Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Yoʻriqnomasi, 07.01.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 588
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni 25-moddasining oʻn birinchi qismiga va Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida koʻrsatilgan sabablarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 71-sonli buyrugʻi(roʻyxat raqami 588-2, 09.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 50-son, 498-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Muddatidan oldin yoshga doir pensiya texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi, yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashuvchi markazi (bundan keyingi oʻrinlarda Bandlikka koʻmaklashuvchi markaz deb yuritiladi) tomonidan belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan, pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq pensiyaga chiqish uchun talab etiladigan umumiy mehnat stajiga ega boʻlgan shaxslarga muddatidan oldin (qonun hujjatlarida belgilangan umumiy asoslarga koʻra pensiya tayinlash muddatidan ikki yil oldin) pensiya tayinlanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 71-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-2, 09.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 50-son, 498-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Muddatidan oldin pensiya sugʻurta qilingan va mazkur Yoʻriqnomaning 2-bandiga muvofiq ishdan ozod etilgan (yoki belgilangan tartibda ishsiz deb eʼtirof etilgan) xodimlarga: erkaklar — 58 yoshdan 60 yoshgacha boʻlib, umumiy mehnat staji yigirma besh yildan kam boʻlmagan taqdirda, ayollar — 53 yoshdan 55 yoshgacha boʻlib, umumiy mehnat staji yigirma yildan kam boʻlmagan taqdirda tayinlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 71-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-2, 09.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 50-son, 498-modda)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 71-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-2, 09.12.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 50-son, 498-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ishsiz deb eʼtirof etilib muddatidan oldin pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan fuqarolarga ishsizlik nafaqasi tayinlanmaydi. Agar fuqaroning muddatidan oldin pensiya olish huquqi ishsizlik nafaqasini olib turgan vaqtda vujudga kelsa, ishsizlik nafaqasi toʻlovi toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ishdan ozod etilgan shaxslar mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan soʻng oʻn kun ichida oʻzlarining yashash joyidagi Bandlikka koʻmaklashish markaziga ish qidiruvchi shaxs sifatida murojaat qilsalar, Bandlikka koʻmaklashish markazi xodimlari bunday shaxslarga uch oy muddat ichida, agarda ular oʻn kalendar kundan keyin murojaat qilsalar oʻn kun muddat ichida maqbul keladigan ishni topishda yordam berishlari kerak.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 71-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-2, 09.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 50-son, 498-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agar ish qidiruvchi shaxslarga Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 6-bandida koʻrsatib oʻtilgan muddatlar ichida ikki marta maqbul keladigan ish taklif qilinmasa, bunday holda ular Bandlikka koʻmaklashish markazida ish qidiruvchi shaxs sifatida roʻyxatga olingan kundan boshlab ishsiz deb eʼtirof etiladilar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 71-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-2, 09.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 50-son, 498-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bandlikka koʻmaklashish markazi ishsiz deb eʼtirof etilgan va muddatidan oldin yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga 4-shakldagi taqdimnoma (1-ilovaga muvofiq) tayyorlaydi va 5 kun muddat ichida tegishli tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimiga topshiradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 71-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-2, 09.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 50-son, 498-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan berilgan (4-shakl boʻyicha) taqdimnoma ijtimoiy taʼminot boʻlimi tomonidan muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlashga asos boʻlib hisoblanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 71-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-2, 09.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 50-son, 498-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsiz deb eʼtirof etilgan kundan agar Bandlikka koʻmaklashish markazida ish qidiruvchi shaxs sifatida roʻyxatga olingan kun holatiga yoki undan oldin erkaklar 58 yoshga, ayollar 53 yoshga toʻlgan boʻlsalar;
(10-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 71-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-2, 09.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 50-son, 498-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
erkaklar 58 yoshga, ayollar 53 yoshga toʻlgan kundan agarda Bandlikka koʻmaklashish markazida ish qidiruvchi shaxs yoki ishsiz shaxs sifatida roʻyxatda turgan davrda shu yoshga toʻlgan boʻlsalar.
