15.02.2022 yildagi 1835-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining 2021-yilda amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisidagi axboroti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining (bundan buyon matnda Yoshlar parlamenti deb yuritiladi) 2021-yilda amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisidagi axborotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, hisobot davrida Yoshlar parlamenti tomonidan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqiy ongi va savodxonligini oshirish, ularni jamiyatning siyosiy jihatda faol qatlamga aylantirishga ustuvor vazifa sifatida qaralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarning siyosiy-huquqiy bilim va koʻnikmalarini boyitish, qonunchilik va qonun ijodkorligi jarayoniga yoshlarni jalb etish hamda qabul qilinayotgan qonunlarni yoshlar orasida keng targʻib qilish orqali ularning parlament hayotiga daxldorligini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Yoshlar parlamenti tomonidan 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihasi yuzasidan 87 ta taklif tayyorlangan boʻlib, ulardan 27 tasi qonun loyihalarini takomillashtirish jarayonida inobatga olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyati, yoshlarning parlament faoliyati va qonun ijodkorligining barcha bosqichlaridan xabardorligini oshirish masalalariga bagʻishlangan 98 ta oʻquv-seminar va konferensiyalar tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Yoshlar parlamenti tomonidan xalqaro aloqalarni mustahkamlashga, xususan, xorijiy mamlakatlar yoshlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish masalalariga ham eʼtibor qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Yoshlar parlamenti aʼzosi O. Shavkatov Qozogʻiston Respublikasining Turkiston shahrida tashkil etilgan “Turkiston — turk dunyosi beshigi” xalqaro yoshlar sammitida, X. Akramov Omsk viloyatida ilk marotaba tashkil qilingan “Rossiya va Markaziy Osiyo” yoshlar forumida faol ishtirok etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentining faoliyati ommaviy axborot vositalarida jami 16 348 marotaba, xususan, televideniyeda 625 marotaba, radioda 334 marotaba, bosma nashrlarda 2 312 marotaba, internet sahifalari va ijtimoiy tarmoqlarda 13 077 marotaba yoritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentining 2021-yildagi faoliyati ayrim masalalarga yetarlicha eʼtibor qaratilmaganligini, shuningdek, yoshlar bilan amaliy hamkorlikni yanada kuchaytirish lozimligini ham koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Yoshlar parlamentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va qoʻmitalar bilan hamkorligi hamda qonun ijodkorligi va parlament nazorati tadbirlaridagi ishtirokini taʼminlash borasidagi ishlar yetarli darajada tashkil etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlardan saylangan Yoshlar parlamenti aʼzolarining joylarda yoshlar bilan ishlash borasidagi faoliyati samarali yoʻlga qoʻyilmagan. Ularning yoshlar bandligini taʼminlash, ular oʻrtasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda uyushmagan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishdagi oʻrni sezilmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy mamlakatlarda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, odam savdosi va qonunga xilof mehnat migratsiyasiga qarshi kurashishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish borasida ham yetarlicha tashabbus koʻrsatilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Sh. Joldasovaning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining 2021-yilda amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentining ishini samarali tashkil etish, uning faoliyatiga yoshlarni keng jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatlarning saylov okrugidagi ishlari hamda hududlarda oʻtkazadigan nazorat-tahlil tadbirlarida Yoshlar parlamenti aʼzolarining ishtirokini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorak yakuni boʻyicha Yoshlar parlamentining yigʻilishini oʻtkazish va unda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Yoshlar parlamentining axborotini eshitib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va qoʻmitalari, shuningdek vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilishida koʻmaklashish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yoshlar parlamenti (Sh. Joldasova):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish, qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyotining dolzarb muammolarini yoshlar ishtirokida muhokama qilish hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va uning organlari bilan hamkorlik qilish borasidagi ishlarini yanada jonlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar bandligini taʼminlash, ular oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda uyushmagan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish, tadbirkor va fermer yoshlarning faoliyatiga toʻsiq boʻlayotgan omillarni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining qonun loyihalari muhokamasiga bagʻishlangan majlislarida Yoshlar parlamenti qoʻmitalarining ishtirok etishini va qonun loyihalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar berib borishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlarda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan yoshlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, odam savdosi va qonunga xilof mehnat migratsiyasiga qarshi kurashishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha asoslantirilgan tashabbuslarni ilgari surish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar parlamentining asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda 2022-yilga moʻljallangan ish rejasini ishlab chiqish va uning ijrosini taʼminlash boʻyicha tegishli choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va qoʻmitalariga Yoshlar parlamenti aʼzolarini qonun ijodkorligi jarayoniga, nazorat-tahlil tadbirlariga va boshqa shakldagi tadbirlarga muntazam ravishda jalb etish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari O. Tojiyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 15-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1835-IV-son