Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 23-iyundagi KQ-97-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti toʻgʻrisidagi nizomga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Yoshlar parlamentida quyidagi komissiyalar faoliyat olib boradi:
Ilm-fan, madaniyat va kitobxonlik masalalari komissiyasi;
Turizm, sport, sogʻlom turmush va ijtimoiy masalalar komissiyasi;
Kompyuter texnologiyalari va innovatsiya masalalari komissiyasi;
Yoshlar huquqlari va qonunchilik masalalari komissiyasi;
Yoshlar bandligi, agrar va tadbirkorlik masalalari komissiyasi;
Gender tenglik masalalari komissiyasi”.
2) 11-banddagi hamda 33-banddagi “Yoshlar ittifoqi” degan soʻzlar “Yoshlar ishlari agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari ilovadagi roʻyxatga muvofiq tasdiqlansin.
3. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi B. Sayfullayev zimmasiga yuklansin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2022-yil 5-may,
KQ-346-IV-son