14.03.2022 yildagi 1943-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining (bundan buyon matnda Qoʻmita deb yuritiladi) 2021-yildagi faoliyati yuzasidan axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, hisobot davrida Qoʻmita tomonidan qonun ijodkorligi faoliyati samaradorligini oshirishga, qonun loyihalarini tayyorlashda xalqaro tajribadan unumli foydalanishga, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlashga hamda amaldagi qonun hujjatlarida korrupsiyaga imkon beruvchi normalarning mavjudligini aniqlashga, shuningdek davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish jarayoni ustidan parlament nazoratini oʻrnatishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda Qoʻmitaning qonun ijodkorligi yoʻnalishidagi faoliyati koʻlami yanada kengaygan. Qoʻmita 2021-yilda 30 ta qonun loyihasiga, shuningdek 7 ta birlashgan qonun loyihasiga masʼul boʻlib, shundan 18 ta qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) tomonidan qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihalarini koʻrib chiqish va maromiga yetkazish maqsadida 167-marta ishchi guruh yigʻilishi oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Qoʻmita aʼzolari tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-831-sonli, “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL–833-sonli, “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi QL–837-sonli, “Saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL–742-sonli hamda “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi QL-772-sonli qonun loyihalarini qabul qilish tashabbusi bilan chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlar va qonunosti hujjatlarining ijro etilish holatini oʻrganish, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotlarini eshitish, Qonunchilik palatasi va Qoʻmita qarorlari ijrosini oʻrganish boʻyicha Qoʻmita tomonidan 8 ta nazorat-tahlil tadbiri oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda Qoʻmita aʼzolari jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan 4264 ta murojaatni belgilangan tartibda koʻrib chiqqan, 914 ta murojaatda qayd etilgan masalalar ijobiy hal qilingan. Qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan kelib tushgan takliflar alohida oʻrganilgan. Takliflari asosli deb topilgan 43 nafar fuqaroga Qoʻmita tomonidan minnatdorlik xatlari yuborilgan hamda ushbu takliflar asosida 6 ta qonun hujjatiga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita faoliyati haqida keng jamoatchilikni oʻz vaqtida xabardor qilish, nazorat-tahlil tadbirlari yakunlarini va Qoʻmita masʼulligida koʻrib chiqilayotgan qonun loyihalarining mazmun-mohiyatini aholiga muntazam ravishda tushuntirib borish yuzasidan 9 ta tadbir, shu jumladan 3 ta davra suhbati, 5 ta seminar hamda 1 ta konferensiya tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Qoʻmita aʼzolari tomonidan ommaviy axborot vositalarida jami 3483 marotaba chiqishlar qilingan hamda qonun ijodkorligiga va Qoʻmita faoliyatiga oid materiallarning muntazam yoritib borilishi taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasining 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun loyihalarini ishlab chiqish va Qoʻmita masʼulligida boʻlgan qonun loyihalarini maromiga yetkazishda keng jamoatchilikning takliflari va fikr-mulohazalarini hisobga olish, nazorat-tahlil tadbirlariga soha mutaxassislarini va ekspertlarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq sohasidagi faoliyati yuzasidan axborotini eshitib borish amaliyotini davom ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari bilan hamkorlikda qonun loyihalari yuzasidan tizimli ravishda davra suhbati va seminarlar oʻtkazib borish amaliyotini davom ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning Qoʻmita nomiga yuborilgan murojaatlarida koʻtarilayotgan dolzarb muammolarni har tomonlama tahlil qilish, ularning yuzaga kelish sabablarini oʻrganish, koʻtarilgan masalalarga toʻliq yechim topish borasida mutasaddi vazirliklar, davlat qoʻmitalari hamda idoralar tomonidan koʻrilayotgan choralar ustidan taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Qodirov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ICMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 14-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1943-IV-son