Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga nomzod toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga nomzodni koʻrib chiqib hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 221-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga Abdulla Xamidullayevich Kuldashevning nomzodi maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 1-mart,
1898-IV-son