Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 04.04.2002 yildagi 117-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YAPONIYA HUKUMATINING BEGʻARAZ YORDAMIDAN SAMARALI FOYDALANISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaponiya Hukumatining qishloq xoʻjaligi texnikasi va asbob-uskunalari yetkazib berishni tashkil etish uchun 500 mln Yaponiya yeni miqdoridagi begʻaraz yordamidan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T.X. Xoltoyev Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Ayirboshlash notasini imzolashga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
begʻaraz yordamni olish uchun barcha tartibotlarni Yaponiya tomoni bilan kelishilgan muddatlarda rasmiylashtirish va begʻaraz asosda ajratilayotgan mablagʻlarga xizmat koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqorida koʻrsatib oʻtilgan begʻaraz yordamga hisob-kitob xizmati koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Begʻaraz yordam doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga keltirilayotgan qishloq xoʻjaligi texnikasi, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va xizmatlar bojxona toʻlovlari, soliqlar, yigʻimlar va Yoʻl jamgʻarmasiga ajratmalardan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalariga koʻra loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy mutaxassislarni konsullik yigʻimlari undirmasdan belgilangan tartibda kelish vizalari bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalariga koʻra loyihaning xorijiy qatnashchilarini davlat boji undirmasdan yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazsin, vizalar va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddatlarini uzaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T.X. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 4-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117-son