04.04.2002 yildagi 116-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.04.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI BILAN HAMKORLIKNI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amerika Qoʻshma Shtatlariga rasmiy tashrifi (2002-yil 11—14-mart) davomida erishilgan bitimlar va ikki tomonlama hamkorlik sohasidagi ahdlashuvlarning keng koʻlamda va oʻz vaqtida roʻyobga chiqarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirish va ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir tadbirlar 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar AQSH hukumati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga 2-ilovaga* muvofiq yoʻnalishlar boʻyicha berilayotgan yordamdan samarali foydalanilishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AQSH savdo va rivojlantirish agentligi (TDA) bilan imzolangan oʻzaro bir-birini tushunish toʻgʻrisidagi memorandumlarga binoan 3-ilovaga* muvofiq yoʻnalishlar boʻyicha birgalikda amalga oshirish uchun taklif qilingan loyihalarning ishlab chiqilishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moʻljallangan loyihalarni amalga oshirishda paydo boʻladigan masalalarni oʻz vaqtida hal etish chora-tadbirlarini koʻrsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yilning har choragida loyihalarning amalga oshirilishi toʻgʻrisida axborot maʼlumotnomalarini tayyorlasinlar va ularni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi elchixonasi hamda Amerika—Oʻzbekiston savdo palatasining oʻzaro hamkorlikka doir quyidagi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha birgalikdagi faoliyatini faollashtirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektrenergetika, kimyo, kon qazib olish, metallurgiya sanoati va sanoatning boshqa ustuvor tarmoqlari korxonalarini modernizatsiya qilish va texnika bilan qayta jihozlashga, transport, telekommunikatsiyalar, turizm, taʼlim tizimini rivojlantirishga hamda yirik irrigatsiya inshootlarini rekonstruksiya qilishga Amerikaning energiya va resurslarni tejovchi ilgʻor texnologiyalarini va investitsiyalarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy hamkorlikni, Amerika kompaniyalarining korxonalarni xususiylashtirish va aksiyalashtirish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirish, Qoʻshma korxonalar barpo etishga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni keng jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Oʻzekspomarkaz” Respublika savdo-koʻrgazma markazining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda Vashington shahrida va Toshkent shahrida Qoʻshma biznes-seminarlar, tahdimotlar, koʻrgazmalar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonlik talabalarning iqtisodiyot mutaxassisliklari boʻyicha oʻqishini, shuningdek respublika vazirliklari va idoralarining marketing, menejment, real iqtisodiyot va moliya sohasi mutaxassislarining tajriba orttirishini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A. Komilov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 4-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116-son