Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018 18.12.1997 yildagi 553-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018
Hujjat 18.12.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlarining davlat reyestri toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2018-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Urugʻchilik toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlarining davlat reyestri toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-noyabrdagi 419-son qaroriga 5-ilovaning III boʻlimidagi “Oʻzbekiston davlat urugʻchilik markazi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, “Oʻzdavurugʻnazoratmarkazi”ni mablagʻ bilan taʼminlash budjet va sinov hamda sertifikatsiyalash uchun oʻz xizmatlariga toʻlangan mablagʻlar, shuningdek boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 18-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
553-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 18-dekabrdagi 553-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI HUZURIDAGI QIShLOQ XOʻJALIGI EKINLARI URUGʻLARINI SERTIFIKATSIYALASh VA SIFATINI NAZORAT QILISh DAVLAT MARKAZI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzdavurugʻnazoratmarkazi” deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 31-oktabrdagi 421-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdavurugʻnazoratmarkazi” maqomiga koʻra Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bosh boshqarmasiga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzdavurugʻnazoratmarkazi” joylarda boʻlinmalari boʻlgan urugʻlarni sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzdavurugʻnazoratmarkazi” Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi apparati boʻlinmalaridan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish markazi, qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish viloyat markazlaridan, qishloq xoʻjaligi urugʻlari sifatini nazorat qilish tuman va tumanlararo inspeksiyalar (laboratoriyalar)dan iborat boʻladi va ularga rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzdavurugʻnazoratmarkazi” yuridik shaxs hisoblanadi, bank muassasasida hisob-kitob schyotiga, muhrga, shtampga, oʻz nomi oʻzbek va ingliz tillarida yozilgan blanklarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzdavurugʻnazoratmarkazi” oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oliy Majlis qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining buyruqlariga hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Hayʼatining qarorlariga, Sertifikatsiyalash milliy tizimining asosiy hujjatlariga, boshqa meʼyoriy hujjatlarga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzdavurugʻnazoratmarkazi”ning faoliyati budjet va (yoki) sinov va sertifikatsiya uchun oʻz xizmatlariga toʻlangan mablagʻlar hisobiga, shuningdek boshqa mablagʻlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzdavurugʻnazoratmarkazi”ning boshqaruv tuzilmasi va shtat jadvali Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. “OʻZDAVURUGʻNAZORATMARKAZI”NING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar “Oʻzdavurugʻnazoratmarkazi”ning vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining genetik sofligi va urugʻlari sifati sohasidagi davlat siyosatining bajarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻlarni sertifikatsiyalash, akkreditatsiya viloyatiga muvofiq urugʻlarni ishlab chiqaruvchilar va isteʼmol qiluvchilardan qatʼi nazar, urugʻlar sifatini belgilash va nazorat qilish ishlarini olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzdavurugʻnazoratmarkazi” yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy boʻlinmalarning barcha qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarining sifati ustidan nazoratni tashkil etish boʻyicha ishlariga rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjaliklarda, korporatsiyalarda va boshqa korxonalarda, muassasalarda urugʻlar va koʻchatlarning nav va ekish sifatlarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻlar sifatini aniqlash usullarini ishlab chiqish, takomillashtirish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish markazi, qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish viloyat markazlari, tuman va tumanlararo inspeksiyalari (laboratoriyalari)ning ishlariga uslubiy rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻlarni yetishtirish va sifatini aniqlash boʻyicha davlat standartlarini, yangi uslubiy qoʻllanmalar va yoʻriqnomalarni ishlab chiqishda bevosita qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori sifatli elita urugʻlar, birinchi va keyingi reproduksiyalar urugʻlarini yetishtirishni, urugʻlarni saqlashni, ularni ekishga tayyorlashni, sifatini aniqlashni hamda xoʻjaliklar va korxonalarning, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, davlat standartiga, mavjud yoʻriqnomalar va qoidalarga rioya qilgan holda tejab