Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 9-iyuldagi “Barter asosida amalga oshiriladigan eksport-import operatsiyalari boʻyicha tartib buzilishlari va suiisteʼmolliklarga chek qoʻyish toʻgʻrisida”gi PF-616-son Farmoniga qoʻshimcha kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-yanvardagi “Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-91-son qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 9-iyuldagi “Barter asosida amalga oshiriladigan eksport-import operatsiyalari boʻyicha tartib buzilishlari va suiisteʼmolliklarga chek qoʻyish toʻgʻrisida”gi PF-616-son Farmoni 1-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Belgilab qoʻyilsinki, barter asosida eksport-import operatsiyalari Vazirlar Mahkamasining qarorlariga koʻra hukumatlararo bitimlar doirasida amalga oshirilishi mumkin”.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 13-aprel,
PF-105-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 06/22/105/0304-son)