20.05.2005 yildagi 131-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.07.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“DORI-DARMON” DAVLAT-AKSIYADORLIK UYUSHMASINI “DORI-DARMON” AKSIYADORLIK KOMPANIYASIGA AYLANTIRISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF-3366-son Farmoniga muvofiq hamda dori-darmonlarni va tibbiyot buyumlarini xarid qilish va sotish tizimida boshqaruvni yanada takomillashtirish, respublika aholisini va davolash-profilaktika muassasalarini dori-darmonlar bilan taʼminlashni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Dori-darmon” davlat-aksiyadorlik uyushmasini ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasiga aylantirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining taklifiga, “Dori-darmon” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyadorlari hamda “Oʻzbekiston Dori-Taʼminoti” masʼuliyati cheklangan jamiyati muassislari umumiy yigʻilishlarining qarorlariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi aholisini sifatli dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marketing tadqiqotlari oʻtkazish hamda hayotiy muhim boʻlgan asosiy dori-darmonlar va tibbiyot buyumlariga, shu jumladan narkotik va hisobda turadigan psixotrop preparatlarga buyurtmalarni shakllantirish hamda tuziladigan shartnomalar asosida respublika sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarining ularga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha davlat rezervining dori-darmonlar va tibbiyot buyumlariga ehtiyojlarini qondirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan dorixona muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish, mavjud farmatsevtika mahsulotlari resurslari toʻgʻrisidagi yagona respublika axborotlar tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori-darmonlar va farmatsevtika preparatlari bilan taʼminlashni tashkil etishga investitsiyalarni jalb qilish, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan korxonalar va tashkilotlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi ijro etuvchi apparatining xodimlarining cheklangan umumiy soni 32 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 13 nafar boʻlgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasining boshlangʻich ustav fondi kompaniyaning oʻz mablagʻlari, “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasiga birlashtirish yoʻli bilan qayta tashkil etiladigan korxonalar va tashkilotlar mol-mulki, shuningdek 3-ilovaga muvofiq beriladigan aksiyalar (ulushlar)ning davlat paketlari hisobiga shakllantirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, davlat ixtiyorida aksiyalarning 36,1 foiz miqdoridagi paketi saqlanib qoladi, qolgan 7,01 foiz miqdoridagi davlat ulushi belgilangan tartibda birja bozorida sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda kompaniya ustav fondini shakllantirishni, aksiyalar chiqarishni va kompaniyaga birlashtiriladigan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi aksiyalariga konvertatsiya qilishni belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi aksiyalari chiqarilishining emissiya prospektini roʻyxatdan oʻtkazish uchun yigʻim undirmasdan davlat roʻyxatidan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi bir oy muddatda kompaniya ustavini tasdiqlasin va uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi oʻz faoliyatida respublika Hukumati tomonidan tasdiqlangan Respublika dorixona muassasalarida dori-darmonlar va tibbiyot buyumlarini sotish qoidalariga qatʼiy amal qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan mazkur Qoidalarga rioya etilishi ustidan muntazam nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin, shuningdek baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 20-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 20-maydagi 131-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan korxonalar va tashkilotlar roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/R‎

“Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiradigan tashkilotlar‎

Korxonalar va tashkilotlar tarkibiga kiradigan tuzilmalar roʻyxati‎

‎‎I. Aksiyadorlik jamiyatlari

1.‎

“Andijon Dori-darmon” ochiq aksiyadorlik jamiyati‎ Ulgurji omborxona, 16 dorixona, 10 filial‎

2.‎

“Qashqadaryo Dori-darmon” ochiq aksiyadorlik jamiyati‎ Ulgurji omborxona, 15 dorixona, 16 filial‎

3.‎

“Namangan Dori-darmon” ochiq aksiyadorlik jamiyati‎ Ulgurji omborxona, 16 dorixona, 78 filial‎

4.‎

“Navoiy Dori-darmon” ochiq aksiyadorlik jamiyati‎ Ulgurji omborxona, 8 dorixona, 8 filial ‎

5.‎

“Samarqand Dori-darmon” ochiq aksiyadorlik jamiyati‎ Ulgurji omborxona, 16 dorixona, 39 filial‎

6.‎

“Toshkent viloyat Dori-darmon” ochiq aksiyadorlik jamiyati‎ Ulgurji omborxona, 20 dorixona, 2 filial‎

7.‎

“Fargʻona Dori-darmon” ochiq aksiyadorlik jamiyati‎ Ulgurji omborxona, 9 dorixona, 38 filial‎

8.‎

“Toshkent shahar Dori-darmon” ochiq aksiyadorlik jamiyati‎ Ulgurji omborxona, 12 dorixona‎

