27.04.2022 yildagi KQ-337-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarda yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni oʻrganish natijalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlarining yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi toʻgʻrisidagi axborotini eshitib hamda Sirdaryo, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida oʻtkazilgan oʻrganish natijalarini muhokama qilib, hududlarda aholining bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning yanvar-mart oylarida ishsiz va chet elda ishlab qaytib kelgan 72,8 ming nafar fuqaroga mavjud boʻsh ish oʻrinlariga ishga joylashishda koʻmaklashilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” doirasida 13,2 ming nafar fuqaroga 31,6 mlrd soʻm subsidiya ajratilib, tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish orqali bandligi taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallalarga biriktirilgan hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan 30,7 ming nafar fuqaro kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitishga jalb etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, ayrim soha va hududlarda yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlashda kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Sirdaryo, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida yangi ish oʻrinlarini yaratishning prognoz parametrlari va uning har oylik ijrosi xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari muhokamasidan oʻtkazilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirib, mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish maqsadida viloyatlarda shtablar faoliyati yoʻlga qoʻyilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik, idoralar bilan viloyatlar hokimliklari oʻrtasida yangi ish oʻrinlari yaratish borasidagi hamkorlikning yoʻlga qoʻyilmaganligi oqibatida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Respublika shtabi va hokimliklarning maʼlumotlari oʻrtasida farq mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Surxondaryo viloyati hokimligining maʼlumotida qurilish sohasida 1 498 ta yangi ish oʻrni yaratilib, belgilangan reja 139 foizga bajarilganligi qayd etilgan boʻlsa-da, Vazirlar Mahkamasi maʼlumotida bu sohada 693 ta yangi ish oʻrni yaratilganligi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va idoralar tomonidan tashkil etiladigan yangi ish oʻrinlarining manzilli roʻyxatlari toʻliq shakllantirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, yaratilgan ish oʻrinlari soni soliq organlari maʼlumotlar bazasidagi maʼlumotlar bilan solishtirilganda, manzilli roʻyxat va loyihalar kesimida ish oʻrinlari yaratilganligi oʻz tasdigʻini topmadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Investitsiya dasturi doirasida ishga tushgan loyihalar boʻyicha Sirdaryo viloyatida 1 173 ta ish oʻrnidan 1 170 tasida (99 foiz), Qashqadaryo viloyatida 417 ta ish oʻrnidan 386 tasida (93 foiz) va Surxondaryo viloyatida 731 ta ish oʻrnidan 583 tasida (80 foiz)da aholi bandligi taʼminlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyatidagi paxta va gʻallachilik, meva-sabzavotchilik klasterlarida 3 060 ta yangi ish oʻrnining 2 537 tasi (83 foizi), Surxondaryo viloyatidagi fermer xoʻjaliklarida 3 484 ta yangi ish oʻrnining 883 tasi (25 foizi) amalda yaratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyatida pillachilik sohasida 3 637 ta ish oʻrni oshirib koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron auksion savdosiga chiqarilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari boʻyicha yetarli ravishda targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmaganligi sababli aholining xabardorligi past.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natijada auksionga chiqarilgan yer maydonlarining Surxondaryo viloyatida 69 foizi, Qashqadaryo viloyatida 57 foizi va Sirdaryo viloyatida 48 foizida talabgor fuqarolardan arizalar kelib tushmaganligi sababli auksion oʻtkazilmagan deb hisoblangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu jumladan, Qashqadaryo viloyatida 2,8 ming gektar yer uchastkasi bir necha marotaba takroran savdoga chiqarilgan boʻlsa-da, auksion samarasiz yakunlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-104-soni qaroriga asosan xalqaro yoʻllar boʻyida xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil etish maqsadida Qashqadaryo viloyatida 4,3 gektar, Sirdaryo viloyatida 3,5 gektar va Surxondaryo viloyatida 2,0 gektar zarur infratuzilma bilan taʼminlangan yer uchastkalari tegishli tashkilotlar bilan kelishish ishlari yakunlanmaganligi