Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Qishloq xoʻjaligi kooperativi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qayta koʻrib chiqish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 24-iyulda qabul qilingan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan 2021-yil 27-avgustda maʼqullangan va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 25-martda qaytarilgan “Qishloq xoʻjaligi kooperativi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qayta koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Qishloq xoʻjaligi kooperativi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining bundan buyongi koʻrib chiqishidan olib tashlansin.
2. Ushbu Qaror maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 12-aprel,
2028-IV-son