Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 8-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining:
2022-yil 18-fevraldagi “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-75-sonli;
2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-81-sonli farmonlari tasdiqlansin.
2. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga va Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentiga yuborilsin.
3. Mazkur Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2022-yil 19-mart,
SQ-508-IV-son