sababli elektron auksion savdosiga hanuzgacha joylashtirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyatida yangidan faoliyatini boshlagan 794 ta yakka tartibdagi tadbirkordan 144 tasi bir oyning ichida faoliyatini vaqtincha toʻxtatib qoʻygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Sirdaryo, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida umumiy ovqatlanish korxonalarida oʻtkazilgan anonim soʻrovnoma natijalariga koʻra, ushbu sohada ishlovchi xodimlarning 55 foizi norasmiy band boʻlganlardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Usta-shogird” anʼanalari asosida mahallalarda yoshlarga hunar oʻrgatish yoʻnalishi boʻyicha ish oʻrinlarini tashkil etish rejasi Qashqadaryo viloyatining Mirishkor, Muborak, Nishon va Yakkabogʻ tumanlarida umuman bajarilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish sohasida Qashqadaryo viloyatida 757 ta, Sirdaryo viloyatida 704 ta ish oʻrni rejaga nisbatan kam yaratilgan boʻlsa, Surxondaryo viloyatida 1 150 ta yangi ish oʻrnining 583 tasi soliq organi maʼlumotlari bazasida qayd etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm va unga yoʻldosh xizmat koʻrsatish loyihalari hisobiga tashkil etilgan yangi ish oʻrinlari bir vaqtning oʻzida hududiy investitsiya dasturi doirasidagi loyihalarda ham takroran koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Sirdaryo viloyatida turizm yoʻnalishida yaratilgan 156 ta yangi ish oʻrnining 91 tasi hududiy investitsiya dasturi doirasida yaratilgan ish oʻrinlari maʼlumotida ham qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida sport sohasida yangi ish oʻrinlarini tashkil etish oʻz holiga tashlab qoʻyilgan, yaratiladigan ish oʻrinlarining manzilli roʻyxati ishlab chiqilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat yarmarkalarida korxona va tashkilotlar yetarli miqdordagi boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etgan boʻlsa-da, ishsiz fuqarolarni yarmarkalarga jalb qilish, ularni taklif etilgan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish boʻyicha zarur choralar koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida oʻtkazilgan yarmarkada korxona va tashkilotlar 741 ta boʻsh ish oʻrni bilan qatnashgan boʻlsa, mazkur yarmarkaga bor-yoʻgʻi 13 nafar fuqaro jalb etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyatining Kasbi va Muborak tumanlarida esa mehnat yarmarkalari tashkil etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumani, Surxondaryo viloyatining Termiz, Qiziriq, Qumqoʻrgʻon tumanlari va Termiz shahrida kasb-hunarga oʻqitilgan ishsizlarning bandligi taʼminlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, hudud va tarmoqlarda yangi ish oʻrinlarini yaratish, aholi bandligini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunning 21-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlarining yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Qashqadaryo viloyatlari hokimliklariga yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlashda masʼuliyatsizlik bilan yondashganligi koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda 2022-yilning oʻtgan davri mobaynida yangi ish oʻrinlarini yaratishning prognoz parametrlari ijrosini sohalar va yoʻnalishlar kesimida chuqur tahlil qilib, tegishli hukumat aʼzolari va mutasaddilarning masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrsin hamda natijasi yuzasidan Senatga axborot kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda soha va yoʻnalishlar kesimida yaratilgan ish oʻrinlarini muvofiqlashtirgan holda monitoring qilib borish imkoniyatini beruvchi maxsus elektron tizimni joriy etish choralarini koʻrsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir loyihada yaratilgan yangi ish oʻrinlarining bir necha sohalarda takrorlanishining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi sohasida ijara huquqi asosida beriladigan yer maydonlarini ular auksion savdolari natijasiga koʻra haqiqatda fuqarolarga ajratilib, dehqon xoʻjaligi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligida mavsumiy va vaqtinchalik ish oʻrinlarida band boʻlgan fuqarolarning hisobini manzilli roʻyxati asosida yuritish tizimini yoʻlga qoʻyish masalalari nazarda tutilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlashda sustkashlikka yoʻl qoʻygan, prognoz koʻrsatkichlarini bajarmagan Sirdaryo viloyatining Guliston va Sirdaryo tumanlari, Surxondaryo viloyatining Angor, Jarqoʻrgʻon, Oltinsoy, Sariosiyo, Termiz va Qumqoʻrgʻon tumanlari, Qashqadaryo viloyatining Kasbi, Muborak, Yakkabogʻ, Qarshi va Gʻuzor tumanlari masʼul rahbarlariga nisbatan javobgarlik choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga layoqatli ishsiz aholi oʻrtasida “E-auksion.uz” elektron savdo platformasiga qoʻyilgan yer maydonlari boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini olib borishda hokim yordamchilarining faolligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi ish oʻrinlarini yaratishga masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda tuman (shahar) va sohalar kesimida joriy yilning birinchi choragida tashkil etilgan yangi ish oʻrinlarining toʻliq manzilli roʻyxatini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat hokimliklari huzurida tashkil etilgan ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini tanqidiy qoʻrib chiqish va jamgʻarma faoliyatini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻsh ish oʻrinlari boʻyicha mehnat yarmarkalarini nafaqat shahar va tumanlar markazida, balki mahallalararo tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga tayyorlash dasturlari ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash, bunda oʻquv markazlari imkoniyatlaridan unumli foydalanish, oʻqishni tugatgan ishsizlarning bandligini taʼminlash, mehnat yarmarkalari natijadorligini oshirish boʻyicha tegishli choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarda band boʻlganlar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va ularning yollanma ishchilari, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar hamda dehqon xoʻjaliklarida band boʻlgan aholining hisobini yuritish boʻyicha alohida tartib ishlab chiqsin va uning amaldagi tizim bilan integratsiyalashuvini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning haqiqiyligini taʼminlash maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida tashkil etilgan Respublika shtabiga ularning soʻroviga asosan maʼlumotlar taqdim etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga qabul qilingan va oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarning mehnat munosabatlarini oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirish orqali budjetga soliq tushumlari oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat, shahar va tuman hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi ish oʻrinlari yaratish dasturi, yaratiladigan ish oʻrinlarining manzilli roʻyxati hamda sohalar va yoʻnalishlar kesimida mavjud boʻsh ish oʻrinlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining qonuniy mehnat faoliyatini kafolatlash boʻyicha yaratilgan imtiyozlar va ajratilgan subsidiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilishi rejalashtirilgan mehnat yarmarkalari toʻgʻrisidagi axborotlar joylashtirilishi va doimiy ravishda yangilab borilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirib boruvchi shtablar faoliyatini takomillashtirgan holda, ularda yangi ish oʻrinlarini yaratish ishlarini doimiy ravishda monitoring qilib borilishini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya dasturi doirasida tashabbuskorlar tomonidan rad etilib, istiqbolsiz deb topilgan loyihalar oʻrniga yangi loyihalarni shakllantirsin va oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya dasturi loyihalarini oʻz vaqtida ishga tushirish yuzasidan zarur choralar koʻrsin hamda foydalanishga topshirilgan loyihalar doirasida yaratilgan ish oʻrinlari boʻyicha fuqarolar ishga joylashgani rasmiylashtirilganiga alohida eʼtibor qaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu band ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi batafsil axborotni Oliy Majlis Senatiga bir oy muddatda taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 4-fevraldagi SQ-478-IV-sonli Qarorining 6-ilovasida keltirilgan namunaviy tartibga muvofiq joylarda yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash ishlari samaradorligi ustidan nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari negizida yangi ish oʻrinlarini yaratishga va mablagʻlar aholi bandligini taʼminlash maqsadlarini koʻzda tutuvchi tadbirlarga yoʻnaltirilishiga alohida eʼtibor qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar, hokim yordamchilarining mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha “Yoʻl xaritalari” ijrosini muhokama qilib, mutasaddi rahbarlar faoliyatiga tanqidiy baho berib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tegishli qoʻmitalari ushbu Qarorda belgilangan vazifalarning vazirlik va idoralar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini nazorat qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi E. Gadoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 27-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-337-IV-son