18.04.2022 yildagi 2042-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil birinchi choragidagi faoliyati yakunlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil birinchi choragidagi faoliyati yakunlari toʻgʻrisidagi axborotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, quyi palataning oʻtgan davrdagi ishi parlament faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar, mamlakatimiz Prezidentining dasturiy maʼruzalari, farmonlari va qarorlari, 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi, “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” Davlat dasturi asosida tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) faoliyatini samarali tashkil etish, joriy yilga moʻljallangan davlat dasturida belgilangan tegishli bandlarning ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash maqsadida Qonunchilik palatasining 2022-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari tasdiqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda qonun ijodkorligi faoliyatining natijadorligi oshib, Qonunchilik palatasida koʻrib chiqilgan qonun loyihalari soni sezilarli darajada koʻpaydi. Xususan, 63 ta qonun loyihasi koʻrib chiqilib, shundan 14 tasi alohida qonun sifatida, 11 tasi esa 4 ta qonunga birlashtirilib, jamlanma qonun tariqasida qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirishga qaratilgan bir qator yaxlit qonunlar ham qabul qilindi. “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi, “Davlat qarzi toʻgʻrisida”gi, “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi, “Tashqi mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida”gi, “Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari shular jumlasidandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan davlat boshqaruvi organlari va ular mansabdor shaxslarining qonunlar ijrosi, davlat dasturlarining soʻzsiz bajarilishi, oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishga doir faoliyati ustidan taʼsirchan parlament nazorati olib borildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Qonunchilik palatasi majlislarida hukumat aʼzolari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axboroti 8 marotaba “parlament eshituvi” tartibida eshitildi, 2 marotaba “hukumat soati” oʻtkazildi, 1 ta parlament soʻrovi va 86 ta deputat soʻrovi yuborildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi qoʻmitalari tomonidan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng dolzarb masalalari yuzasidan 30 ta nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda deputatlar har oyning oxirgi haftasini oʻz saylov okruglarida oʻtkazmoqdalar. Deputatlarning saylov okruglarida olib borgan faoliyati davomida jami 3 958 ta xonadonga tashrif buyurildi, 2 442 ta uchrashuv oʻtkazildi. Ularda 50 ming nafardan ziyod fuqaro, shu jumladan tadbirkorlik subyektlarining 4 702 nafar vakili bilan bevosita uchrashuv va muloqotlar tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov okruglarida amalga oshirilgan ishlarning yakunlari siyosiy partiyalar fraksiyalarida atroflicha koʻrib chiqilib, joylarda aniqlangan muammo va kamchiliklarni parlament nazoratining taʼsirchan shakllaridan foydalangan holda hal etish choralari koʻrildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash borasida ham muayyan ishlar qilindi. Jumladan, kelib tushgan jami 2 937 ta murojaat belgilangan tartibda koʻrib chiqildi. Shuningdek qoʻmitalar majlislarida murojaatlarda koʻtarilgan masalalar qay darajada hal etilayotganligi boʻyicha davlat organlari rahbarlarining 4 marotaba axboroti eshitildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining xorijiy davlatlar parlamentlari va xalqaro tashkilotlar bilan koʻp qirrali va samarali hamkorlik aloqalari izchil davom ettirildi. Jumladan, xalqaro parlamentlararo hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida jami 8 ta xalqaro uchrashuv oʻtkazildi va 9 ta chet el delegatsiyasi qabul qilindi. Parlamentlararo hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida Qonunchilik palatasining Tailand Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhi tuzildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga Qonunchilik palatasining oʻtgan davrdagi faoliyati tahlili ayrim yoʻnalishlarda oʻz yechimini kutayotgan qator masalalar mavjudligini koʻrsatmoqda. Jumladan, hisobot davrida deputatlarning qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalanish boʻyicha faolligi sezilmadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar fraksiyalari va qoʻmitalarning parlament nazorati shakllaridan foydalanishdagi tashabbuskorligini ham yetarli darajada deb boʻlmaydi. Oʻtgan davrda deputatlar davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga parlament soʻrovi yuborish boʻyicha atigi 1 ta taklif kiritgan boʻlsa, mutasaddilarning oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitishga doir birorta ham tashabbus koʻrsatilmadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan murojaatchilar tomonidan berilgan takliflarni qoʻmitalar majlislarida muhokama qilish yoʻlga qoʻyilgan, biroq ushbu amaliyot tizimli ravishda amalga oshirilmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil birinchi choragidagi faoliyati yakunlari toʻgʻrisidagi axborot maʼlumot uchun qabul qilinsin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatlarning qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalanish samaradorligini yanada oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fraksiyalar aʼzolari tomonidan qonun loyihalarini partiya elektorati manfaatlaridan kelib chiqqan holda kiritish tashabbusi bilan chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovchilar tomonidan koʻtarilayotgan masalalarni, joylardagi dolzarb muammolarni hal etishda parlament nazorati shakllaridan samarali foydalanish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihalarini ishlab chiqishning barcha bosqichiga, shuningdek jamiyat hayotidagi dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgan har bir nazorat-tahlil tadbiriga ekspert guruhlarini faol jalb etish va ularning imkoniyatlaridan keng foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parlament nazorati tadbirlari yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlarning ijrosini tizimli ravishda monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat-tahlil tadbirlari yakunlariga bagʻishlangan qoʻmita majlislarini hududlarda ham oʻtkazish amaliyotidan samarali foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida koʻtarilgan masalalarni joylarga chiqib, mutasaddi vazirlik va idoralar vakillarini jalb etgan holda oʻrganish amaliyotini tizimli ravishda olib borish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 18-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2042-IV-son