15

20

4 baravar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-maydagi PQ-265-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon davlat chet tillari institutida tashkil etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Taʼlim yoʻnalishi

I. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi

2022/2023 oʻquv yilidan

1.

Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili

2.

Filologiya va tillarni oʻqitish: fransuz tili

3.

Filologiya va tillarni oʻqitish: nemis tili

4.

Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili

5.

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili

6.

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: rus tili

7.

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

8.

Xorijiy til va adabiyoti: rus tili

9.

Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (tillar boʻyicha)

2023/2024 oʻquv yilidan

10.

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: fransuz tili

11.

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili

12.

Filologiya va tillarni oʻqitish: arab tili

13.

Filologiya va tillarni oʻqitish: koreys tili

14.

Filologiya va tillarni oʻqitish: xitoy tili

15.

Filologiya va tillarni oʻqitish: yapon tili

II. Magistratura mutaxassisliklari

2022/2023 oʻquv yilidan

1.

Xorijiy til va adabiyoti (tillar boʻyicha)

2.

Lingvistika (tillar boʻyicha)

3.

Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (tillar boʻyicha)

2023/2024 oʻquv yilidan

4.

Sinxron tarjima (tillar boʻyicha)

5.

Badiiy tarjima (tillar boʻyicha)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 07/22/265/0457-son; 21.07.2025-y., 06/25/114/0633-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)