05.05.2022 yildagi 233-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.05.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish toʻgʻrisida” 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish toʻgʻrisida” 2022-yil 14-apreldagi PF-106-son Farmonining:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandiga muvofiq 2022/2023 oʻquv yilida Agentlik maktablarining aniq fanlar yoʻnalishiga qabul 5 — 11-sinflarga, tabiiy fanlar yoʻnalishiga 7 — 11-sinflarga, keyingi oʻquv yillarida 5 va 7-sinflarga amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 16-bandiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yilda Agentlik tizimiga oʻtkazilayotgan taʼlim muassasalarining yuqori turuvchi birinchi darajali budjet mablagʻlari oluvchilarida boʻshaydigan budjet mablagʻlari hamda Agentlikka Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yildan boshlab belgilangan tartibda Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prezident taʼlim muassasalari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablarning (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashtirilgan maktablar) asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan maktablarga aniq va tabiiy fanlar, ingliz tili fani hamda mantiqiy fikrlash boʻyicha oʻtkaziladigan kirish imtihonlari natijalariga koʻra oʻqishga qabul qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlimni aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5 — 11-sinflar, tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7 — 11-sinflar hajmida amalga oshirish. Bunda har bir sinfdagi oʻquvchilar sonini 24 nafargacha etib belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarni ixtisoslashtirilgan maktabning oʻquvchilari safidan chiqarish yoki chetlashtirish asoslari va tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Prezident taʼlim muassasalari agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori X.U. Umarova zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 5-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
233-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-maydagi 233-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Prezident taʼlim muassasalari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablarning (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashtirilgan maktab) maqomi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizomning amal qilishi Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ixtisoslashtirilgan maktablar davlat muassasasi hisoblanadi, oʻz ustaviga, gʻaznachilik boʻlinmalarida shaxsiy hisobvaraqlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtampga va blankalarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ixtisoslashtirilgan maktablar oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ixtisoslashtirilgan maktablar bevosita Agentlikka boʻysunadi. Agentlik ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ixtisoslashtirilgan maktablarning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar ixtisoslashtirilgan maktablarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va oʻqitish, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, oʻquvchilarning intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini ochib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy va aniq fanlarni chuqur oʻrgatish, xorijiy tillar, muhandislik va axborot texnologiyalarini oʻzlashtirishni tashkil qilish, oʻquvchilarning innovatsion gʻoyalari va ishlanmalarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarni oʻqitish va bilimini baholashning zamonaviy uslublarini, shuningdek, taʼlim dasturlarining integratsiyalashuviga asoslangan oʻqitishning fanlararo yondashuvini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish, ularda yetakchilik koʻnikmalari va notiqlik sanʼatini rivojlantirish, tanqidiy fikrlash, axborotni izlash, tahlil qilish va qayta ishlash, olingan bilimlarni amaliyotda qoʻllash malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning umumtaʼlim fanlari boʻyicha xalqaro olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarda munosib ishtirokini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim va tarbiya jarayonlarida oʻquvchilarga vatanparvarlik ruhi, milliy gʻurur va iftixor, oʻz xalqiga muhabbat va sadoqat, Oʻzbekiston tarixi, ilmiy-ijodiy hamda maʼnaviy-maʼrifiy merosga hurmat, oʻzlikni anglash, mehnatsevarlik va masʼuliyatlilik, qatʼiyat va shijoatlilik gʻoyalarini singdirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan maktablarga oʻquvchilarni qabul qilishni aniq va tabiiy fanlar, ingliz tili fani hamda mantiqiy fikrlash boʻyicha oʻtkaziladigan kirish imtihonlari natijalariga koʻra amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish imtihonlarini Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tomonidan xorijiy tashkilotlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi oʻrinlarda — Davlat test markazi) bilan hamkorlikda amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv dasturlarining uzluksizligini taʼminlash masalalarida milliy va xorijiy umumiy oʻrta va oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ixtisoslashtirilgan maktablarning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ixtisoslashtirilgan maktablar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlim jarayonlarini Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv rejalari va taʼlim dasturlari asosida amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan maktablarga rahbar va pedagog kadrlarini ishga qabul qilishni Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tanlov asosida amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz ustavida belgilangan faoliyatni amalga oshirish uchun qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan moliyaviy manbalarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan maktablarda oʻquvchilar xalqaro tan olingan dastur va darsliklarni qoʻllagan holda oʻqitilishini taʼminlash, ular xorijiy tillarni mukammal oʻzlashtirishlari uchun zarur shart-sharoitlar va taʼlim muhitini yaratish hamda mazkur jarayonga xorijiy va mahalliy pedagog kadrlarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan maktablarda aniq va tabiiy fanlar bilan bir qatorda Oʻzbekiston tarixi fanini chuqurlashtirilgan holda oʻqitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sunʼiy intellekt, robototexnika, agrotexnologiya, nanotexnologiya, biotexnologiya, IELTS, TOEFL va SAT boʻyicha qoʻshimcha kurslar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy oʻquv dasturlari bilan birgalikda oʻquvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda sinfdan tashqari kasbga yoʻnaltirilgan amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilishini yoʻlga qoʻyishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan maktablar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ixtisoslashtirilgan maktablar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomda, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlarida va oʻz ustavida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida, sifatli va samarali bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar oʻquvchilarini ushbu muassasalar huzurida yashash joylari bilan bepul taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda oʻquvchilar uchun autsorsing tizimi orqali bepul sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 va 11-sinflar oʻquvchilarining amaliyoti yaqin hududlarda joylashgan ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish tashkilotlarida oʻtkazilishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarning fanlarni mukammal egallashi bilan birga Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni chuqur anglaydigan, har jihatdan raqobatbardosh, keng dunyoqarash, mustaqil fikr va intellektual salohiyatga ega boʻlgan shaxs sifatida tarbiyalanishi boʻyicha taʼsirchan pedagogik texnologiyalardan foydalanish choralarini koʻrishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim jarayonini sifatli va samarali tashkil etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim jarayonini tashkil etish shakllari, usullari va vositalarining Agentlik tomonidan tasdiqlangan davlat taʼlim standartlariga muvofiqligini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan maktablarning oʻquvchilari, oʻqituvchilari va boshqa xodimlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan maktablarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ixtisoslashtirilgan maktablar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika boʻysunuvida Agentlik tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hududida tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Agentlik bilan kelishilgan holda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ixtisoslashtirilgan maktablarni qayta tashkil etish va tugatish qonun talablariga muvofiq oʻquv yili yakunida muassis tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatilgan ixtisoslashtirilgan maktablar muassisi oʻquvchilarni ota-onalarning roziligi bilan boshqa ixtisoslashtirilgan maktablar yoki xalq taʼlimi tizimidagi umumtaʼlim muassasalariga oʻtkazish masʼuliyatini oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ixtisoslashtirilgan maktab tugatilgan taqdirda, uning pul mablagʻlari va mol-mulkidan, oʻz majburiyatlarini qoplash boʻyicha toʻlovlar chegirilgan holda, qonunchilik hujjatlariga va ixtisoslashtirilgan maktab ustaviga muvofiq foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Ixtisoslashtirilgan maktablarga oʻqishga qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ixtisoslashtirilgan maktablarga oʻqishga qabul qilish aniq va tabiiy fanlar, ingliz tili fani hamda mantiqiy fikrlash boʻyicha oʻtkaziladigan kirish imtihonlari natijalariga koʻra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kirish imtihonlari Markaz tomonidan xorijiy tashkilotlar hamda Davlat test markazi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan kvota doirasida kirish imtihonlarining natijalariga koʻra eng yuqori ball olgan oʻquvchilar ballar ketma-ketligida oʻqishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquvchilar faqat oʻzlari oʻqiyotgan umumtaʼlim muassasasi joylashgan hudud (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahri)dagi ixtisoslashtirilgan maktablarga oʻqishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kirish imtihonlari Agentlik tomonidan belgilangan muddatlarda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan kamida bir oy oldin Agentlik tomonidan ommaviy axborot vositalarida oʻqishga qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddatlari va kvotalar toʻgʻrisida maʼlumot eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirish imtihonlarini oʻtkazish muddatlari Agentlikning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytiga, ijtimoiy sahifalariga joylashtiriladi hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlarni qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish maqsadida Agentlik bilan kelishilgan holda ixtisoslashtirilgan maktab direktorining buyrugʻi bilan qabul komissiyasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul komissiyasining tarkibi komissiya raisi, komissiya raisining oʻrinbosari, komissiya kotibi hamda uning aʼzolaridan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tanlovda ishtirok etish uchun xohish bildirgan oʻquvchining (keyingi oʻrinlarda — talabgor) ota-onasi (qonuniy vakillari) belgilangan muddatlarda qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni qabul platformasi orqali elektron shaklda taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning oxirgi 2 oy davomida tushgan 3x4 oʻlchamdagi fotosurati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv yili natijasiga koʻra talabgor baholar (elektron) tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati Agentlik tomonidan tasdiqlangan xalqaro hamda milliy fan olimpiada gʻolibligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (agar mavjud boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor va uning ota-onasi (qonuniy vakillari)ning fuqarolik pasporti hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari (agar qonuniy vakili tomonidan hujjat topshirilsa, ularning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi), aloqa uchun telefon