1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston yagona energetika tizimini rivojlantirish, elektr energiyasini ishlab chiqarish va isteʼmol qilish balansi saqlanishini hamda Markaziy Osiyo birlashgan energetika tizimining barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda “McKinsey & Company” xalqaro konsalting kompaniyasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasini (keyingi oʻrinlarda — Milliy dispetcherlik markazi) tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy dispetcherlik markaziga “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning milliy, regional va hududiy dispetcherlik funksiyalarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Milliy dispetcherlik markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona elektr energetika tizimini real vaqt rejimlarida operativ boshqarish va uning ishonchli ishlashini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona elektr energetika tizimi tarkibiga kiruvchi korxonalarning dispetcherlik boshqaruvini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasiga boʻlgan talab va taklifdan kelib chiqib, shuningdek, elektr energiyasini ishlab chiqarish va uning isteʼmol qilinishiga taʼsir qiluvchi barcha omillarni hisobga olgan holda, uni ishlab chiqarish va isteʼmol qilishning har soatlik rejimini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona elektr energetika tizimining texnik va iqtisodiy jihatdan eng maqbul rejimlarda ishlashini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona elektr energetika tizimining qoʻshni davlatlar energetika tizimlari bilan parallel ravishda ishlash rejimlarini boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy dispetcherlik markazi xodimlarining xorijda doimiy ravishda malaka oshirishini taʼminlash hamda malakali xorijiy mutaxassislarni Milliy dispetcherlik markaziga jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariya rejimlari yuzaga kelishining oldini olish, ularni bartaraf etish va avariya rejimi bartaraf etilgandan keyin tizimning ishonchliligini tiklash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 259 nafar shtat birligidan iborat Energetika vazirligi huzurida “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasi tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy dispetcherlik markazining asosiy boshqaruv pulti Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Istiqbol koʻchasi 21-uy manzildagi binoda hamda zaxira boshqaruv pulti Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo koʻchasi 42-uyda manzildagi binoda joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy dispetcherlik markazining amaldagi boshqaruv pulti sobiq “Oʻzbekenergo” AJ binosidan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ binosiga uch oy muddatda koʻchiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy dispetcherlik markazining asosiy boshqaruv pulti toʻliq ishga tushgandan soʻng asosiy hamda zaxira boshqaruv pultlari uch oy muddat parallel ishlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy dispetcherlik markazi faoliyati toʻliq tashkil etilgandan soʻng “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda tegishlicha rele himoya va avtomatika qurilmalarini ekspluatatsiya qilish, energiya oqimi rejimlarini ishlab chiqish, elektr qurilmalarini taʼmirga chiqarishni tashkil qilish funksiyalari situatsion-tahlil boshqarmalari koʻrinishida saqlab qolinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda Milliy dispetcherlik markazining hududiy filiallari toʻliq faoliyat koʻrsatishi uchun zarur inventarlar, aloqa vositalari va boshqa barcha uskunalar bilan jihozlangan xonalarga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energetika obyektlarining barcha dispetcherlik boʻgʻinlarida mavjud elektr qurilmalarning tezkor boshqaruv boʻysunuvi qayta koʻrib chiqilgunga qadar joriy tezkor boshqaruv boʻysunuvi amalda saqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Milliy dispetcherlik markazi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻzbekgidroenergo” AJ hamda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi va taqsimlovchi boshqa tashkilotlarga shartnoma asosida dispetcherlik xizmatini koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Moliya vazirligi Energetika vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Milliy dispetcherlik markazining daromad va xarajatlari smetasini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Energetika vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagilarni nazarda tutuvchi Milliy dispetcherlik markazi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy dispetcherlik markazi faoliyatini tashkil etish, uning vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzbekgidroenergo” AJ va yirik isteʼmolchilar hamda loyihalar asosida yagona energetika tizimiga ulanayotgan yangi quvvatlar Milliy dispetcherlik markazi tomonidan faoliyati doirasida berilgan topshiriqlarning soʻzsiz bajarilishi majburiyligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa davlatlarning elektr energetika tizimi bilan parallel ravishda ishlash qoidalarining aniqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energetika tizimi obyektlaridagi asosiy elektr qurilmalarini taʼmirlash yoki sinov-sozlash uchun chiqarish va qayta ishga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy dispetcherlik markazi toʻgʻridan-toʻgʻri dispetcherlik departamenti, rele himoya va avtomatika boʻlimi, respublika yagona energetika tizimini va ularning quyi boʻlinmalari orqali tezkor-texnik boshqaruvni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Milliy dispetcherlik markazining ustavini, uning moliyaviy-iqtisodiy faoliyat koʻrsatkichlarini inobatga olgan holda, Milliy dispetcherlik markazi xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni ragʻbatlantirish tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Energetika vazirligining tashkiliy tuzilmasini va markaziy apparatining boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni va tuzilmasini oʻzgartirish toʻgʻrisida taklif ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligining “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tizimidagi tashkilotlarni ushbu jamiyatlarning hududiy filiallari etib qayta tashkil etish takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Energetika vazirligi, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining tashkiliy tuzilmasini qayta koʻrib chiqib, Kuzatuv kengashiga tasdiqlash uchun kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 24-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-martdagi 126-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika vazirligi huzuridagi “Milliy dispetcherlik markazi” davlat unitar korxonasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor
Direktor oʻrinbosari
Direktorning birinchi oʻrinbosari — bosh dispetcher
Dispetcherlik departamenti
12
Yuriskonsult
Kadrlar bilan ishlash boʻyicha boʻlimi
2
Releli himoya va avtomatika boʻlimi
10
Markaziy mintaqaviy dispetcherlik boshqarmasi
14
Janubiy-Gʻarbiy mintaqaviy dispetcherlik boshqarmasi
16
Sharqiy mintaqaviy dispetcherlik boshqarmasi
14
Shimoliy-Gʻarbiy mintaqaviy dispetcherlik boshqarmasi
9
Janubiy mintaqaviy dispetcherlik boshqarmasi
11
Buxgalter
Elektr rejimlarini hisoblash boʻlimi
10
Toshkent shahar dispetcherlik boʻlimi
11
Samarqand hududiy dispetcherlik boʻlimi
11
Fargʻona hududiy dispetcherlik boʻlimi
12
Qoraqalpogʻiston hududiy dispetcherlik boʻlimi
10
Surxondaryo hududiy dispetcherlik boʻlimi
9
IT boʻlimi
3
Iqtisodiy rejimlar boʻlimi
7
Toshkent hududiy dispetcherlik boʻlimi
11
Navoiy hududiy dispetcherlik boʻlimi
7
Andijon hududiy dispetcherlik boʻlimi
12
Qashqadaryo hududiy dispetcherlik boʻlimi
11
Nazorat va murojaatlar bilan ishlash boʻlimi
1
Xorazm hududiy dispetcherlik boʻlimi
10
Jizzax hududiy dispetcherlik boʻlimi
10
Buxoro hududiy dispetcherlik boʻlimi
10
Namangan hududiy dispetcherlik boʻlimi
12
Sirdaryo hududiy dispetcherlik boʻlimi
9
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 259 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan normalarga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika vazirligiga mazkur tashkiliy tuzilmaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.