20.04.2022 yildagi 203-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.07.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligiga koʻmaklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 21-dekabrdagi PQ-57-son qarori ijrosini taʼminlash hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashishni yangi bosqichga koʻtarish maqsadida, shuningdek, 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22025-yil 1-iyuldagi 405-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2025-y., 09/25/405/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22025-yil 1-iyuldagi 405-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2025-y., 09/25/405/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan 2022-yil 1-iyuldan boshlab, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 135-son qarori bilan tasdiqlangan Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash bilan shugʻullanuvchi nodavlat notijorat tashkilotlariga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida ijtimoiy buyurtma berish, bu borada tanlov oʻtkazish va uning shartlariga rioya etish ishlari amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ijtimoiy buyurtmalar quyidagi tadbirlarni amalga oshirishga qaratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun tavsiya etilgan kasblardan va bunday shaxslarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, ularni kasb-hunarga tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha faoliyat yurituvchi davlat yoki nodavlat taʼlim tashkilotlariga yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvota belgilangan eng kam sondan ortiq oʻringa ishga qabul qilgan hamda ish oʻrinlarini moslashtirgan ish beruvchilarning mavjud imtiyozlardan foydalanish darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarni tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish faoliyatiga jalb etish, ular uchun ijtimoiy taʼminot toʻgʻrisida axborot va maslahat berish hamda ularning huquqiy ongini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2022-yilda imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashish milliy dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 135-son qarori bilan tasdiqlangan Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Milliy axborot agentligiga mazkur qarorning mazmun-mohiyati keng yoritilishini va aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga yetkazilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 20-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
203-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22025-yil 1-iyuldagi 405-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2025-y., 09/25/405/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 203-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil davomida imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashish
MILLIY DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

nafar

T/r

Hudud nomi

2022-yilda bandligiga koʻmaklashiladigan imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar soni

shundan, quyidagilar hisobiga:

tashkilotlardagi mavjud boʻsh hamda zaxiralangan ish oʻrinlariga ishga joylashishga koʻmaklashish

kasb-hunarga hamda tadbirkorlik koʻnikmalari va moliyaviy savodxonlikka oʻqitish

haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish

nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga subsidiya berish orqali ishga joylashishga koʻmaklashish

Respublika boʻyicha

12146

3759

2993

3010

2384

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

671

195

171

164

141

2.

Andijon viloyati

1692

512

428

411

341

3.

Buxoro viloyati

1080

349

345

127

259

4.

Jizzax viloyati

813

154

150

398

111

5.

Qashqadaryo viloyati

1062

306

310

191

255

6.

Navoiy viloyati

587

168

141

166

112

7.

Namangan viloyati

832

259

163

285

125

8.

Samarqand viloyati

866

321

176

213

156

9.

Sirdaryo viloyati

210

75

43

45

47

10.

Surxondaryo viloyati

1257

316

345

342

254

11.

Toshkent viloyati

789

268

168

213

140

12.

Fargʻona viloyati

967

382

225

175

185

13.

Xorazm viloyati

682

196

181

161

144

14.

Toshkent shahri

638

258

147

119

114

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 203-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 135-son qarori bilan tasdiqlangan Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 3-banddagi uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi mazmundagi 41-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“41. Davlat boshqaruvi organlariga nodavlat notijorat tashkilotlaridan kelib tushgan loyihalarni koʻrib chiqish, umumlashtirish va baholash davlat boshqaruvi organlari huzuridagi jamoatchilik nazorati va ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish boʻyicha jamoatchilik kengashlari (keyingi oʻrinlarda jamoatchilik kengash deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari tomonidan har yili oʻzining budjetdan tashqari mablagʻlari xarajatlari smetasida bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasini berish uchun ajratiladigan mablagʻlar miqdori nazarda tutiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2 va 3-boblar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 23-banddagi, 25-bandning birinchi xatboshidagi va 1-ilovaning “Tadbirlar” ustunidagi “jamoatchilik kengashiga” soʻzlari “tegishli davlat boshqaruvi organiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 35-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“35. Davlat ijtimoiy buyurtmasi ijrosini nazorat qilish boʻyicha tuziladigan maxsus komissiya aʼzolarining teng yarmi jamoatchilik kengashi tarkibidagi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillaridan iborat boʻlishi lozim”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 09/22/203/0331-son; 03.07.2025-y., 09/25/405/0565-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)