18.03.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3354
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining buyrugʻi, 18.03.2022 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3354
Кучга кириш санаси
18.03.2022
Hujjat 17.07.2023 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universal telekommunikatsiya xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlari uchun tariflarni (narxlarni) shakllantirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 18-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3354]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi, “Davlat tili haqida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-son “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-maydagi 318-son “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boʻyicha inspeksiya toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Universal telekommunikatsiya xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlari uchun tariflarni (narxlarni) shakllantirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir Sh. SHERMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 19-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
221-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri T. ISHMETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 21-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Sh. SHARAXMETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 27-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2022-yil 19-fevraldagi 221-mh-son buyrugʻiga
1-ILOVA

Universal telekommunikatsiya xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlari uchun tariflarni (narxlarni) shakllantirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom universal telekommunikatsiya xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlari uchun tariflarni (narxlarni) shakllantirish va tartibga solish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiyalar tarmogʻi — uzatishlarning bir yoki bir necha turini: telefon, telegraf, faksimil turlarini, maʼlumotlar uzatish va hujjatli xabarlarning boshqa turlarini, televizion va radioeshittirish dasturlarini translyatsiya qilishni taʼminlovchi telekommunikatsiya vositalarining majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiya xizmatlari — operator va provayderning signallar hamda boshqa axborot turlarini telekommunikatsiya tarmoqlari orqali qabul qilish, uzatish, qayta ishlashga doir faoliyati mahsuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlari — telekommunikatsiya xizmatlarining foydalanuvchilariga pullik (shartnoma) asosida taqdim etiladigan belgilangan sifatga ega telekommunikatsiya xizmatlari toʻplami (kanallar, traktlarni ijaraga berish, oʻrnatish (installyatsiya), tarmoqlararo ulanishlar, maxsus aloqa xizmatlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmogʻi — telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatishning yagona prinsiplari, ularni taqdim etish va haq toʻlashning tartibi asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish uchun moʻljallangan telekommunikatsiyalar tarmogʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
universal telekommunikatsiya xizmatlari — umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari orqali barcha foydalanuvchilarga koʻrsatiladigan, belgilangan sifatdagi majburiy xizmatlar toʻplami (foydalanuvchilarning bu tarmoqdan foydalanishini taʼminlash, mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon soʻzlashuvlari, telegrammalar joʻnatish va boshqalar);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
universal telekommunikatsiya xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlari uchun tariflarni (narxlarni) tartibga solish — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) tomonidan ushbu Nizomda belgilangan tartibda universal telekommunikatsiya xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlari uchun cheklangan tariflarni (narxlarni) belgilash, oʻrnatish va kelishish.
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 2023-yil 4-iyuldagi 253-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3354-1, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3354-1/0482-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom uning 1 va 2-ilovalarida keltirilgan universal telekommunikatsiya xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlari roʻyxatidagi telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatuvchi ustav fondidagi davlat ulushi 75 foiz hamda undan ortiq boʻlgan telekommunikatsiya operatorlari va telekommunikatsiya xizmatlari provayderlariga (bundan buyon matnda operatorlar va provayderlar deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom talablari mobil telefon aloqa operatorlari, idoraviy