Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Yoʻriqnomasi, 07.01.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 588
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Ijtimoiy taʼminot vazirligi
1998-yil 30-noyabr, 2-271/04-son
“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Mehnat vazirligi
1998-yil 30-noyabr, 1235/04-1-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ALOHIDA ASOSLARGA KOʻRA MEHNAT SHARTNOMASI BEKOR QILINGANDA ISHDAN BOʻSHATILGAN XODIMLARGA MUDDATIDAN OLDIN PENSIYA TAYINLASH TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻriqnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 7-yanvarda 588-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 25-modda oʻn birinchi qismiga va “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan va Mehnat kodeksi 100-modda ikkinchi qismining 1-bandida koʻrsatilgan sabablarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda umumiy asoslarda belgilangan pensiya yoshi arafasida boʻlgan xodimlarga muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Muddatidan oldin yoshga doir pensiya texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi, yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan, pensiya yoshi arafasidagi va umumiy asoslarda yoshga doir pensiya tayinlash uchun talab qilinadigan ish stajiga ega boʻlgan hamda tuman (shahar) mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish boʻlimlarida (bundan keyin “mehnat boʻlimi” deb ataladi) belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarga tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ishsiz deb eʼtirof etilib muddatidan oldin pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan fuqarolarga ishsizlik nafaqasi tayinlanmaydi. Agar fuqaroning muddatidan oldin pensiya olish huquqi ishsizlik nafaqasini olib turgan vaqtda vujudga kelsa, ishsizlik nafaqasi toʻlovi toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. PENSIYA TAYINLASH VA TOʻLASH TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ishdan ozod etilgan shaxslar mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan soʻng oʻn kun ichida oʻzlarining yashash joyidagi mehnat boʻlimiga ish qidiruvchi shaxs sifatida murojaat qilsalar, mehnat boʻlimi xodimlari bunday shaxslarga uch oy muddat ichida, agarda ular oʻn kalendar kundan keyin murojaat qilsalar oʻn kun muddat ichida maqbul keladigan ishni topishda yordam berishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar ish qidiruvchi shaxslarga mehnat boʻlimi tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 6-bandida koʻrsatib oʻtilgan muddatlar ichida ikki marta maqbul keladigan ish taklif qilinmasa, bunday holda ular mehnat boʻlimida ish qidiruvchi shaxs sifatida roʻyxatga olingan kundan boshlab ishsiz deb eʼtirof etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mehnat boʻlimi ishsiz deb eʼtirof etilgan va muddatidan oldin yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga 4-shakldagi taqdimnoma (1-ilovaga muvofiq) tayyorlaydi va 5 kun muddat ichida tegishli tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimiga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mehnat boʻlimi tomonidan berilgan (4-shakl boʻyicha) taqdimnoma ijtimoiy taʼminot boʻlimi tomonidan muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlashga asos boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Muddatidan oldin yoshga doir pensiya quyidagi muddatdan tayinlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsiz deb eʼtirof etilgan kundan agar mehnat boʻlimida ish qidiruvchi shaxs sifatida roʻyxatga olingan kun holatiga yoki undan oldin erkaklar 58 yoshga, ayollar 53 yoshga toʻlgan boʻlsalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkaklar 58 yoshga, ayollar 53 yoshga toʻlgan kundan agarda mehnat boʻlimida ish qidiruvchi shaxs yoki ishsiz shaxs sifatida roʻyxatda turgan davrda shu yoshga toʻlgan boʻlsalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni toʻlash budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ajratiladigan Ish bilan taʼminlashishga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2001-yil 16-maydagi 6-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-1, 19.05.2001-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari Axborotnomasi, 2001-yil 9-10-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Muddatidan oldin tayinlangan pensiyalar ishlamaydigan fuqarolarga toʻlanadi. Bunday pensiyani olayotgan fuqarolar umumiy asoslarda pensiya olish yoshiga (erkaklar 60 yoshga, ayollar 55 yoshga) yetgunga qadar ishga kirgan hollarda muddatidan oldin pensiya toʻlash toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Muddatidan oldin pensiya tayinlangandan soʻng fuqarolar ishga kirib, soʻngra belgilangan umumiy pensiya yoshiga yetgunlariga qadar ishdan boʻshasalar, mehnat shartnomasining bekor qilinish sababiga bogʻliq ravishda quyidagi tartib qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar mehnat shartnomasi Mehnat kodeksi 100-moddasining ikkinchi qismi 1-bandida koʻrsatilgan sabablarga koʻra bekor qilinsa muddatidan oldin pensiya mazkur Yoʻriqnomada belgilangan shartlar va tartib asosida qayta tayinlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agarda mehnat shartnomasi boshqa sabablarga koʻra bekor qilinsa muddatidan oldin pensiya qayta tayinlanmaydi va avval tayinlangan pensiya toʻlovi ham tiklanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. MUDDATIDAN OLDIN TAYINLANGAN PENSIYALAR BOʻYICHA HISOB VA HISOBOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ijtimoiy taʼminot boʻlimlari har oyda muddatidan oldin pensiya tayinlangan fuqarolar roʻyxatini, tayinlangan pensiyaning bir oylik miqdorini, pensiya toʻlangan davr va budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻ miqdorini koʻrsatgan holda (2-ilovaga muvofiq), toʻlangan pensiyalar xarajatlarini qoplash uchun keyingi oyning 5-sanasigacha tegishli mehnat boʻlimlariga yuboriladilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2001-yil 16-maydagi 6-son “Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-1, 19.05.2001-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari Axborotnomasi, 2001-yil 9-10-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mehnat boʻlimlari Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi hisobidan muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni toʻlash xarajatlarini qoplash uchun pensiya toʻlangan oydan keyingi oyning 10-kunigacha budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tegishli boʻlimiga mablagʻ oʻtkazadilar.