sarflashini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻchilik sohasidagi jahon yutuqlarini joriy etish, jahon standartlari asosida urugʻlar sifatini aniqlash va nazorat qilish, standart urugʻlarga sifat sertifikatlari berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻlarning ekish va nav sifatlarini aniqlashda barcha manfaatdor yuridik tashkilotlar va jismoniy shaxslarning qatnashishiga yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning malakasini oshirish va attestatsiyadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida ilmiy-tadqiqot institutlari, seleksiya, urugʻchilik, konstruktorlik va loyihalash tashkilotlari bilan birgalikda shartnomalar asosida ish rejalarini, yangi texnologik liniyalar va asbob-uskunalarni ishlab chiqish yuzasidan buyurtmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
navlarni joylashtirish; navlarni rayonlashtirish hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan miqdorda navli urugʻlar tayyorlash rejalari bajarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi usullar, kimyoviy preparatlarni shartnoma asosida sinash, shuningdek urugʻchilikda va urugʻchilik nazorati ishida qoʻllaniladigan boshqa takliflarning samaradorligini aniqlash va ularni joriy etishga tavsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlarining rayonlashtirilgan va istiqbolli navlarining nav sofligini tuproqda tahlil qilish va ularning natijalarini manfaatdor tashkilotlarga berish, qishloq xoʻjaligi ekinlari aprobatsiyasi toʻgʻri oʻtkazilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekinlar boʻyicha urugʻlik arxivi saqlanishini tashkil etish hamda urugʻlik arxivlarini toʻgʻri saqlash va yuritishda viloyat urugʻchilik markazlari va mintaqaviy laboratoriyalarga amaliy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, qishloq va suv xoʻjaligi viloyat boshqarmalari, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatsiyalanmagan va davlat standartiga javob bermaydigan urugʻlarning tarqatilishini taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini yetishtirish, tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va ekish boʻyicha qoidalarni buzgan aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida taqdimnomalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa tashkilotlarning mutaxassislarini urugʻlarni tekshirish va tahlil qilish ishiga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. “OʻZDAVURUGʻNAZORATMARKAZI”NING HUQUQLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Oʻzdavurugʻnazoratmarkazi” va uning barcha boʻlinmalari inspektorlari qonun hujjatlariga muvofiq qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlaridan foydalanish va ularni yetishtirish ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Oʻzdavurugʻnazoratmarkazi” boshligʻi qishloq xoʻjaligi urugʻlarini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektori hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish markazining boshligʻi, shuningdek qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish viloyat markazlari boshliqlari tegishli ravishda viloyatlar qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlari sifatini nazorat qilish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar davlat inspektorlari hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektori, “Oʻzdavurugʻnazoratmarkazi” inspektorlari, viloyatlarning davlat inspektorlari, qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish boʻyicha tuman inspektorlari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga egadirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻlarning sifat koʻrsatkichlari ishonchliligini va davlat standartlariga muvofiqligini tekshirish maqsadida zarur tekshirishlar oʻtkazish uchun ularning namunalarini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza qilinadigan navlarning urugʻlaridan gʻayriqonuniy (foydalanishni taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istalgan urugʻlik yetishtiruvchining, yetkazib beruvchining va savdo tashkilotining hududiga kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻchilik dalalari va urugʻlik partiyalari boʻyicha zarur axborotni, hujjatlarni va namunalarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻlarning qonun hujjatlarini buzgan holda yetishtirilishi, saqlanishi, sotilishini toʻxtatish yoki taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻlik partiyalarining nav va ekish sifati sertifikatisiz hamda fitosanitariya sertifikatisiz tashilishini taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaga boshqa davlatlardan urugʻlarning nav va ekish sifati sertifikatisiz, fitosanitariya sertifikatisiz va import karantini ruxsatnomasisiz keltirilishiga yoʻl qoʻymaslik.