Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Qarori
Epizootik vaziyatni oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari va yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 29-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3198-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-maydagi 277-son “Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2019-yil 24-oktabrdagi 12-son qarori (roʻyxat raqami 3198, 2019-yil 29-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 10/19/3198/4095-son) bilan tasdiqlangan Epizootik vaziyatni oʻrganish maqsadida mutaxassislarni xorijiy mamlakatlarga yuborish zaruratini aniqlash mezonlari va yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 21 — 24-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror 2022-yil 1-sentabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. NORKOBILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 28-aprel
12-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2022-y., 10/22/3198-1/0371-son)