Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahri va Yangiyoʻl tumanining chegaralarini oʻzgartirish, shuningdek Yangiyoʻl shahrini viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi hamda “Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 10-moddalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib:
Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahri va Yangiyoʻl tumanining chegaralari oʻzgartirilsin hamda Yangiyoʻl tumani hududi 42046,4 gektar va Yangiyoʻl shahri hududi 1102,0 gektar etib belgilansin;
Yangiyoʻl shahri viloyat boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahri tarkibiga oʻtkazilayotgan Yangiyoʻl tumani saylov okruglaridan (24-Farxod, 25-Mustaqillik, 26-Istiqlol, 27-Nodirabegim, 28-Fayzobod, 29-Muqimiy, 30-Mezon okruglaridan) saylangan xalq deputatlari Yangiyoʻl tuman Kengashining deputatlari xalq deputatlari Yangiyoʻl shahar Kengashining deputatlari hisoblanadi.
3. Toshkent viloyati Yangiyoʻl shahri chegarasining tavsifi va grafik chizmasi hamda Yangiyoʻl tumani chegarasining grafik chizmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan 1 — 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qarorning ijrosi boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
5. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga yuborilsin.
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2017-yil 18-avgust,
1052-III-son