Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi soddalashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-903-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2022-yil 7-aprelda kiritilgan “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi soddalashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-903-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 19-aprel,
2051-IV-son