Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Tovarlarni bojxona koʻzdan kechiruvi va bojxona koʻrigidan oʻtkazishda hamda namuna va (yoki) sinamalar olishda bojxona tartib-taomillarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 25-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3154-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 2025-yil 29-dekabrdagi 1-sonli ““Tovarlarni bojxona koʻzdan kechiruvi va bojxona koʻrigidan oʻtkazishda hamda namuna va (yoki) sinamalar olishda bojxona tartib-taomillarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3154-3, 09.01.2026-y.) asosan 2026-yil 8-fevraldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 20-fevraldagi 01-02/12-7-son qarori (roʻyxat raqami 3154, 2019-yil 19-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2019-y., 10/19/3154/2972-son) bilan tasdiqlangan Tovarlarni bojxona koʻzdan kechiruvi va bojxona koʻrigidan oʻtkazishda hamda namuna va (yoki) sinamalar olishda bojxona tartib-taomillarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritilsin.
2. Mazkur qaror 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi.
Rais A. MAVLONOV
Toshkent sh.,
2022-yil 16-mart,
12/05-22-00569-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi oʻrinbosari I. DJASIMOV
2022-yil 28-fevral
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 16-martdagi 12/05-22-00569-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tovarlarni bojxona koʻzdan kechiruvi va bojxona koʻrigidan oʻtkazishda hamda namuna va (yoki) sinamalar olishda bojxona tartib-taomillarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirish
1. 4-band quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tirik hayvonlar va tez buziladigan tovarlar birinchi navbatda bojxona koʻrigidan oʻtkaziladi.”.
2. 22-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovarlardan namuna va (yoki) sinamalar olish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-martdagi 145-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tizimida tovarlarning namuna va sinamalarini tasarruf etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.”.
3. Mazkur qoʻshimcha va oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2022-y., 10/22/3154-2/0239-son)