tarmoqlar operatorlari, shuningdek ustav fondidagi davlat ulushining miqdoridan qatʼi nazar telekommunikatsiya provayderlari tomonidan qishloq joylarida koʻrsatiladigan xizmatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Universal telekommunikatsiya xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlari (bundan buyon matnda xizmatlar deb yuritiladi) uchun tariflarni (narxlarni) tartibga solishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatlarga boʻlgan talabni maksimal darajada qondirish va foydalanuvchilar huquqlarini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatorlar va provayderlar faoliyatining samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya vositalari va tarmoqlarining yanada rivojlanishini taʼminlash, telekommunikatsiya xizmatlari bozorini kengaytirish va ularni taqdim etish sifatini yaxshilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xizmatlar uchun tariflar (narxlar) Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xizmatlar uchun tariflarni (narxlarni) shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xizmatlar uchun tariflar (narxlar) xizmatlar guruhlarining (mahalliy, qishloq telefon aloqasi, telegraf aloqasi, shaharlararo telefon aloqasi, xalqaro telefon aloqasi va boshqalar) tannarxi va sof foyda asosida, shuningdek chet el aloqa maʼmuriyatlari va kompaniyalari bilan kelishilgan hisob-kitob summalarini (taksalarni) (xalqaro aloqa xizmatlari tariflari (narxlari) uchun) inobatga olgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xizmatlar uchun tariflarni (narxlarni) shakllantirish hisobot davrining maʼlumotlari tahlili, operatorlar va provayderlarning kelgusi davr uchun rejalashtiradigan xarajatlari va sof foydasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatlar uchun amaldagi tariflarni (narxlarni) oʻzgartirishga ularni koʻrsatish uchun qilinadigan xarajatlarning (energetika resurslari, xomashyo, materiallar, transport va boshqa) narxlari, shuningdek, hisob-kitob summalari (taksalar) miqdori, erkin konvertatsiya qilinadigan valyuta kursi yoki maxsus qarz olish huquqining (SDR) oshishi yoki kamayishi asos boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xizmatlar uchun qilinadigan xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatlar uchun tariflarni (narxlarni) shakllantirishda bilvosita moddiy xarajatlarni, mehnatga haq toʻlashga bilvosita xarajatlarni, ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan boshqa xarajatlarni, davr xarajatlari va moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarni taqsimlash xizmatning solishtirma mehnat sigʻimi (muayyan xizmat turiga toʻgʻri keladigan asosiy ishlab chiqaruvchi xodimlar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari) boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Favqulodda xizmatlarni (yongʻin xavfsizligi xizmati, ichki ishlar organlari, tez tibbiy yordam, gaz tarmogʻining avariya xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv xizmati) chaqirish, shuningdek shaharlararo, xalqaro telefon stansiyasining buyurtma va maʼlumot xizmatiga, mahalliy telefon tarmogʻining taʼmirlash byurosiga chiqish barcha foydalanuvchilar uchun bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda xizmatlar koʻrsatilganligi uchun sarflangan xarajatlar boshqa xizmatlarni koʻrsatishdan olingan daromadlar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatning tegishli qarorlarida ishonch telefonlariga qoʻngʻiroqlar bepul amalga oshirilishi toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatib oʻtilgan boʻlsa, mazkur qoʻngʻiroqlar bepul amalga oshiriladi (masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ishonch telefoni va h.k.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xizmatlar uchun tariflarni (narxlarni) davlat tomonidan tartibga solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Universal telekommunikatsiya xizmatlari uchun tariflar (narxlar) Vazirlik tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlari uchun tariflar (narxlar) Vazirlik bilan kelishilgan holda operatorlar va provayderlar tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Operatorlar va provayderlar Vazirlikni xabardor qilgan holda barcha foydalanuvchilar uchun belgilangan tariflarni (narxlarni) kamaytirish huquqiga ega. Bunda, operatorlar va provayderlarning sof foydasi ular tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq amaldagi tariflar (narxlar) boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xizmatlar uchun tariflar (narxlar) aholi uchun qishloq telefon aloqa xizmatlariga tariflardan (narxlardan) tashqari, ularni taqdim etish xarajatlarini qoplashi, xizmatlar bozorini rivojlantirish va ularning nomenklaturasini kengaytirish, foydalanuvchilik