Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2021-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2021-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 15-mart,
1962-IV-son