Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining Qarorini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2021-yil 5-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining Matbuot xizmati faoliyatini tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 1142-IV-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 761-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 25-mart,
1970-IV-son