qiymati hamda xizmatlarning sifatini oshirish uchun kerakli sof foydani taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatlar foydalanuvchilarini saqlab qolish maqsadida xizmatlar uchun tariflar (narxlar) ularning tannarxi darajasida belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bir xil turdagi xizmatlar uchun tariflar (narxlar) foydalanuvchilar toifalari (aholi, tashkilotlar), mahalliy telefon aloqa xizmatlari uchun esa qoʻllanish joyi (qishloq, shahar) boʻyicha tabaqalashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Telekommunikatsiya tarmoqlariga yuklamani oqilona taqsimlash maqsadida mahalliy (hisob-kitoblarning vaqtbay shaklida), shaharlararo va xalqaro telefon aloqa xizmatlari uchun tariflar (narxlar) sutkaning soatlari, haftaning kunlari boʻyicha tabaqalashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Xizmatlar uchun tariflarni (narxlarni) koʻrib chiqish va tasdiqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirlik oʻz tashabbusi bilan yoki operatorlar va provayderlarning taklifiga asosan xizmatlar uchun tariflarni (narxlarni) koʻrib chiqish (tasdiqlash, oʻzgartirish, kelishish)ni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatlar uchun tariflarga (narxlarga) oʻzgartirishlar kiritish yangi tariflarni (narxlarni) tasdiqlash yoki kelishish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xizmatlar uchun tariflar (narxlar) cheklangan darajalari boʻyicha hisob-kitoblar operatorlar va provayderlar tomonidan amalga oshiriladi va ushbu xizmatlar uchun tariflarni (narxlarni) koʻrib chiqish uchun hujjatlar Vazirlikka taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operatorlar va provayderlar tarkibiga kiradigan telekommunikatsiya xizmatlari operatorlari, provayderlari xizmatlar uchun tariflarni (narxlarni) koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi takliflarini oʻzlari tarkibiga kiradigan operatorlar va provayderlarga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Operatorlar va provayderlar xizmatlar uchun tariflarni (narxlarni) koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi takliflar bilan Vazirlikka murojaat qilganda, ushbu Nizomning 3-ilovasiga keltirilgan tariflarni (narxlarni) koʻrib chiqish zarurligini tasdiqlovchi hujjatlarni (hisob-kitoblar, buxgalteriya va statistika hisoboti boʻyicha maʼlumotlar) yozma yoki elektron shaklda taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vazirlik taqdim etilgan hujjatlarni ularni olgan kundan boshlab 7 kun muddat ichida koʻrib chiqadi. Zaruratga koʻra, tariflarni (narxlarni) koʻrib chiqish uchun telekommunikatsiyalar sohasidagi malakali ekspertlar kelishuv asosida jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vazirlik tomonidan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tariflarni (narxlarni) tasdiqlash yoki kelishish haqida qaror qabul qilinadi yoxud ularni tasdiqlash yoki kelishish rad etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vazirlik tomonidan xizmatlar uchun tariflarni (narxlarni) tasdiqlash yoki kelishish rad etilgan taqdirda, operatorlar va provayderlarga rad etish asoslari koʻrsatilgan holda shu kunning oʻzida yozma yoki elektron shaklda xabar yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vazirlik tomonidan universal telekommunikatsiya xizmatlari uchun tariflarni (narxlarni) tasdiqlash haqida tegishli tariflarni (narxlarni) amalga kiritish muddatlari koʻrsatilgan holda buyruq qabul qilinadi hamda shu kunning oʻzida buyruq nusxasi operatorlar va provayderlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telekommunikatsiya xizmatlari ayrim turlarining tariflari (narxlari) Vazirlik tomonidan kelishilganda, kelishish haqidagi tegishli hujjatda tariflarni (narxlarni) amalga kirish muddatlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xizmatlar uchun tariflarga (narxlarga) oʻzgartirish kiritilganda, oʻzgartirish kiritilganligi toʻgʻrisidagi axborot operatorlar va provayderlar tomonidan ommaviy axborot vositalarida yoki oʻzining rasmiy veb-saytida tariflar (narxlar) amalga kiritilishidan kamida oʻn besh kun oldin eʼlon qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Operatorlar va provayderlar Vazirlikning xizmatlar uchun tariflarni (narxlarni) koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilgan qarori yoki boshqa xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan norozi boʻlgan taqdirda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga yoki boshqa vakolatli davlat organlariga shikoyat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universal telekommunikatsiya xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlari uchun tariflarni (narxlarni) shakllantirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga

