Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Ijtimoiy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qayta koʻrib chiqish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 24-avgustda qabul qilingan va 2021-yil 21-oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan “Ijtimoiy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qayta koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Ijtimoiy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qayta koʻrib chiqishidan olib tashlansin.
2. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2022-yil 15-fevral,
1842-IV-son