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. “OʻZDAVURUGʻNAZORATMARKAZI”NI BOShQARISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Oʻzdavurugʻnazoratmarkazi”ga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri tomonidan tayinlanadigan boshliq boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Boshliq “Oʻzdavurugʻnazoratmarkazi”ga yuklangan funksiyalarning bajarilishi uchun toʻliq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Boshliq “Oʻzdavurugʻnazoratmarkazi”ning mol-mulki va mablagʻlarini tasarruf etadi hamda ularning saqlanishi uchun javobgar hisoblanadi, bankda joriy va boshqa schyotlar ochadi, buyruqlar chiqaradi, mehnat shartnomalari tuzadi. “Oʻzdavurugʻnazoratmarkazi” nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi hamda sud muassasalarida va boshqa muassasalar va tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Boshliq mehnat toʻgʻrisidagi qonunlarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz oʻrinbosarlarini, “Oʻzdavurugʻnazoratmarkazi” boʻlimlari boshliqlari va laboratoriyalari mudirlarini ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish markazi boshligʻini ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq va suv xoʻjaligi viloyat boshqarmalari boshliqlarining taqdimnomasiga koʻra qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish viloyat, tuman va tumanlararo markazlar boshliqlarini ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 18-dekabrdagi 553-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA EKIShGA TAVSIYA QILINGAN QIShLOQ XOʻJALIGI EKINLARINING DAVLAT REESTRI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlarining davlat reyestri toʻgʻrisidagi Nizom (keyingi oʻrinlarda Nizom deb ataladi) ekishga tavsiya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlarining Davlat reyestrini (keyingi oʻrinlarda Reyestr deb ataladi) joriy etish bilan bogʻliq ish tartibini amalga oshirish maqsadida amalga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining qishloq xoʻjaligi ekinlari nav sinovi boʻyicha davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) Reyestrni yuritadi va Reyestrni yuritish bilan bogʻliq ish tartibini amalga oshiradi: seleksiya yutuqlari boʻyicha, shu jumladan seleksiya yutuqlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari boʻyicha muhofaza qilish qobiliyati mezonlariga javob bermaydiganlar boʻyicha buyurtmalar qabul qiladi, buyurtma berilgan ekinlarni sinovdan oʻtkazadi, ekishga tavsiya qilingan ekinlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni roʻyxatdan oʻtkazadi va eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat komissiyasi Reyestrni yuritish bilan bogʻliq ish tartibini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”, “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi qonunlariga, boshqa qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat budjeti mablagʻlari, roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan Davlat komissiyasi tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar va materiallar uchun toʻlanadigan haq Reyestrni joriy etish bilan bogʻliq ish tartibini amalga oshirishni mablagʻ bilan taʼminlash manbalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Reyestrni yuritishda Davlat komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) patent egasining xohishiga koʻra muhofaza hujjatlari bilan himoya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ekishga tavsiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) muhofaza hujjatlari bilan himoya qilinmagan qishloq xoʻjaligi ekinlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ekishga tavsiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya qilingan seleksiya yutuqlari sohasida axborot faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasida seleksiya sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini va ijodiy yutuqlarni rivojlantirishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat komissiyasi Reyestrni yuritishda quyidagi huquqlarga egadir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) patent egasining xohishiga koʻra, muhofaza hujjatlari bilan himoya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ekishga tavsiya berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) buyurtmalar qabul qilish, muhofaza hujjatlari bilan himoya qilinmagan qishloq xoʻjaligi ekinlari sinovini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) egasining xohishiga koʻra muhofaza hujjatlari bilan himoya qilinmagan qishloq xoʻjaligi ekinlarini roʻyxatdan oʻtkazish va ekishga tavsiya berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) muhofaza qobiliyati mezonlariga javob bermaydigan, biroq ekishga tavsiya qilish maqsadida xoʻjalik jihatidan foydaliligi boʻyicha sinovdan oʻtgan qishloq xoʻjaligi ekinlarini Reyestrda roʻyxatdan oʻtkazish. Xoʻjalik jihatidan foydaliligi boʻyicha sinovlar quyidagi tavsiflarni aniqlashi kerak; hosildorlik, kasalliklar va zararkunandalarga chidamlilik, tashqi muhit sharoitlariga (sovuqqa chidamlilik, qurgʻoqchilikka chidamlilik) taʼsirchanlik, olinadigan