Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
FUQARO AVIATSIYASINING XALQARO PARVOZLARINI KENGAYTIRISH TOʻGʻRISIDA
Amalga oshirilayotgan yoʻlovchi va yuk tashishlar geografiyasini yanada kengaytirish, Oʻzbekiston Respublikasining tarixiy va madaniy markazlariga toʻgʻridan-toʻgʻri havo yoʻllarini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Buxoro va Urganch shaharlari aeroportlariga xalqaro aeroport maqomi berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita, Davlat bojxona qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Buxoro va Urganch shaharlari aeroportlarida chegara, bojxona, sanitariya va veterinariya nazoratini amalga oshirish uchun faoliyat yoʻnalishi boʻyicha, tasdiqlangan xodimlar soni doirasida Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi orqali oʻtkazish punktlari tashkil etsinlar.
3. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita, Davlat bojxona qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tegishli boʻlinmalarini zarur xizmat xonalari, maxsus asbob-uskunalar va texnika bilan taʼminlasin;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Keyingi tahrirga qarang.
chegara, bojxona, veterinariya va sanitariya nazoratini, shuningdek aviatsiya xavfsizligi maqsadidagi nazoratni samarali amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasiga, zarur tartibotlarga rioya qilingan taqdirda va Davlat xavfsizlik xizmati hamda Davlat bojxona qoʻmitasi bilan kelishgan holda Andijon, Qarshi, Namangan, Nukus va Fargʻona shaharlari aeroportlaridan charter xalqaro qatnovlarni amalga oshirishiga ruxsat etilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bilan birgalikda aviatsiya xavfsizligi talablarini hisobga olgan holda Buxoro va Urganch shaharlari aeroportlarini sertifikatsiyalashtirsin.
6. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda Buxoro va Urganch shaharlari aeroportlari maqomi boʻyicha maʼlumotlarni tayyorlashni va aeronavigatsiya axborotlari xalqaro toʻplamlarida eʼlon qilishni tashkil etsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari L.A. Axmetov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 13-iyul,
343-son