Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 30-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2005-yil 6-mayda maʼqullangan
Senat tomonidan 2005-yil 6-mayda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 2, 78-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) 6-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisi va 38-moddasining birinchi qismi “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi” degan soʻzlardan oldin “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda):
1) 32-moddasining toʻrtinchi qismi “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlardan oldin “Moliya vazirligi huzuridagi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 43-moddasining toʻqqizinchi qismi “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlardan oldin “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Muddatida toʻlanmagan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni undirib olish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 267-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda):
1) 4-moddasining 1-bandi “Oʻzbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya va Respublika yoʻl jamgʻarmalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 8-moddasi:
birinchi qismining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“soliqlar va budjetga toʻlovlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya va Respublika yoʻl jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha undiruvni qarzdor korxona mol-mulkiga qaratish”;
toʻrtinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya va Respublika yoʻl jamgʻarmalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4-5-songa ilova, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda; № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 4-5, 74-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) 29-moddasining uchinchi qismi “va foizlar” degan soʻzlardan keyin “shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining vaqtincha boʻsh mablagʻlarini moliyaviy bozorlarga joylashtirishdan foizlar tarzida olinadigan daromadlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) 4-moddasining ikkinchi xatboshisidagi, 5-moddasi birinchi qismining 1 va 8-bandlaridagi, 6-moddasi birinchi qismining 1-bandidagi “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlar “Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya va Respublika yoʻl jamgʻarmalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 88-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda):
1) 14-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisi “Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga” degan soʻzlardan oldin “Moliya vazirligi huzuridagi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
2) 20-moddasining:
toʻrtinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman boʻlimida” degan soʻzlar “tuman ijtimoiy taʼminot boʻlimida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 6-modda) 20-moddasi birinchi qismining:
ikkinchi xatboshisi “Respublika” degan soʻzdan oldin “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
beshinchi xatboshisi “Oʻzbekiston Respublikasi” degan soʻzlardan keyin “Moliya vazirligi huzuridagi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 23-may,
OʻRQ–2-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 21-son, 148-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2013-y., 52-son, 686-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2020-y., 03/20/641/1389-son; 02.04.2021-y., 03/21/680/0263-son)