mahsulot sifati. Kiritiladigan seleksiya yutugʻi Reyestrda taqdim etilganlardan bir yoki ikki muhim xoʻjalik-biologik tavsifiga koʻra yaxshiroq boʻlishi, qolganlari boʻyicha esa ular darajasida boʻlishi yoki Reyestrga kiritilgan seleksiya yutuqlaridan uncha past boʻlmasligi kerak. Sinovlar kamida ikki yil oʻtkaziladi, koʻp yillik ekinlar boʻyicha toʻliq hosil berishning kamida ikki yilida oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Reyestrni yuritishda zarur hujjatlarning yagona shakllarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Reyestrni yuritish bilan bogʻliq boʻlgan ish tartibini amalga oshirishga oid qoidalar va tushuntirishlarni ishlab chiqish, qabul qilish va nashr etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) egalari va patent egalari tomonidan boʻlimlarning xulosalari va Ekspert komissiya qarorlari yuzasidan berilgan eʼtirozlar va shikoyatlarni koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimlarini undirish, shuningdek, Davlat komissiyasi tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar va taqdim etilgan materiallar uchun haq undirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) amaldagi qonun hujjatlariga va mazkur Nizom vazifalariga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— noshirlik va reklama faoliyatini amalga oshirish uchun noshirlik huquqlariga ega boʻlish, ilmiy-uslubiy va axborot materiallari, davriy nashrlar, audiovizual va boshqa bosma mahsulotlarni chiqarish va tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimlarini, turli xizmatlar koʻrsatish va materiallar taqdim etilganligi uchun tushumlarni oʻtkazishga schyotlar, shu jumladan valyuta schyotlari ochish va keyinchalik ulardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) Reyestrni yuritish bilan bogʻliq ish tartibini amalga oshirish uchun mamlakatimiz mutaxassislarini va xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) ekishga tavsiya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlaridan foydalanish huquqlarini berish toʻgʻrisidagi shartnomalarni, bu huquqlarni boshqaga berish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Reyestr Davlat komissiyasi tomonidan yagona nusxada yuritiladi hamda oʻzida har biri seleksiya yutugʻining hayot jarayoni bilan bogʻliq muayyan harakatlarni aks ettiruvchi bir necha ishlarni ifodalaydi. Navni Reyestrga kiritish va undan chiqarish boʻyicha qabul qilinadigan bevosita uzil-kesil qaror ip oʻtkazib tikilgan, tartib raqami qoʻyilgan va muhr bosilgan daftarga kiritiladi. Mazkur daftar qishloq xoʻjaligi ekinlari yangi navlarini va duragaylarini roʻyxatdan oʻtkazish va muhofaza qilish boʻlimida doimiy ravishda saqlanadi. Reyestrga seleksiya yutuqlarini boshqa seleksiya yutuqlaridan aniq farqlash uchun zarur boʻlgan barcha maʼlumotlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ekishga tavsiya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlarini roʻyxatdan oʻtkazishda Reyestrga quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimlikning jinsi, turi (xili);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
navning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi, manzil, mamlakat kodi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmaning tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustunlik sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari Reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari mualliflari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlari originatorining nomi va manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vositachining nomi va manzili.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini Reyestrda roʻyxatdan oʻtkazish Davlat komissiyasining qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekishga tavsiya qilish toʻgʻrisidagi qarori tasdiqlangandan va tegishli roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimlari toʻlangandan keyin 6 oydan kechikmay amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Reyestrni yuritish bilan bogʻliq ish tartibini amalga oshirishda Davlat komissiyasining qarorlaridan norozi boʻlgan shaxslar Davlat komissiyasining ishi yuzasidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat sinovlari oʻtkazishda seleksiya yutugʻining oʻz tavsifiga muvofiq kelmay qolganligi aniqlansa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seleksiya yutugʻi xoʻjalik jihatidan foydaliligini yoʻqotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seleksiya yutugʻini Reyestrda saqlash uchun roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimlari toʻlanmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seleksiya yutugʻi 4 yildan ortiq vaqtda xoʻjalik muomalasiga kiritilmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining seleksiya yutugʻini Reyestrdan chiqarish toʻgʻrisidagi arizasi berilgan boʻlsa, seleksiya yutugʻi Reyestrdan chiqariladi.