Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-908-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-908-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 28-aprel,
2088-IV-son