ILOVA
|
№ |
Chora-tadbirlar nomi |
Moliyalashtirish manbasi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Mini-futbol va ayollar futboli boʻyicha isteʼdodli sportchi yoshlarni tanlab olish (seleksiya) faoliyati samaradorligini oshirish va oʻquv-mashgʻulotlar jarayonini sifatli tashkil qilish | ||||
|
1. |
Innovatsion ilmiy-metodik ishlanmalar va ilgʻor xalqaro tajribani inobatga olgan holda, mini-futbol va ayollar futboli boʻyicha tayyorgarlik dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
- |
2022-yil avgust |
Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov), Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev) |
|
2. |
Mini-futbol va ayollar futboli boʻyicha bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida seksiyalar tashkil etish va oʻquv-mashgʻulot jarayonini tashkil qilishning samaradorligini monitoring qilib borish. |
- |
2022-yil avgust oyidan boshlab doimiy |
Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov), Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev) |
|
3. |
Iqtidorli yosh futbolchilarni tanlab olish (seleksiya) maqsadida ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari shugʻullanuvchilari oʻrtasida mini-futbol, ayollar futboli va futbol boʻyicha musobaqalarni tizimli tashkil qilish. |
Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari |
2022-yil sentyabr oyidan boshlab doimiy |
Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev), Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov) |
|
4. |
Mashhur mahalliy va xorijiy futbolchilar, trenerlarni jalb qilgan holda yosh futbolchilar uchun futbol boʻyicha festivallar va master-klasslar oʻtkazish. |
Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari |
2022-yil noyabr oyidan boshlab doimiy |
Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev), Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov) |
|
5. |
Iqtidorli futbolchilarni tanlab olish (seleksiya) maqsadida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasasi oʻquvchilari hamda oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida mini-futbol, ayollar futboli va futbol boʻyicha musobaqalarni tashkil etish. |
Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari |
2022-yil sentyabr oyidan boshlab doimiy |
Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev), Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov) |
|
II. Trenerlar va futbol sport turi boʻyicha boshqa mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish | ||||
|
6. |
Futbol boʻyicha hududiy texnik direktor lavozimiga xorijiy mutaxassislardan nomzodlarni tanlab olishni tashkil etish. |
Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari |
2022-yil sentyabr |
Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov) |
|
7. |
Mini-futbol, ayollar futboli va futbol boʻyicha trenerlar va isteʼdodli yosh futbolchilarni xorijiy mamlakatlarda, shu jumladan Yevropa futbol jamoalari bilan hamkorlikni oʻrnatib, ularning malaka oshirishini (stajirovkasini) tashkil etish. |
Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari |
2022-yil dekabr |
Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov) |
|
8. |
Har yili futbolchilar va boshqa mutaxassislarni tayyorlashning dolzarb masalalari yuzasidan yetakchi mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, futbol boʻyicha ilmiy-uslubiy va ilmiy-amaliy konferensiyalar oʻtkazish. |
Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari |
2022-yil noyabr |
Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov) |
|
III. Futbolni rivojlantirishning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va infratuzilmasini takomillashtirish | ||||
|
9. |
“Soʻgʻdiyona” professional futbol klubi stadionini zamonaviy talablar va standartlarga muvofiq rekonstruksiya qilish. |
Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari |
2022-yil avgust |
Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev), Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov) |
|
10. |
Futzal (mini-futbol) boʻyicha musobaqalar oʻtkaziladigan sport zallarini asbob-uskuna va texnologiyalar bilan jihozlash. |
Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari |
2022-yil avgust oyidan boshlab doimiy |
Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov), Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov) |
|
11 |
Mahallalarda futbol maydonlari qurilishini, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurilishini nazarda tutuvchi “Har bir mahallada futbol maydoni” dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari |
2022-yil iyun |
Jizzax viloyati hokimlig� (E. Saliyev), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov), Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov) |
|
IV. Futbolni moliyalashtirish tizimini rivojlantirish va tijoratlashuv mexanizmlarini joriy etish | ||||
|
12. |
“Soʻgʻdiyona” professional futbol klubi stadioniga futbol muxlislarini keng jalb qilish maqsadida zamonaviy chipta tizimi (shu jumladan, abonement sotuvi)ni joriy qilish, shu jumladan, stadionlar infratuzilmasidan samarali foydalanish maqsadida (ovqatlanish, fitnes va boshqalarni) tashkil etish, klub va stadion muzeyi faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
- |
2022-yildan oktyabr oyidan boshlab |
Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev), Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov), manfaatdor hududiy boshqarmalar va tashkilotlar |
|
V. Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish | ||||
|
13. |
Jizzax viloyatida bolalar va oʻsmirlar, ommaviy futbolni rivojlantirish maqsadida chet ellik (Rossiya, Qozogʻiston, Turkiya) mutaxassislarni jalb etgan holda ularning ish tajribalaridan amaliy foydalanish. |
Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari |
2022-yil avgust |
Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov) |
|
14. |
Taniqli futbolchilar va trenerlarni jalb qilgan holda yosh futbolchilar uchun uchrashuv va master-klasslar oʻtkazib borish. |
- |
Har yili oktyabr-noyabr oylarida |
Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov) |
|
15. |
Futbolni ommaviylashtirish va har tomonlama rivojlantirish maqsadida tuman (shahar) bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida ayollar futboli, futzal (mini-futbol) guruhlarini tashkil qilish, ular oʻrtasida muntazam ravishda musobaqalar oʻtkazish. |
- |
2022-yil aprel-may |
Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (R. Irmatov) |