07.01.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 588
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Yoʻriqnomasi, 07.01.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 588
Кучга кириш санаси
07.01.1999
Hujjat 29.08.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“TASDIQLANGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi

Ijtimoiy taʼminot vazirligi

1998-yil 30-noyabr, 2-271/04-son

“TASDIQLANGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi

Mehnat vazirligi

1998-yil 30-noyabr, 1235/04-1-son

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ALOHIDA ASOSLARGA KOʻRA MEHNAT SHARTNOMASI BEKOR QILINGANDA ISHDAN BOʻSHATILGAN XODIMLARGA MUDDATIDAN OLDIN PENSIYA TAYINLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻriqnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 7-yanvarda 588-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni 25-moddasining oʻn birinchi qismiga va Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida koʻrsatilgan sabablarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 71-sonli buyrugʻi(roʻyxat raqami 588-2, 09.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 50-son, 498-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Muddatidan oldin yoshga doir pensiya texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi, yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (keyingi oʻrinlarda Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi deb yuritiladi) tomonidan belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan, pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq pensiyaga chiqish uchun talab etiladigan umumiy mehnat stajiga ega boʻlgan shaxslarga muddatidan oldin (qonun hujjatlarida belgilangan umumiy asoslarga koʻra pensiya tayinlash muddatidan ikki yil oldin) pensiya tayinlanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 4-avgustdagi 150-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-3, 19.08.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 33-son, 287-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Muddatidan oldin pensiya sugʻurta qilingan va mazkur Yoʻriqnomaning 2-bandiga muvofiq ishdan ozod etilgan (yoki belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan) xodimlarga: erkaklar — 58 yoshdan 60 yoshgacha boʻlib, umumiy mehnat staji yigirma besh yildan kam boʻlmagan taqdirda, ayollar — 53 yoshdan 55 yoshgacha boʻlib, umumiy mehnat staji yigirma yildan kam boʻlmagan taqdirda tayinlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 71-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-2, 09.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 50-son, 498-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 71-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-2, 09.12.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 50-son, 498-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ishsiz deb eʼtirof etilib muddatidan oldin pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan fuqarolarga ishsizlik nafaqasi tayinlanmaydi. Agar fuqaroning muddatidan oldin pensiya olish huquqi ishsizlik nafaqasini olib turgan vaqtda vujudga kelsa, ishsizlik nafaqasi toʻlovi toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. PENSIYA TAYINLASH VA TOʻLASH TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ishdan ozod etilgan shaxslar mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan soʻng oʻn kun ichida oʻzlarining yashash joyidagi Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga ish qidiruvchi shaxs sifatida murojaat qilsalar, Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi xodimlari bunday shaxslarga uch oy muddat ichida, agarda ular oʻn kalendar kundan keyin murojaat qilsalar oʻn kun muddat ichida maqbul keladigan ishni topishda yordam berishlari kerak.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 4-avgustdagi 150-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-3, 19.08.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 33-son, 287-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar ish qidiruvchi shaxslarga Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 6-bandida koʻrsatib oʻtilgan muddatlar ichida ikki marta maqbul keladigan ish taklif qilinmasa, bunday holda ular Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi shaxs sifatida roʻyxatga olingan kundan boshlab ishsiz deb eʼtirof etiladilar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 4-avgustdagi 150-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-3, 19.08.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 33-son, 287-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi ishsiz deb eʼtirof etilgan va muddatidan oldin yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga 4-shakldagi taqdimnoma (1-ilovaga muvofiq) tayyorlaydi va 5 kun muddat ichida tegishli Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga (keyingi oʻrinlarda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi deb yuritiladi) topshiradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 4-avgustdagi 150-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-3, 19.08.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 33-son, 287-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan berilgan (4-shakl boʻyicha) taqdimnoma budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi tomonidan muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlashga asos boʻlib hisoblanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 4-avgustdagi 150-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-3, 19.08.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 33-son, 287-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Muddatidan oldin yoshga doir pensiya quyidagi muddatdan tayinlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsiz deb eʼtirof etilgan kundan agar Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi shaxs sifatida roʻyxatga olingan kun holatiga yoki undan oldin erkaklar 58 yoshga, ayollar 53 yoshga toʻlgan boʻlsalar;
(10-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 4-avgustdagi 150-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-3, 19.08.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 33-son, 287-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkaklar 58 yoshga, ayollar 53 yoshga toʻlgan kundan agarda Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi shaxs yoki ishsiz shaxs sifatida roʻyxatda turgan davrda shu yoshga toʻlgan boʻlsalar.
