17.03.2022 yildagi SQ-502-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Inson huquqlari boʻyicha vakil (ombudsman)ning (bundan buyon matnda Ombudsman deb yuritiladi) 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotini muhokama qilib, bir qator ishlar amalga oshirilganligini qayd etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Ombudsmanga kelib tushgan jami 18 738 ta murojaatning 16 559 tasi fuqarolardan, 2 120 tasi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalaridan hamda 59 tasi xorijiy davlatlardan boʻlib, murojaatlar soni 2020-yilga (14 975 ta) nisbatan 3 763 taga yoki 25 foizga oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman tomonidan parlament nazorati subyekti sifatida 11 257 ta murojaat ish yurituviga olinib, ularning 2 517 tasi yoki 23 foizi ijobiy hal qilingan, 6 160 ta murojaat davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yuborilgan. Qolgan 1 321 ta murojaat boʻyicha huquqiy maslahat va tavsiyalar berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan 2021-yilda Ombudsman tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlariga 36 ta xulosa (2020-yilda 16 ta), 14 ta taqdimnoma (2020-yilda 13 ta) hamda sudlarga 44 ta daʼvo arizasi (2020-yilda 11 ta) kiritilib, taʼsir choralarini qoʻllash samaradorligi 2020-yilga nisbatan 2,4 baravarga oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman tomonidan amalga oshirilgan 177 ta monitoring tashrifi davomida 4,5 mingdan ortiq mahkum bilan jamoaviy uchrashuvlar va 758 nafar mahkum bilan yakka tartibdagi suhbatlar oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Ombudsman tomonidan murojaatlarni koʻrib chiqish va hal etish, mintaqaviy vakillar tomonidan fuqarolar bilan ishlash hamda jazoni ijro etish muassasalaridagi monitoring faoliyati yetarli darajada tashkil etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Ombudsmanga kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda ijtimoiy huquqlar bilan bogʻliq murojaatlar oʻtgan yilga nisbatan 7 foizga, iqtisodiy huquqlar bilan bogʻliq murojaatlar 2 foizga kamaygan boʻlsa-da, fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari bilan bogʻliq murojaatlar 6 foizga hamda siyosiy huquqlar bilan bogʻliq murojaatlar 3 foizga oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatlar toʻliq, xolisona koʻrib chiqilmaganligi, yuzaki hal etilishi hamda murojaat mualliflariga javob xatlari tegishli tashkilotlar tomonidan oʻz vaqtida berilmaganligi oqibatida hisobot davrida Ombudsmanga kelib tushgan murojaatlarning 4 655 tasini yoki 25 foizini takroriy murojaatlar tashkil qilgan. Bu esa, oʻtgan yilga nisbatan takroriy murojaatlarning 2 baravarga koʻpayishiga sabab boʻlgan (2020-yilda 2 329 ta, takroriy murojaatlar 2 326 taga koʻp).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlarga kiritilgan 36 ta xulosa, 14 ta taqdimnoma hamda fuqarolarning manfaatlarini himoya qilib sudlarga 44 ta daʼvo arizasi kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida faqat 1 marotaba Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida monitoring olib borilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman hamda uning huzuridagi Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish boʻyicha jamoatchilik guruhlari tomonidan 2021-yilda harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda 177 ta monitoring tadbiri oʻtkazilgan va bunday tadbirlar oʻtgan yilga (76 ta) nisbatan qariyb 2,5 baravarga koʻp amalga oshirilgan boʻlsa-da, mahkumlarning yaqin qarindoshlari tomonidan yoʻllangan murojaatlar soni 4 541 taga yoki 4 baravarga oshgan (2020-yilda 1 563 ta, 2021-yilda 6 104 ta).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamoatchilik guruhlari bilan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda monitoring tadbirlarining natijadorligi yetarli darajada boʻlmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning surishtiruv va dastlabki tergov organi harakatlari yuzasidan Ombudsmanga yoʻllagan murojaatlari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatishni rad qilish haqidagi 32 ta qaror bekor qilinganligi hamda 16 ta holatda aybdor shaxslarning xatti-harakatlariga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilganligi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, Bosh prokuraturaning maʼlumotlariga koʻra, ushbu yoʻnalishda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarining harakatlari bilan bogʻliq 161 