29.04.2022 yildagi 228-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022 — 2026-yillarda Toshkent viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni ijrosini taʼminlash, Toshkent viloyati hududlarida sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohalarining kelgusi besh yildagi istiqbollarini hamda har bir tuman va shaharning “oʻsish nuqtalari”ni belgilash, ijtimoiy sohani rivojlantirish orqali aholi salomatligi hamda turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan yangi tartib asosida Toshkent viloyatining tuman va shaharlaridagi mavjud muammo va imkoniyatlar chuqur oʻrganilgan holda, hududlar kesimida muhim loyihalar shakllantirilganligi va mahalliy jamoatchilik ishtirokida keng muhokama qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent viloyatida 2022 — 2026-yillarda yalpi hududiy mahsulot hajmini 1,5 baravar, sanoat mahsulotlari hajmini 1,6 baravar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni 1,3 baravar, xizmatlar hajmini 3,5 baravar hamda qurilish ishlari hajmini 1,6 baravarga oshirishni nazarda tutuvchi shahar va tumanlar kesimidagi maqsadli koʻrsatkichlar parametrlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil uchun tasdiqlangan maqsadli koʻrsatkichlar parametrlariga erishish uchun aniq manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili 1-noyabrga qadar kelgusi yillar maqsadli parametrlarini taʼminlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni va ularni amalga oshirish “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hududlarda aholi bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar davomida bildirilgan takliflar va aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan mavjud muammolarni tezkor bartaraf etishga qaratilgan hamda amaliy tadbirlarni oʻz ichiga olgan “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq maqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligi, vazirlik, idora, xoʻjalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlariga “yoʻl xarita”da nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri (J. Qoʻchqorov)ning Toshkent viloyati shahar va tumanlarining ixtisoslashuvi, “oʻsish nuqtalari” va “drayver sohalari”ni 3-ilovaga muvofiq belgilash hamda sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarining yigʻma parametrlarini 4-ilovaga muvofiq tasdiqlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov) Toshkent viloyati hokimligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxatini tasdiqlasin hamda loyihalarni amalga oshirish yuzasidan olib borilayotgan ishlarni har oyda muhokama qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2022-yilda Toshkent viloyatida muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish infratuzilmasini rivojlantirish hamda ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha kompleks tadbirlar 5 va 6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi ushbu qaror doirasida respublika budjetidan mablagʻlar oʻz vaqtida ajratib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligi mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni belgilangan muddatlarda moliyalashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshkent viloyati hokimligining takliflariga asosan viloyatning shahar va tumanlarida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha shakllantirilgan istiqbolli loyihalarning manzilli roʻyxati 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi joriy yilda qarorning 7-ilovasiga kiritilgan obyektlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun zarur mablagʻlarni 2022-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida kelgusi yil loyiha-qidiruv ishlari uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirsin hamda 2023-yilga moʻljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent viloyati hokimligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, tegishli davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorda nazarda tutilayotgan loyihalarni (keyingi oʻrinlarda — Dastur) amalga oshirishning barcha bosqichlari, shu jumladan, loyihalarni foydalanishga topshirishning aniq muddatlari koʻrsatilgan tarmoq jadvallari ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining Rayosatiga zarur hollarda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan belgilangan tartibda asoslantirilgan va kelishilgan takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan taqdirda, Dasturga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Shunday nazorat tartibi oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda shahar va tumanlar sektor rahbarlari xalq deputatlari Kengashlarida Dastur ijrosi yuzasidan hisobot berib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oy yakuni bilan Toshkent viloyati hokimi xalq deputatlari viloyat Kengashida Dastur parametrlari va koʻrsatkichlari ijrosi hamda erishilgan natijalarni muhokama qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari tegishli vazirlik, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va tijorat banklari ishtirokida joyiga chiqqan holda, oʻz yoʻnalishlari boʻyicha Dasturdagi vazifalarning bajarilishi yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazadi va zarur tadbirlarni belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorak yakuni bilan Dastur ijrosi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida koʻrib chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har chorak yakuni boʻyicha axborot kiritib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qurilish vazirligi Dastur doirasida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini qurish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini va qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishi boʻyicha tizimli davlat nazorati amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari va Toshkent viloyati hokimligi oʻn kun muddatda mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar hamda loyihalarning oʻz vaqtida va sifatli ijrosini taʼminlash yuzasidan aniq harakatlar rejalarini puxta ishlab chiqib, kollegial organlar va xalq deputatlari viloyat Kengashi majlislarida tasdiqlanishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilari mazkur harakatlar rejalarida belgilangan tadbirlarning soʻzsiz va har tomonlama toʻliq amalga oshirilishi boʻyicha samarali nazorat tizimini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — iqtisodiy oʻsish taʼminlanishi, kambagʻallik qisqartirilishi, yangi ish oʻrinlari yaratilishi, tadbirkorlik rivojlantirilishi, ipoteka kreditlarini muvofiqlashtirish, soliq va budjet tushumlari oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanilishi, foydalanishdan chiqib ketgan yerlarning oʻzlashtirilishi, meva-sabzavotchilik, chorvachilik hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish rivojlantirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjaligi, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash tadbirlari hamda “Yangi Oʻzbekiston” massivlari, koʻp qavatli uy-joylar qurilishi va renovatsiya dasturlari oʻz vaqtida sifatli amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari — shaharlar infratuzilmasini yanada yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish, ichimlik suv va oqova suv tarmoqlari yetib bormagan chekka hududlardagi aholini ichimlik suv bilan taʼminlash va oqova suv tarmoqlarini yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi — investitsiya muhiti yaxshilanishi, investorlar hamda investitsiyalar, ayniqsa, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar keng jalb etilishi hamda eksport salohiyati oshirilishi, kichik sanoat zonalari rivojlantirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari- ijtimoiy soha obyektlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlanishi, taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport sohalarida aholiga sifatli xizmat koʻrsatilishi, yoshlarning boʻsh vaqtlari mazmunli oʻtkazilishi, hududlardagi yoshlar yetakchilari bilan tizimli ishlar tashkil etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi — xotin-qizlarning taʼlim va kasbiy koʻnikmalari oshirilishi, ularning munosib kasb tanlashiga sharoit yaratilishi, gender tenglik taʼminlanishi, xotin-qizlarning turmush va mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash ishlarining tashkil etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — turizm jadal rivojlantirilishi, hududning turistik salohiyatidan samarali foydalanilishi, turizm infratuzilmasi yaxshilanishi, ichki va ziyorat turizmi rivojlantirilishi, yangi turizm mahsulotlari yaratilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.J. Ramatov, J.A. Qoʻchqorov, S.U. Umurzakov, Sh.M. Gʻaniyev, A.A. Abduxakimov, Z.B. Mahkamova hamda Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 29-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
228-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 09/22/228/0387-son)