(10-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 4-avgustdagi 150-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-3, 19.08.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 33-son, 287-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Muddatidan oldin pensiya miqdori “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartib asosida hisoblab chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni toʻlash budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ajratiladigan Ish bilan taʼminlashishga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2001-yil 16-maydagi 6-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-1, 19.05.2001-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari Axborotnomasi, 2001-yil 9-10-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Muddatidan oldin tayinlangan pensiyalar ishlamaydigan fuqarolarga toʻlanadi. Bunday pensiyani olayotgan fuqarolar umumiy asoslarda pensiya olish yoshiga (erkaklar 60 yoshga, ayollar 55 yoshga) yetgunga qadar ishga kirgan hollarda muddatidan oldin pensiya toʻlash toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Muddatidan oldin pensiya tayinlangandan soʻng fuqarolar ishga kirib, soʻngra belgilangan umumiy pensiya yoshiga yetgunlariga qadar ishdan boʻshasalar, mehnat shartnomasining bekor qilinish sababiga bogʻliq ravishda quyidagi tartib qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar mehnat shartnomasi Mehnat kodeksi 100-moddasining ikkinchi qismi 1-bandida koʻrsatilgan sabablarga koʻra bekor qilinsa muddatidan oldin pensiya mazkur Yoʻriqnomada belgilangan shartlar va tartib asosida qayta tayinlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agarda mehnat shartnomasi boshqa sabablarga koʻra bekor qilinsa muddatidan oldin pensiya qayta tayinlanmaydi va avval tayinlangan pensiya toʻlovi ham tiklanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. MUDDATIDAN OLDIN TAYINLANGAN PENSIYALAR BOʻYICHA HISOB VA HISOBOT
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari har oyda muddatidan oldin pensiya tayinlangan fuqarolar roʻyxatini, tayinlangan pensiyaning bir oylik miqdorini, pensiya toʻlangan davr va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻ miqdorini koʻrsatgan holda (2-ilovaga muvofiq), toʻlangan pensiyalar xarajatlarini qoplash uchun keyingi oyning 5 sanasiga qadar tegishli Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlariga yuboradilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 4-avgustdagi 150-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-3, 19.08.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 33-son, 287-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi hisobidan muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni toʻlash xarajatlarini qoplash uchun pensiya toʻlangan oydan keyingi oyning 10-kunigacha budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tegishli boʻlimiga mablagʻ oʻtkazadilar.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 4-avgustdagi 150-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-3, 19.08.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 33-son, 287-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Muddatidan oldin pensiya olayotgan fuqaro umumiy asoslarda pensiya olish yoshiga yetganda, pensiya toʻlovi belgilangan tartibda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2001-yil 16-maydagi 6-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-1, 19.05.2001-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari Axborotnomasi, 2001-yil 9-10-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari Ish bilan taʼminlashishga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasidan mablagʻlarni muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarning haqiqiy toʻlangan miqdorlari boʻyicha undirib oladilar.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 4-avgustdagi 150-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-3, 19.08.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 33-son, 287-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari hamda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari har bir oy yakuni boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni taqqoslash dalolatnomasini (3-ilovaga muvofiq) tuzadilar.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 4-avgustdagi 150-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-3, 19.08.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 33-son, 287-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni toʻlash xarajatlarini belgilangan muddatlarda qoplamagan hollarda, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun oʻtkazilishi lozim boʻlgan summaning 0,15 foizi miqdorida penya toʻlaydilar.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 4-avgustdagi 150-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-3, 19.08.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 33-son, 287-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari hamda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tasdiqlangan davlat statistika hisoboti shakliga asosan muddatidan oldin pensiya olayotgan shaxslar soni va toʻlangan mablagʻlar miqdori haqidagi maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalariga, ular esa oʻz navbatida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga taqdim etadilar.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 4-avgustdagi 150-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-3, 19.08.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 33-son, 287-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Yoʻriqnoma tasdiqlanishi munosabati bilan quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan 1992-yil 10-iyulda tasdiqlangan “Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning qayta tashkil etilishi, tugatilishi yoki xodimlar soni (shtati)ning qisqarishi natijasida pensiya yoshi arafasida ishdan boʻshatilgan xodimlarga pensiya tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi 05-1209/50-sonli Nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining 1992-yil 27-iyuldagi 976/16-sonli tushuntirish xati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻriqnomaga
1- ILOVA

