1-ILOVA
|
|
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Rais (jamoatchilik asosida) |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Raisning birinchi oʻrinbosari |
Rais oʻrinbosari |
Matbuot kotibi |
Jamgʻarmaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boʻlimlari |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Keksalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish boʻlimi 3 |
Maʼnaviy-maʼrifiy va ommaviy tadbirlarni tashkil etish boʻlimi 3 |
Yuriskonsult |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Moliya va buxgalteriya hisobi va mablagʻlar nazorati shuʼbasi 2 |
“Nuroniy” tahririyati” MJCH* |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Axborot-tahlil va hududlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis 1 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
“Nuroniy-sayyoh” MCHJ* |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2-ILOVA
|
|
|||||||||||||||||||||||||||||||
|
Boʻlim raisi (jamoatchilik asosida) |
|||||||||||||||||||||||||||||||
|
Keksalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yetakchi mutaxassis 1 |
Hisobchi 1 |
||||||||||||||||||||||||||||||
3-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Ijro uchun masʼullar |
|
1. |
Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashi toʻgʻrisidagi nizom hamda jamoatchilik kengashining 2022-yilga moʻljallangan ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar)lardagi nuroniylar jamoatchilik kengashlarining namunaviy tarkibi va nizomini tasdiqlash. |
Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashining tashkiliy yigʻilishi qarori |
2022-yil aprel |
- |
Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashi |
|
2. |
Hududiy nuroniylar jamoatchilik kengashlari tavsiyalari asosida oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalarga moddiy yordam koʻrsatish hamda zarur boʻlgan maxsus moslamalar bilan taʼminlashga koʻmaklashish tizimini ishlab chiqish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil aprel |
“Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari |
Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashi |
|
3. |
“Nuroniy” jamgʻarmasining ustavi va hududiy boʻlimlarining nizomlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil aprel |
- |
Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashi, Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
4. |
Keksalarning davlat madaniyat va sport muassasalari, muzeylari xizmatlaridan foydalanishi tartibini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil aprel |
- |
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi (S. Turdiyev) Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov) |
|
5. |
Oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashaydigan keksalarni maʼnaviy-ruhiy hamda psixologik qoʻllab-quvvatlash maqsadida joylardagi davlat organlari va muassasalarining malakali psixologlari, faol yoshlardan iborat boʻlgan volontyorlik guruhlarini shakllantirish. Ushbu guruhlar tomonidan har oyda kamida bir marotaba oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashaydigan keksalarning holidan xabar olish tizimini yoʻlga qoʻyish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil aprel |
- |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oliy va oʻrta maxsus vazirligi (A. Toshkulov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), mutasaddi vazirlik va idoralar |
|
6. |
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashaydigan keksalarni har yili sanatoriylarda navbat asosida bepul sogʻlomlashtirish tartibini ishlab chiqish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil aprel |
“Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari |
Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashi, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov), Kasaba uyushmalari Federatsiyasi (Q. Rafikov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
7. |
Ilm-fan, maʼnaviyat, madaniyat, sanʼat va sport sohalarida yutuqlarga erishgan (tanilgan) hamda bugungi kunda nafaqada boʻlgan ziyoli mehnat faxriylarining roʻyxatlarini “mahallabay” shakllantirish. Ularni hududlardagi taʼlim muassasalariga hamda “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” tamoyili asosida yoshlarga biriktirish orqali ijtimoiy faoliyatga keng jalb etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil may |
- |
Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashi, Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), vazirlik va idoralardagi Faxriylar kengashlari |
|
8. |
Nuroniylar jamoatchilik kengashlari va “Keksalar maslahati” guruhlari aʼzolari uchun oʻquv mashgʻulotlarini tashkil qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil aprel-may |
- |
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi (S. Turdiyev), Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashi, Adliya vazirligi (R. Davletov), mutasaddi vazirlik va idoralar |
|
9. |
Hududiy nuroniylar jamoatchilik kengashlari tomonidan keksalarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga oid chora-tadbirlar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish. |
Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashining qarori loyihasi |
2022-yil may |
- |
Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashi, Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
10. |
Fuqarolar yigʻinlarida keksalarga koʻmak beruvchi “Nuroniylar eʼzozimizda” koʻngilli patronaj yoshlar guruhlarini shakllantirish hamda ularning aʼzolarini ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil may |
- |
Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
11. |
1941 — 1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 77 yilligi munosabati bilan urush qatnashchilariga bagʻishlangan maxsus uchrashuvlar va madaniy-maʼrifiy kechalarni oʻtkazish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil may |
“Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari |
Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashi |
|
12. |
Yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashda keksalarning rolini oshirish hamda nuroniylarning dam olishlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida tuman (shahar)lardagi “Nuroniylar maskani” majmualariga taʼlim va madaniyat muassasalarini biriktirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil may |
- |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Xalq taʼlimi vazirligi (B. Saidov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov) |
|
13. |
Uzoq yillar birgalikda umr kechirib, qoʻsha qarigan keksalarning ibratli hayotini yosh avlodga targʻib etish maqsadida mahallalarda va tuman (shahar)larda “Qoʻsha qarish saodati — 50 yil”, “Birgalikda 60 yil” kabi mavzularda tantanali taqdirlash marosimlarini tashkil etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil may |
“Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari |
Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
14. |
“Muvaffaqiyatli keksalikning 50 kafolati” nomli keksalar oʻqishi uchun tavsiya etiladigan 50 nomdagi kitoblar roʻyxatini shakllantirish hamda aholi oʻrtasida ularni keng targʻib qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil iyun |
- |
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S. Sayidov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xodjimatov), Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashi |
|
15. |
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan mahallalarda qonun hujjatlarining ijrosini taʼminlash, aholi muammolarining mutasaddi tashkilotlar tomonidan hal etilishi ustidan taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish yuzasidan fuqarolar yigʻinlari raislari uchun seminarlar tashkil etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil iyun-iyul |
- |
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi (S. Turdiyev), Adliya vazirligi (R. Davletov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
16. |
Keksalarni qoʻllab-quvvatlashga texnologik innovatsiyalarni keng jalb etish maqsadida yoshi ulugʻ va yakka-yolgʻiz keksalarga koʻmaklashuvchi innovatsion texnika vositalarini yaratish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil davomida |
Xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grant mablagʻlari, homiylik mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
17. |
“Nuroniylar maskani” majmualari, ulardagi barcha inventar va jihozlarni “Nuroniy” jamgʻarmasi balansiga oʻtkazish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil iyul |
- |
Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
18. |
Barcha tuman va shaharlarda, qoidaga koʻra madaniyat va istirohat bogʻlari hududida “Nuroniylar maskani” majmualari faoliyat koʻrsatishini taʼminlash va jihozlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil sentabr |
Homiylar va tashabbus-korlar mablagʻlari |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
19. |
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh assambleyasi tomonidan 1-oktabr — Xalqaro qariyalar kuni deb eʼlon qilinganligini inobatga olib, har yili oktabr oyining birinchi haftasini “Keksalar haftaligi” sifatida keng nishonlash. |
Chora-tadbirlar dasturi |
Har yili 10-oktabrga qadar |
- |
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi (S. Turdiyev), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xodjimatov) |
|
20. |
Keksalarning boʻsh vaqtini mazmunli va foydali oʻtkazishini taʼminlash, uzoq umr koʻrishlariga yanada keng sharoit va imkoniyatlar yaratish, boy tajribalarini yoshlarga oʻrnak qilib koʻrsatish, oʻrgatish maqsadida ularning uylarida: turli ilmiy, ijodiy va texnik toʻgaraklarni tashkil etish; kasb-hunar oʻrgatishga qaratilgan faoliyatini yoʻlga qoʻyish. Ushbu yoʻnalishda tashabbuskor keksalarni muntazam ravishda ragʻbatlantirib borish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil iyul |
“Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari |
Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi (S. Turdiyev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
21. |
Mahallalarda keksalar ishtirokida oilalar birdamligini mustahkamlash, oilada avlodlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqani saqlash va qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan anʼanalarni rivojlantirishga bagʻishlangan “Milliy qadriyatlar, urf-odatlar, oila va yoshlar” mavzusida turkum maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tizimli ravishda tashkil etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Aprel — dekabr |
- |
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi (S. Turdiyev), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xodjimatov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev) |
|
22. |
Sport sohasida respublika va xalqaro maydonlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan faxriy chempionlar, sportchi-polvonlar ishtirokida mahallalarda yoshlar uchun “Unutilmas chempionlar”, “Faxriy polvonlar” mavzularida uchrashuvlar hamda musobaqalarni tashkil etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil sentabr |
- |
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi (S. Turdiyev), Sportni rivojlantirish vazirligi (A. Ikramov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), MTRK (A. Xadjayev), OʻzA (A. Koʻchimov) |
|
23. |
Keksalikning har bir yosh toifasi boʻyicha toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarziga rioya qilishga qaratilgan bukletlar hamda boshqa tarqatma materiallarni tayyorlash va xonadonlarga yetkazilishini tashkil etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil aprel — dekabr |
“Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari |
Respublika nuroniylar jamoatchilik kengashi, Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev) |
|
24. |
Xalqaro tajribadan kelib chiqib mamlakatimizda faol qarish Indeksini joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil noyabr |
- |
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi (S. Turdiyev), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Davlat statistika qoʻmitasi (B. Begalov) |