Universal telekommunikatsiya xizmatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

1. Respublika ichidagi xizmatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy foydalanishdagi mahalliy telefon tarmogʻi xizmatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy telefon apparatini ulash orqali simli abonent liniyasi boʻyicha telefon tarmogʻiga ulanishni taqdim etish (operator tomonidan bitta foydalanuvchiga bitta raqam ajratilganda):

telefonlashtirilgan xonada;

telefonlashtirilmagan xonada.

Simli abonent liniyasi boʻyicha telefon tarmogʻiga ulangan telefon apparatidan mahalliy telefon soʻzlashuvini taqdim etish:

soʻzlashuvlar vaqtbay toʻlov tizimiga oʻtkazilganda;

soʻzlashuvlar vaqtbay toʻlov tizimiga oʻtkazilmaganda.

Shaharlararo telegraf aloqa xizmatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telegrammani yuborish:

oddiy;

shoshilinch.

Shaharlararo telefon aloqa xizmatlari

Shaharlararo telefon soʻzlashuvini taqdim etish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) avtomatik shaharlararo telefon aloqa boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) avtomatik aloqa boʻlmagan yoʻnalishlarda telefonchi operator orqali buyurtma boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oddiy buyurtma yoki tezkor tizim boʻyicha;

shoshilinch buyurtma boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) avtomatik aloqa ochilgan yoʻnalishlarda telefonchi operator orqali buyurtma boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oddiy buyurtma yoki tezkor tizim boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoshilinch buyurtma boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalqaro xizmatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro telefon aloqa xizmatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro telefon soʻzlashuvini taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro telegraf aloqa xizmatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telegrammani yuborish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oddiy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shoshilinch.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Maxsus aloqa operatorlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar universal telekommunikatsiya xizmatlariga kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universal telekommunikatsiya xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlari uchun tariflarni (narxlarni) shakllantirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ichidagi xizmatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telegraf aloqa xizmatlari (hududlararo va zonaichi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatda keltirilgan muassasalar tomonidan beriladigan “Toifadan tashqari”, navbatdan tashqari telegrammalarni yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatda keltirilgan mansabdor shaxslar tomonidan beriladigan “oliy hukumatga oid”, “hukumatga oid” telegrammalarni yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telegraf kanallarini ijaraga berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharlararo telefon aloqa xizmatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kanallar (traktlar)ni ijaraga berish (hududlararo va zonaichi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
analog kanal (trakt)ni oʻrnatish (installyatsiya);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
analog kanal (trakt)ni ijaraga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli kanal (trakt)ni oʻrnatish (installyatsiya);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli kanal (trakt)ni ijaraga berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarmoqlararo ulanishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-kanalli trakt (E-1)ning quyi chastotali bogʻlovchi liniyasi yoki bitta kanalining ulanish nuqtasini ajratgan holda mahalliy darajada umumiy foydalanish tarmogʻiga ulanishni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy darajada raqamli kanalni ijaraga olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus aloqa operatorlari tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosiy telefon apparatini ulash orqali simli abonent liniyasi boʻyicha telefon tarmogʻiga ulanishni taqdim etish (operator tomonidan bitta foydalanuvchiga bitta raqam ajratilganda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telefonlashtirilgan xonada;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
telefonlashtirilmagan xonada.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Simli abonent liniyasi boʻyicha telefon tarmogʻiga ulangan telefon apparatidan mahalliy telefon soʻzlashuvini taqdim etish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻzlashuvlar vaqtbay toʻlov tizimiga oʻtkazilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻzlashuvlar vaqtbay toʻlov tizimiga oʻtkazilmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universal telekommunikatsiya xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlari uchun tariflarni (narxlarni) shakllantirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universal telekommunikatsiya xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlari uchun tariflarni (narxlarni) koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni kiritishda taqdim etiladigan hujjatlar (maʼlumotlar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universal telekommunikatsiya xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlarining ayrim turlari (bundan buyon matnda xizmatlar deb yuritiladi) uchun tariflarni koʻrib chiqish boʻyicha quyidagi hujjatlar (maʼlumotlar) ilova qilinishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi hisobot davrida xizmatlarning barcha turlari boʻyicha moliyaviy koʻrsatkichlar, xizmatlar hajmining tabiiy ifodada (minut, Mbayt, Mbit/s va boshqalar) oʻzgarish dinamikasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi hisobot davridagi chiquvchi soʻzlashuvlar almashinuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyingi hisobot davri uchun xizmatlar turlari boʻyicha amaldagi tariflardagi daromadlar va sof foyda prognozi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyingi hisobot davri uchun ishlab chiqarish tannarxi toʻgʻrisidagi prognoz maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyingi hisobot davri uchun rejalashtirilgan telekommunikatsiya vositalari va inshootlarini rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash uchun ajratiladigan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellik hamkorlar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha toʻlovlar grafiklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oxirgi va keyingi hisobot davri uchun xarajatlar, ularning tarkibi va miqdorlari yuzasidan batafsil maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro xizmatlar uchun tariflarga oʻzgartirish kiritishda quyidagilar maʼlumotlar qoʻshimcha ravishda taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov zonalari boʻyicha oʻrtacha hisoblangan hisob-kitob summalari (taksalari, ulushlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi kursining oxirgi hisobot davri uchun erkin konvertatsiya qilinadigan valyutaga va maxsus qarz olish huquqiga (SDR) nisbatan oʻzgarish dinamikasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2022-yil 19-fevraldagi 221-mh-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Pochta va telekommunikatsiya agentligi tomonidan 2000-yil 28-iyuldagi 14-8/1553-son bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiya xizmatlari tariflarini shakllantirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 959, 2000-yil 18-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 16-son).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2017-yil 30-yanvardagi 149-mh-son “Telekommunikatsiya xizmatlari tariflarini shakllantirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 959-1, 2017-yil 9-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 10-son, 151-modda).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 10/22/3354/0223-son; 17.07.2023-y., 10/23/3354-1/0482-son)