06.04.2022 yildagi 162-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olimpiya va paralimpiya oʻyinlarida gʻolib hamda sovrindor boʻlgan sportchilar faoliyatini aholi orasida keng targʻib qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olimpiya va paralimpiya oʻyinlarida gʻolib hamda sovrindor boʻlgan sportchilarning hayoti va faoliyatini yoritish orqali aholining keng qatlamlarini sport bilan shugʻullanishga va sogʻlom turmush tarzini yuritishga jalb etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sport-taʼlim muassasalari faoliyatini 2025-yilgacha rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida” 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5280-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2021-yil Tokio shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtgan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlaridan boshlab olimpiya va paralimpiya oʻyinlarida gʻolib hamda sovrindor boʻlgan sportchilar (keyingi oʻrinlarda — sovrindor sportchilar) hayoti va faoliyatini keng targʻib etishga bagʻishlangan “Yurt faxri” nomli koʻrgazmalar (keyingi oʻrinlarda — Koʻrgazma) tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Koʻrgazma har yili iyul-avgust oylarida sovrindor sportchilar istiqomat qilayotgan mahallalarda hamda oktabr-noyabr oylarida ular tahsil olgan taʼlim muassasalari, shu jumladan, sport-taʼlim va oliy taʼlim muassasalarida oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Koʻrgazma davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sovrindor sportchilarning hayoti va faoliyati toʻgʻrisida hamda qoʻlga kiritilgan medallar, shuningdek, olimpiya va paralimpiya oʻyinlari doirasida video va fotosuratlar ekspozitsiyalari hamda koʻrgazmali tadbirlar tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sovrindor sportchilar va ularning trenerlari ishtirokida “mahorat saboqlari” oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Sportni rivojlantirish vazirligi Koʻrgazmani tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Sportni rivojlantirish vazirligi Koʻrgazmani tashkil etish va oʻtkazish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrgazma dasturini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrgazmaning ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet tarmogʻi orqali yoritib borilishi, sovrindor sportchilar va ularning trenerlarini Koʻrgazmaga jalb etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida, sovrindor sportchilar istiqomat qilayotgan mahallalarda hamda tahsil olgan taʼlim muassasalarida ularning hayoti va faoliyatini targʻib etishga bagʻishlangan ekspozitsiyalar va koʻrgazmali tadbirlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda taʼlim muassasalarida sovrindor sportchilar ishtirokida ularning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan uchrashuvlar va fotosuratlar koʻrgazmasini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda yoshlar va volontyorlarni Koʻrgazmalarga keng jalb qilish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Koʻrgazmani tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari, mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sportni rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, Koʻrgazmani yuqori saviyada tashkil qilish va oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sportni rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olimpiya va Paralimpiya sport turlari boʻyicha shugʻullangan, sport faoliyati davomida jarohat olganligi tufayli oʻz faoliyatini tugatgan, milliy terma jamoaning asosiy tarkibida kamida besh yil faoliyat yuritgan sportchilarni tegishli sport federatsiya (assotsiatsiya)lari talabnomasiga asosan Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida bir yilda ikki marotaba chuqurlashtirilgan bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, zarurat boʻlgan taqdirda, tibbiy muolajalarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olimpiya va Paralimpiya sport turlari boʻyicha oʻz faoliyatini tugatgan, milliy terma jamoaning asosiy tarkibida kamida besh yil faoliyat yuritgan sportchilarni munosib ish bilan taʼminlash, jumladan, joylardagi sport-taʼlim muassasalariga trenerlik, yoʻriqchi-uslubchilik, sport federatsiyalariga (assotsiatsiyalar)ga hakamlik va sport menejeri lavozimlariga ishga qabul qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarning hayoti va faoliyati, shuningdek, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarni sportga keng jalb etish jarayonini yoritish maqsadida 2022-yil yakuniga qadar qoʻmitaning tegishli binosida zamonaviy LED ekranni joylashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kinematografiya agentligi Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda 2022-yilda davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan kino mahsulotlari doirasida sovrindor sportchilarning hayoti va faoliyati haqida hujjatli film suratga olinib, va mahalliy telekanallar orqali namoyish etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda 2022-yil davomida markaziy telekanallarda sovrindor sportchilar va ularning trenerlari ishtirokida muloqot va uchrashuvlar tashkil qilish boʻyicha tegishli choralar qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sportni rivojlantirish vazirligi qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri A.I. Ikramov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 6-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2022-y., 07/22/162/0278-son)