Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKA OLTIN QAZIB OLISH SANOATINI BOSHQARISH TUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Oltin qazib olish sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, qimmatbaho metallar qazib olish, ularni qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha mukammal siklni shakllantirish, tarmoq korxonalarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston oltin qazib olish va olmosga ishlov berish korxonalari uyushmasi (“Oʻzolmosoltin”)ning muassislari tomonidan uni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
“Oʻzolmosoltin” uyushmasi muassislarining 1-ilovaga* muvofiq tarkibda tugatish komissiyasi tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
*1-ilova berilmaydi.
2. Navoiy KMK va “Olmaliq KMK” ochiq aksiyadorlik jamiyati tarkibiga 2-ilovaga* muvofiq davlat korxonalari tarkibiy boʻlinmalar maqomi bilan kiritilsin, ular tegishli ravishda mustaqil yuridik shaxs sifatida tugatilsin.
*2-ilova berilmaydi.
3. Ilgari “Oʻzolmosoltin” uyushmasi tarkibiga kirgan “Oʻzsanoatavtomatika” MCHJ “Olmaliq KMK” ochiq aksiyadorlik jamiyati ixtiyoriga berilsin.
4. Tugatish komissiyasi ilgari “Oʻzolmosoltin” uyushmasi tarkibiga kirgan 3-ilovaga* muvofiq korxonalarni tugatsin.
*3-ilova berilmaydi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi belgilangan tartibda:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-apreldagi 185-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 61-modda)
2002-yilda Toshkent viloyatida joylashgan “Oltin Yombi” pansionatining xususiylashtirilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar oltin qazib olish tarmogʻida mazkur qarorda nazarda tutilgan tashkiliy oʻzgartirishlardan kelib chiqqan holda 2002-yil uchun tasdiqlangan moddiy-qiymat balanslari koʻrsatkichlariga oʻn kun muddatda tegishli oʻzgartirishlar kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Moliya vazirligi huzuridagi Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qoʻmitasi Navoiy KMK va “Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda:
(9-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-martdagi 195-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)
yer osti boyliklaridan oqilona foydalanish maqsadida berilgan zaxiralarning toʻliq qayta ishlanishi va oltin konlarini razvedka qilish va ulardan foydalanish boʻyicha maʼlumotlarning muntazam taqqoslab borilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar;
texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar tahlili oʻtkazilgandan keyin tarkibida oltin boʻlgan rudalarni qazib olish va oltin ajratish fabrikalarida oltinni ajratib olish vaqtidagi yoʻqotishlar, tabiiy kamayishlar normativlarini belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
10. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston oltin qazib olish va olmosga ishlov berish korxonalari (“Oʻzolmosoltin”) uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 19-martdagi 150-son qarori;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston oltin qazib olish va olmosga qayta ishlov berish korxonalari (“Oʻzolmosoltin”) uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 19-martdagi 150-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 1998-yil 20-apreldagi 165-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “1999-2000-yillarda xususiylashtirishni chuqurlashtirish va davlat mulkini sotishdan davlat budjetiga mablagʻlar tushishini koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 17-dekabrdagi 525-son qaroriga 8-ilovaning 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 26-aprel,
145-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 7-8-son, 61-modda; 2004-y., 28-son, 321-modda; 2010-y., 51-son, 486-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 09/19/195/2712-son)