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Bu esa, inson huquqlari buzilganligi holatlarini bartaraf etish boʻyicha Ombudsman tomonidan davlat organlariga koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish vakolatidan samarali foydanilmaganligini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joylarda mintaqaviy vakillar faoliyatining ish samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilmagan. Ularning asosiy faoliyati targʻibot tadbirlaridan iborat boʻlib qolgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Ombudsman tomonidan jazoni ijro etish muassasalariga 134 marotaba tashrif amalga oshirilgan boʻlsa-da, 14 ta mintaqaviy vakil hisobiga yiliga 9 yoki 10 tadan tashrif toʻgʻri kelib, ushbu koʻrsatkich oyiga 1 tani ham tashkil qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 324-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 15-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) 2021-yildagi faoliyati toʻgʻrisida”gi 1833-IV-sonli Qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va idoralari bilan hamkorlikda fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy huquqlari bilan bogʻliq murojaatlarni hal etish, ularga oʻz vaqtida va asosli huquqiy tushuntirishlar berish orqali takroriy murojaatlar sonini keskin kamaytirish boʻyicha zarur choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda sayyor qabullar sonini oshirish orqali fuqarolar tomonidan koʻtariladigan muammolarni hududiy davlat organlari va idoralari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan birgalikda hal etish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlarni koʻrib chiqishda fuqarolarni qiynab kelayotgan tizimli muammolarini tahlil qilgan holda har chorakda Oliy Majlis palatalariga va Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan qonunda belgilangan taʼsir choralaridan samarali foydalansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalari hamda tergov hibsxonalarida mahkumlarga yaratilgan shart-sharoitlarni va ularning muammolarini oʻrganish maqsadida monitoring tashriflari samaradorligini oshirsin. Bunda, ushbu joylarda saqlanayotgan shaxslarning muammolarini oʻrganib, ularni bartaraf etish choralarini koʻrish yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralarga tavsiyalar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaviy vakillarning qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllashning oldini olish boʻyicha faoliyatini kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ombudsman faoliyati yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni keng yoritish uchun ommaviy axborot vositalari orqali doimiy ravishda maʼlumot berib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda fuqarolarning huquqlari bilan bogʻliq murojaatlarni hal etish, ularni xolisona koʻrib chiqish hamda mualliflarga oʻz vaqtida va asosli javob berish orqali takroriy murojaatlar sonini keskin kamaytirish, sayyor qabullar sonini oshirish orqali muammolarni joyida hal etish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Ombudsmanning mintaqaviy vakillari faoliyati bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etishda har tomonlama koʻmaklashsin. Xususan, mintaqaviy vakillarning samarali faoliyat koʻrsatishlari uchun viloyat markazlarida joylashgan davlat organlarining binolariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish, shuningdek, ularni zarur mebel, aloqa va texnik vositalar hamda xizmat avtomashinasi bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga har yili Ombudsmanning mintaqaviy vakillari faoliyati yuzasidan maʼruzalarini tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarida muhokama qilinishi tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Moliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda Ombudsman va Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Ombudsman va uning mintaqaviy vakillariga kelib tushayotgan murojaatlarning qayd etilishi, umumlashtirilishi va tizimlashtirilgan holda koʻrib chiqilishi ustidan nazorat qilishni taʼminlovchi “Yagona axborot tizimi”ni ishga tushirish boʻyicha zarur mablagʻlarni ajratish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu Qarorning ijro etilishi boʻyicha belgilangan muddatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Umarov) zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 17-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-502-IV-son