raqami, elektron pochta manzili platformaga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Umumtaʼlim muassasalarining tegishli sinflarida oʻqishni toʻliq tamomlagan talabgorlar ixtisoslashtirilgan maktabning xuddi shunday sinfiga hujjat topshirishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Hujjatlarni qabul qilishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan muddatlardan keyin saralash tanlovida ishtirok etish xohishini bildirgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor taʼlim olayotgan maktabning hududiy mansubligi ixtisoslashtirilgan maktabning hududiy mansubligiga mos kelmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor tomonidan taqdim qilingan hujjatlarning soxta ekanligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan maktabga kirish imtihonlaridan oʻtish uchun ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning toʻliq boʻlmagan roʻyxatini taqdim etganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni taqdim etish paytida koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi boʻyicha masʼuliyat talabgorning ota-onasiga (qonuniy vakillariga) yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Talabgorning ota-onasi (qonuniy vakillari) hujjatlarni qabul qilish muddati tugagunga qadar taqdim etilgan hujjatlarni qaytarib olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari quyidagi fanlardan test sinovi shaklida oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aniq fanlar yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matematika (mantiqiy fikrlash) fani;

fizika fani (6-sinf va undan yuqori sinflar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ingliz tili fani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tabiiy fanlar yoʻnalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biologiya fani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyo fani (7-sinf va undan yuqori sinflar uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matematika (mantiqiy fikrlash) fani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ingliz tili fani.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kirish imtihonlari sinov materiallarini tayyorlash Markaz tomonidan, kirish imtihonlarini pavilionlarda oʻtkazish, nazoratchilar bilan taʼminlash Davlat test markazi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Roʻyxati Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan xalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan olimpiadalarining uchinchi (viloyat) bosqichida gʻolib va sovrindor boʻlgan (1, 2, 3-oʻrinlar) umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻz hududida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablarga umumiy qabul parametrlari doirasida imtihonsiz oʻqishga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kirish imtihonlari natijalari Agentlik tomonidan ommaviy axborot vositalarida imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun mobaynida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kirish imtihonlari takroran oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kirish imtihonlari natijalari qayta koʻrib chiqilmaydi. Kirish imtihonlari natijalari boʻyicha imtihon materiallari talabgorlarga taqdim etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ixtisoslashtirilgan maktablarning mavjud sinflarida oʻquv yili davomida boʻshab qolgan oʻrinlar uchun kirish imtihonlari ushbu Nizom talablariga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarini oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Ixtisoslashtirilgan maktablarda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ixtisoslashtirilgan maktablarni aniq va tabiiy fanlarga yoʻnaltirish Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlim aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5 — 11-sinflar, tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7 — 11-sinflar hajmida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir sinfdagi oʻquvchilar soni 24 nafardan ortiq boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlim jarayoni Agentlik tomonidan tasdiqlangan davlat taʼlim standartlari asosida umumiy oʻrta taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqiladigan hamda Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv rejalari va taʼlim dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilariga davlat namunasidagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Oʻquvchilarni sinfdan sinfga oʻtkazish Agentlik tomonidan belgilanadigan tartibda tegishli imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish natijalariga asosan ixtisoslashtirilgan maktab direktorining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilari davlat tashkilotlarida ishlaydigan ota-onasining ish joyi bitta hududdan boshqa hududga oʻzgargan taqdirda, oʻsha hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabda boʻsh oʻrin mavjud boʻlganda oʻquvchining oʻqishini koʻchirishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Oʻquvchilar quyidagi hollarda ixtisoslashtirilgan maktabning oʻquvchilari safidan chiqariladi yoki chetlashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchi oʻz tashabbusi bilan boshqa umumiy oʻrta taʼlim muassasasiga koʻchirish (ota-onasining yoki qonuniy vakillarining arizasi asosida) istagini bildirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
individual ish olib borilishiga qaramasdan, reytingi va akademik oʻzlashtirishning tizimli pasayishi (ketma-ket 2 chorakda ixtisoslik fanlaridan 3 bahoga oʻzlashtirganda) kuzatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinfdan sinfga oʻtkazish imtihonlaridan oʻta olmagan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish imtihonlarini topshirish jarayonlarida oʻquvchi tomonidan taqdim etilgan (topshirilgan) hujjatlarning qalbakiligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kirish imtihonlari davomida imtihon topshiriqlarining boshqa oʻquvchi tomonidan bajarilganligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan maktablarning oʻquv intizomi va ichki tartib-qoidalarini bir marta qoʻpol yoki muntazam ravishda buzilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.