Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasining 2022-yil birinchi yarmiga moʻljallangan ish rejasiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasining 2022-yil birinchi yarmiga moʻljallangan ish rejasiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisidagi taklifi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 5-yanvardagi KQ-298-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasining 2022-yil birinchi yarmiga moʻljallangan ish rejasiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
5. |
Qishlok joylardagi xotin-qizlarni kasbga oʻqitish, tadbirkorlikka jalb qilish va ish bilan taʼminlash boʻyicha Namangan viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrganish hamda natijasini qoʻmita majlisida muhokama qilish |
2022-yil may |
”; |
2) quyidagi mazmundagi 61 band bilan toʻldirilsin:
|
“ |
61. |
Xorijda ishlab qaytgan xotin-qizlarning bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshligʻining axborotini eshitish. |
2022-yil iyun |
”. |
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2022-yil 27-aprel,
SQ-339-IV-son