(10-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 71-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-2, 09.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 50-son, 498-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni toʻlash budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga ajratiladigan Ish bilan taʼminlashishga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2001-yil 16-maydagi 6-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-1, 19.05.2001-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari Axborotnomasi, 2001-yil 9-10-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Muddatidan oldin tayinlangan pensiyalar ishlamaydigan fuqarolarga toʻlanadi. Bunday pensiyani olayotgan fuqarolar umumiy asoslarda pensiya olish yoshiga (erkaklar 60 yoshga, ayollar 55 yoshga) yetgunga qadar ishga kirgan hollarda muddatidan oldin pensiya toʻlash toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Muddatidan oldin pensiya tayinlangandan soʻng fuqarolar ishga kirib, soʻngra belgilangan umumiy pensiya yoshiga yetgunlariga qadar ishdan boʻshasalar, mehnat shartnomasining bekor qilinish sababiga bogʻliq ravishda quyidagi tartib qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar mehnat shartnomasi Mehnat kodeksi 100-moddasining ikkinchi qismi 1-bandida koʻrsatilgan sabablarga koʻra bekor qilinsa muddatidan oldin pensiya mazkur Yoʻriqnomada belgilangan shartlar va tartib asosida qayta tayinlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agarda mehnat shartnomasi boshqa sabablarga koʻra bekor qilinsa muddatidan oldin pensiya qayta tayinlanmaydi va avval tayinlangan pensiya toʻlovi ham tiklanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. MUDDATIDAN OLDIN TAYINLANGAN PENSIYALAR BOʻYICHA HISOB VA HISOBOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ijtimoiy taʼminot boʻlimlari har oyda muddatidan oldin pensiya tayinlangan fuqarolar roʻyxatini, tayinlangan pensiyaning bir oylik miqdorini, pensiya toʻlangan davr va budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻ miqdorini koʻrsatgan holda (2-ilovaga muvofiq), toʻlangan pensiyalar xarajatlarini qoplash uchun keyingi oyning 5-sanasigacha tegishli Bandlikka koʻmaklashish markazlariga yuboriladilar.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 71-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-2, 09.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 50-son, 498-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bandlikka koʻmaklashish markazlari Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasi hisobidan muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni toʻlash xarajatlarini qoplash uchun pensiya toʻlangan oydan keyingi oyning 10-kunigacha budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tegishli boʻlimiga mablagʻ oʻtkazadilar.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 71-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-2, 09.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 50-son, 498-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Muddatidan oldin pensiya olayotgan fuqaro umumiy asoslarda pensiya olish yoshiga yetganda, pensiya toʻlovi belgilangan tartibda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2001-yil 16-maydagi 6-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-1, 19.05.2001-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari Axborotnomasi, 2001-yil 9-10-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ijtimoiy taʼminot boʻlimlari Ish bilan taʼminlashishga koʻmaklashuvchi davlat jamgʻarmasidan mablagʻlarni muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarning haqiqiy toʻlangan miqdorlari boʻyicha undirib oladilar.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2001-yil 16-maydagi 6-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-1, 19.05.2001-y.) tahririda — (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari Axborotnomasi, 2001-yil 9-10-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Bandlikka koʻmaklashish markazlari va Ijtimoiy taʼminot boʻlimlari yilning har bir chorak yakuni boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni taqqoslash dalolatnomasini (3-ilovaga muvofiq) tuzadilar.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 71-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-2, 09.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 50-son, 498-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Bandlikka koʻmaklashish markazlarimuddatidan oldin tayinlangan pensiyalarni toʻlash xarajatlarini belgilangan muddatlarda qoplamagan hollarda, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun oʻtkazilishi lozim boʻlgan summaning 0,15 foizi miqdorida penya toʻlaydilar.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 71-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-2, 09.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 50-son, 498-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mehnat hamda ijtimoiy taʼminot boʻlimlari tasdiqlangan davlat statistika hisoboti shakliga asosan muddatidan oldin pensiya olayotgan shaxslar soni va toʻlangan mablagʻlar miqdori haqidagi maʼlumotlarni belgilangan muddatlarda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hududiy bosh boshqarmalariga, ular esa oʻz navbatida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga taqdim etadilar.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2001-yil 16-maydagi 6-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-1, 19.05.2001-y.) tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari Axborotnomasi, 2001-yil 9-10-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Yoʻriqnoma tasdiqlanishi munosabati bilan quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan 1992-yil 10-iyulda tasdiqlangan “Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning qayta tashkil etilishi, tugatilishi yoki xodimlar soni (shtati)ning qisqarishi natijasida pensiya yoshi arafasida ishdan boʻshatilgan xodimlarga pensiya tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi 05-1209/50-sonli Nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining 1992-yil 27-iyuldagi 976/16-sonli tushuntirish xati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni 25-moddasiga asosan va “Alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan boʻshatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomani qoʻllagan holda, 199___yil “___”______________________ da tugʻilgan___________________________________________
_________________________________________________________________________________________ (pasport maʼlumotlari: seriyasi va soni, kim tomonidan va qachon berilgan)
muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlash uchun taqdim etadi. ___________________________________ 199___yil “___”_____________________________da
(ishsizning familiyasi, I.O)
_________________________________________________________________________________________ (ishdan boʻshatilish sababi koʻrsatiladi)
ishdan boʻshatilgan va 199__ yil “___” ________________ dan ishsiz deb eʼtirof etilgan.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 71-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-2, 09.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 50-son, 498-modda)
Muddatidan oldin pensiya olayotgan fuqarolarning F.I.O
Tugʻilgan yili, oyi, kuni
Pensioner shaxsiy varagʻining soni
Pensiya tayinlangan kun
Pensiyaning bir oylik miqdori
Pensiya toʻlangan davr
Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻ miqdori
JAMI
X
X
X
X
X
X
Boʻlim boshligʻi
__________
Bosh hisobchi
____________
(imzo)
(imzo)
M.Oʻ.
(2-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 71-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-2, 09.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 50-son, 498-modda)
_______________________tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazi boshligʻi
________________________tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimi boshligʻi
Bosh hisobchi
Bosh hisobchi
M.Oʻ.
M.Oʻ.
Muddatidan oldin tayinlangan pensiyalarning 199___yil ___chorak yakuni boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni TAQQOSLASH DALOLATNOMASI
(3-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 71-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 588-2, 09.12.2008-y.) tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 50-son, 498-modda)