11.04.2022 yildagi 2013-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan yuborilgan soʻrovlar tahlili toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari A. Qodirovning “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan yuborilgan soʻrovlar tahlili toʻgʻrisida”gi axborotini eshitib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, parlament nazoratining muhim shakli hisoblangan deputat soʻrovidan keng va samarali foydalanish joylardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, saylovchilar koʻtarayotgan muammolarni hal etish, davlat hokimiyati tizimida parlamentning rolini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda deputat soʻrovi institutining maqomi va taʼsiri kuchaytirilib, uning tashkiliy-huquqiy asoslari yanada takomillashtirildi. Jumladan, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida deputat soʻrovi qaysi mansabdor shaxs nomiga yuborilgan boʻlsa, javobi oʻsha shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanishi belgilab qoʻyildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida mansabdor shaxslar tomonidan deputat soʻrovini koʻrib chiqmasdan qoldirish yoki ularni koʻrib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish yoxud ular yuzasidan bila turib notoʻgʻri maʼlumotlarni qasddan taqdim etganlik uchun javobgarlik belgilandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda saylov okruglarida oʻtkazilayotgan uchrashuvlar, joylarda olib borilayotgan oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar va muammolarni bartaraf etishda deputatlar ushbu institutdan unumli foydalanib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning 1-aprel holatiga koʻra, deputatlar tomonidan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan jami 86 ta deputat soʻrovi yuborilgan. Ushbu soʻrovlarning 79 tasi (91,9 %) vazirliklar, idoralar va boshqa markaziy muassasalar rahbarlariga, 5 tasi (5,8 %) mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlariga hamda 2 tasi (2,3 %) tashkilot nomiga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuborilgan deputat soʻrovlarining 21 tasida ijtimoiy soha obyektlarini taʼmirlash va qurish, 16 tasida kommunal xizmat koʻrsatish, 14 tasida transport va yoʻl qurilishi, 12 tasida taʼlim va sogʻliqni saqlash, 6 tasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda 17 tasida boshqa sohalarga oid masalalar koʻtarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat soʻrovlarida koʻtarilgan masalalar boʻyicha mansabdor shaxslar tomonidan asoslantirilgan tushuntirishlar berilgan, natijada saylovchilarni qiynab kelayotgan qator masalalarning yechimi yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda joʻnatilgan deputat soʻrovlarining tahlili ushbu institutdan samarali foydalanishda eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan ayrim masalalar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, deputat soʻroviga mansabdor shaxslar tomonidan oʻz vaqtida javob bermaslik, javob berish muddatlarini kechiktirish, javobni soʻrov yuborilgan mansabdor shaxs nomidan emas, balki boshqa shaxslar nomidan yuborish hollari hamon uchramoqda. Masalan, yuborilgan 86 ta deputat soʻrovining 36 tasiga kechiktirib javob berilgan, 6 tasiga umuman javob berilmagan, atigi 17 tasiga masʼul mansabdor shaxs nomidan javob qaytarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baʼzi deputat soʻrovlariga umumiy mazmunda javob berilayotganligi soʻrovlarda koʻzda tutilgan natijaga erishish imkonini bermayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim deputat soʻrovlarining muayyan masala yuzasidan nuqtai nazarni bildirish yoki asoslantirilgan tushuntirish berish talabi qoʻyilmagan holda, yaʼni umumiy mazmunda yuborilayotganligi ushbu institutning taʼsirchanligi va samaradorligi pasayishiga olib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda yuborilgan deputat soʻrovlarining tahlili mazkur institutning huquqiy maqomini yanada mustahkamlashni, soʻrov yuborishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqishni, ushbu institutdan unumli foydalanishni taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, deputat soʻrovi institutidan yanada samarali foydalanish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati asosiy yoʻnalishlari 8-bandining ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari A. Qodirovning “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan yuborilgan soʻrovlar tahlili toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputat soʻrovini fraksiyalarda amaldagi tartib asosida roʻyxatga olib borilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputat soʻrovini yuborishdan oldin uni tegishli fraksiya rahbari bilan maslahatlashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputat soʻrovini oʻz vaqtida koʻrib chiqmaganlik holatlariga muntazam ravishda yoʻl qoʻygan yoki soʻrov yuzasidan yuborgan yozma javobdan qoniqish hosil qilinmagan mansabdor shaxsning axborotini fraksiya majlislarida eshitib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Qodirov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devoni (K. Ernazarov) bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputat soʻrovi institutidan samarali foydalanish va deputat soʻrovini yuborish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida “Deputat soʻrovini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslari” mavzusida turkum oʻquv-seminarlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha deputatlarning xabardorligini oshirish maqsadida roʻyxatga olingan deputat soʻrovlari va ularga kelgan javoblarning yagona bazasini elektron tarzda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining ichki tarmogʻiga joylashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Qodirov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 11-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-IV-son