II. “Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasiga birlashtiriladigan korxonalar va tashkilotlar‎‎

9.‎

“Qoraqalpoq Dori-darmak” ‎ Ulgurji omborxona, 13 dorixona, 1 filial‎

10.‎

“Buxoro Dori-darmon” ‎ Ulgurji omborxona, 13 dorixona, 49 filial‎

11.‎

“Jizzax Dori-darmon” ‎ Ulgurji omborxona, 13 dorixona, 10 filial‎

12.‎

“Sirdaryo Dori-darmon”‎ Ulgurji omborxona, 17 dorixona, 32 filial‎

13.‎

“Surxon Dori-darmon” ‎ Ulgurji omborxona, 16 dorixona, 69 filial‎

14.‎

“Xorazm Dori-darmon” ‎ Ulgurji omborxona, 12 dorixona, 2 filial‎

15.‎

“Oʻzbekiston Dori-Taʼminoti”‎ Ulgurji omborxona, 1 dorixona ‎

16.‎

“Dori-Darmon Garant”‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 20-maydagi 131-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi ijro etuvchi apparati tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 20-maydagi 131-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasi ustav fondini shakllantirish uchun beriladigan mol-mulklar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎

“Dori-darmon” aksiyadorlik kompaniyasining taʼsischilari‎

Taʼsis qoʻyilmalarining turlari‎

Qoʻyilmalar summasi (mln. soʻm) ‎

Kompaniya ustav fondidagi ulush (%) ‎

‎‏







‎‎‏1

‎‏






‎Davlat (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi orqali)
1. Aksiyalarning davlat ulushi:
‎“Andijon Dori-darmon” AJda — 35%, Qashqadaryo “Dori-darmon” AJda —26%,
‎“Navoiy Dori-darmon” DAJda — 35%,
‎“Namangan Dori-darmon” AJda — 35%,
‎“Samarqand Dori-darmon” DAJda — 25%,
‎“Toshkent viloyat Dori-darmon” AJda — 35%,
‎Fargʻona viloyati “Dori-darmon” DAJda‎— 35%,
‎“Toshkent shahar Dori-darmon” AJda — 14,75%. ‎




‎153,92‎









‎‎43,11‎‏
‎‏

2. Davlat aktivlari: Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Dori-darmak” AJda — 35%,
‎“Buxoro Dori-darmon” DAJda — 26%,
‎“Jizzax Dori-darmon” DAJda — 35%,
‎“Surxon Dori-darmon” AJda — 35%,
‎Sirdaryo “Dori-darmon” AJda — 35%,
‎Xorazm “Dori-darmon” OAJda — 35%,
‎“Oʻzbekiston Dori-Taʼminoti” MCHJda — (100%)‎




‎318,39‎

3. Mol-mulk tarzidagi davlat aktivlari: Tugatilgan “Dori-darmon Minor” AJ (2, 3, 4-dorixonalar), Markaziy dorixona ( “Dori-Darmon” DAU amalga oshirgan taʼmirlash qiymatini hisobga olmasdan) va 1-dorixona mol-mulki ‎



‎392,89‎

2.‎

“Dori-Darmon” DAU‎ “Dori-Darmon” DAUning oʻz mablagʻlari‎

761,76‎

37,95‎

3.‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Dori-darmak” AJ‎ Qayta tashkil etilayotgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Dori-darmak” AJ mol-mulki (davlat aktivlaridan tashqari)‎

60,07‎

2,99‎

4.‎

“Buxoro Dori-darmon” DAJ‎ Qayta tashkil etilayotgan “Buxoro Dori-darmon” DAJ mol-mulki (davlat aktivlaridan tashqari)‎

42,95‎

2,14‎

5.‎

“Jizzax Dori-darmon” DAJ‎ Qayta tashkil etilayotgan “Jizzax Dori-darmon” DAJ mol-mulki (davlat aktivlaridan tashqari)‎

93,37‎

4,65‎

6.‎

“Surxon Dori-darmon” AJ‎ Qayta tashkil etilayotgan “Surxon Dori-darmon” AJ mol-mulki (davlat aktivlaridan tashqari)‎

59,34‎

2,96‎

7.‎

Sirdaryo “Dori-darmon” AJ‎ Qayta tashkil etilayotgan Sirdaryo “Dori-darmon” AJ mol-mulki (davlat aktivlaridan tashqari)‎

52,76‎

2,63‎

8.‎

Xorazm “Dori-darmon” OAJ‎ Qayta tashkil etilayotgan Xorazm “Dori-darmon” OAJ mol-mulki (davlat aktivlaridan tashqari)‎

50,46‎

2,51‎

10.‎

“Dori-darmon Garant” unitar korxonasi‎ “Dori-darmon Garant” unitar korxonasi mol-mulki‎

21,24‎

1,06‎

Jami:‎

2 007,2‎

100,0‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 20-maydagi 131-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining dorixona muassasalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish” toʻgʻrisida” 1994-yil 11-martdagi 132-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(II-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 21-son, 150-modda; 2017-y., 14-son, 228-modda)