-----------------------------------
‎tuman (shahar)
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi
‎199___yil“___”‎______________
№‎____________

‎________________Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga

TAQDIMNOMA‎

_________________________________________________________________________________

(Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi nomi)‎

Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni 25-moddasiga asosan va “Alohida ‎asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash ‎ tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomani qoʻllagan holda,‎‎‎
‎199___yil “___”______________________ da tugʻilgan___________________________________________
‎‎_______________________________________________________________________________________ni

(ishsizning familiyasi‎, ismi, otasining ismi)‎‎‎

‎‎_________________________________________________________________________________________
‎(pasport maʼlumotlari: seriyasi va soni, kim tomonidan va qachon berilgan)

‎‎muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlash uchun taqdim etadi.
‎___________________________________ 199___yil “___”_____________________________da‎

(ishsizning familiyasi, I.O)‎

‎‎_________________________________________________________________________________________
‎(ishdan boʻshatilish sababi koʻrsatiladi)

‎‎ishdan boʻshatilgan va 199__ yil “___” ________________ dan ishsiz deb eʼtirof etilgan.
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi ‎boshligʻi:

______________________
‎‎(imzo)‎‎

‎_____________________________
‎(familiyasi, I.O)‎

4-shakl‎

M.Oʻ.‎

(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 4-avgustdagi 150-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-3, 19.08.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 33-son, 287-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎______________________________Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi
‎199__yil “__”______________
‎№_________

‎‎____________________tuman
‎(shahar) Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga

‎199__yilning___________oyida toʻlangan pensiya xarajatlarini qoplash
‎uchun muddatidan oldin pensiya olayotgan fuqarolarning
‎ROʻYXATI‎‎

T/r‎

Muddatidan oldin pensiya olayotgan fuqarolarning F.I.O‎

Tugʻilgan yili, oyi, kuni‎

Pensioner shaxsiy varagʻining ‎soni‎

Pensiya tayinlangan kun‎

Pensiyaning bir oylik miqdori‎

Pensiya toʻlangan davr‎

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻ miqdori‎

‎‎JAMI

X‎

X‎

X‎

X‎

X‎

X‎

‎‎Boʻlim boshligʻi‎

__________‎

‎‎Bosh hisobchi

____________‎

(imzo)‎

(imzo)‎ ‎

M.Oʻ.‎
(2-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 4-avgustdagi 150-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-3, 19.08.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 33-son, 287-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎

Qaysi
‎oy uchun‎

Muddatidan oldin pensiya olayotgan‎
‎fuqarolar soni

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻ miqdori‎

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan mablagʻ miqdori‎

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ‎‎mablagʻ oʻtkazilganligi haqida toʻlov topshiriqnomasi

№‎

sana‎

‎‎JAMI

X‎

X‎

X‎

‎Dalolatnoma 199_yil ‎‎“___”____________da tuzildi

‎__________________________tuman
‎(shahar) Bandlikka koʻmaklashish va aholini
‎ijtimoiy muhofaza qilish markazi ‎boshligʻi

‎‎‎‎‎‎‎_______________________________Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimi ‎‎ boshligʻi‎

‎‎
‎Bosh hisobchi‎

‎Bosh hisobchi‎

‎M.Oʻ.‎

‎M.Oʻ.‎
Muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarning ‎
‎199___yil ___oy yakuni boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni
‎TAQQOSLASH DALOLATNOMASI
(3-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 4-avgustdagi 150-B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-3, 19.08.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 33-son, 287-modda)
Keyingi tahrirga qarang.