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2001-yil 16-maydagi 6-son “Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-1, 19.05.2001-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari Axborotnomasi, 2001-yil 9-10-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Muddatidan oldin pensiya olayotgan fuqaro umumiy asoslarda pensiya olish yoshiga yetganda, pensiya toʻlovi belgilangan tartibda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2001-yil 16-maydagi 6-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-1, 19.05.2001-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari Axborotnomasi, 2001-yil 9-10-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ijtimoiy taʼminot boʻlimlari Ish bilan taʼminlashishga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasidan mablagʻlarni muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarning haqiqiy toʻlangan miqdorlari boʻyicha undirib oladilar.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2001-yil 16-maydagi 6-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-1, 19.05.2001-y.) tahririda — (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari Axborotnomasi, 2001-yil 9-10-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mehnat boʻlimlari va Ijtimoiy taʼminot boʻlimlari yilning har bir chorak yakuni boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni taqqoslash dalolatnomasini (3-ilovaga muvofiq) tuzadilar.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2001-yil 16-maydagi 6-son “Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-1, 19.05.2001-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari Axborotnomasi, 2001-yil 9-10-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mehnat boʻlimlari muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni toʻlash xarajatlarini belgilangan muddatlarda qoplamagan hollarda, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun oʻtkazilishi lozim boʻlgan summaning 0,15 foizi miqdorida penya toʻlaydilar.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2001-yil 16-maydagi 6-son “Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-1, 19.05.2001-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari Axborotnomasi, 2001-yil 9-10-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mehnat hamda ijtimoiy taʼminot boʻlimlari tasdiqlangan davlat statistika hisoboti shakliga asosan muddatidan oldin pensiya olayotgan shaxslar soni va toʻlangan mablagʻlar miqdori haqidagi maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalariga, ular esa oʻz navbatida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga taqdim etadilar.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2001-yil 16-maydagi 6-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-1, 19.05.2001-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari Axborotnomasi, 2001-yil 9-10-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Yoʻriqnoma tasdiqlanishi munosabati bilan quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan 1992-yil 10-iyulda tasdiqlangan “Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning qayta tashkil etilishi, tugatilishi yoki xodimlar soni (shtati)ning qisqarishi natijasida pensiya yoshi arafasida ishdan boʻshatilgan xodimlarga pensiya tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi 05-1209/50-sonli Nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining 1992-yil 27-iyuldagi 976/16-sonli tushuntirish xati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni 25-moddasiga asosan va “Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomani qoʻllagan holda, 199___yil “___”______________________ da tugʻilgan___________________________________________
_________________________________________________________________________________________ (pasport maʼlumotlari: seriyasi va soni, kim tomonidan va qachon berilgan)
muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlash uchun taqdim etadi. ___________________________________ 199___yil “___”_____________________________da
(ishsizning familiyasi, I.O)
_________________________________________________________________________________________ (ishdan boʻshatilish sababi koʻrsatiladi)
ishdan boʻshatilgan va 199__ yil “___” ________________ dan ishsiz deb eʼtirof etilgan.
Muddatidan oldin pensiya olayotgan fuqarolarning F.I.O
Tugʻilgan yili, oyi, kuni
Pensioner shaxsiy varagʻining soni
Pensiya tayinlangan kun
Pensiyaning bir oylik miqdori
Pensiya toʻlangan davr
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻ miqdori
JAMI
X
X
X
X
X
X
Boʻlim boshligʻi
__________
Bosh hisobchi
____________
(imzo)
(imzo)
M.Oʻ.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2001-yil 16-maydagi 6-son “Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-1, 19.05.2001-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari Axborotnomasi, 2001-yil 9-10-son)
_______________________tuman (shahar) mehnat boʻlimi boshligʻi
________________________tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimi boshligʻi
Bosh hisobchi
Bosh hisobchi
M.Oʻ.
M.Oʻ.
Muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarning 199___yil ___chorak yakuni boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni TAQQOSLASH DALOLATNOMASI
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2001-yil 16-maydagi 6-son “Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-1, 19.05.2001-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari Axborotnomasi, 2001-yil 9-10-son)