07.05.2022 yildagi PQ-238-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Samarqand” xalqaro aeroportini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish boʻyicha loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Samarqand” xalqaro aeroportida yoʻlovchilarga va aviatashuvchilarga yuqori darajada xizmat koʻrsatilishini taʼminlash, ular uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish, aviatsiya sohasida raqobatni oshirish va qoʻshimcha yoʻnalishlarni ochish hamda aeroportlarni boshqarish sohasida yetakchi xalqaro kompaniyalarni jalb qilish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Uzbekistan Airports” AJ (keyingi oʻrinlarda — Davlat sherigi) va “Air Marakanda” MCHJ XK (keyingi oʻrinlarda — Xususiy sherik) oʻrtasida “Samarqand xalqaro aeroporti” MCHJ ishtirokida 2021-yil 22-sentabrda imzolangan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim va unga 2022-yil 7-fevralda qoʻshimcha kelishuv bitimi (keyingi oʻrinlarda — Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim) tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Moliya vazirligi va Xususiy sherik oʻrtasida 2022-yil 11-aprelda imzolangan Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitim va Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim tegishli bitimda koʻrsatilgan shartlar asosida kuchga ega boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligiga Xususiy sherik bilan tuzilgan Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitimga, Davlat sherigiga Xususiy sherik bilan tuzilgan Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga Vazirlar Mahkamasi hamda Xususiy sherik bilan kelishgan holda oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Moliya vazirligi va Davlat sherigiga Xususiy sherikning kreditori bilan davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar boʻyicha majburiyatlar Xususiy sherik tomonidan bajarilmagan taqdirda Xususiy sherik huquqlarini uning kreditoriga berishga qaratilgan toʻgʻridan-toʻgʻri bitimlar tuzish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq Xususiy sherik tomonidan yangi qurilgan obyektlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim amalda boʻlgan davrda Xususiy sherikka mulk huquqi asosida tegishliligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim amal qilish muddati tugaganda yoki muddatidan avval bekor qilinganda mulk huquqi asosida faqat Davlat sherigiga oʻtkazilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitim va Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq ularning amal qilish muddati davomida Xususiy sherik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining chet el valyutalariga bogʻlanishiga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish doirasida Xususiy sherikka, lozim boʻlgan barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangan holda, istisno tariqasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit olish va undan foydalanish uchun Xususiy sherikning xorijiy kreditor banklarida bank hisobvaraqlari ochishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit xorijiy bank tomonidan ajratilgan taqdirda, xorijiy pudratchilar va yetkazib beruvchilarga ushbu kredit mablagʻlari hisobidan toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaraqlari orqali oʻtkazmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga asosan Xususiy sherik Davlat sherigidan olgan hamda Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim amal qilish muddati tugaganda yoki muddatidan avval bekor qilinganda Davlat sherigi Xususiy sherikdan olgan mol-mulk konsessiya bitimi boʻyicha qonunchilikka muvofiq olingan mol-mulk hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sherigining “Samarqand” xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish uchun Yaponiya xalqaro hamkorlik bankidan jalb qilingan kreditni qaytarish uchun Davlat sherigiga Xususiy sherik tomonidan toʻlanadigan belgilangan shakldagi toʻlovlar soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Transport vazirligi davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishi, shuningdek, tomonlarning Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitim va Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim doirasidagi majburiyatlarini bajarishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi davlat-xususiy sheriklik loyiha hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazilishini hamda davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilikka rioya etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qurilish vazirligi davlat-xususiy sheriklik loyihasi va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini lozim darajada hamda loyiha hujjatlarini ilgʻor xalqaro va xorijiy standartlarni qoʻllagan holda davlat ekspertizasidan oʻtkazishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat sherigi “Samarqand xalqaro aeroporti” MCHJga doimiy foydalanish huquqi bilan tegishli boʻlgan, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalarining oʻn kun muddatda Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddati davomida Xususiy sherikka ijaraga berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati hokimligi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha yer uchastkalarining Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddati davomida Xususiy sherikka ijaraga berish sharti bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov va transport vaziri I.R. Mahkamov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 7-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-238-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2022-y., 07/22/238/0395-son)