14.03.2022 yildagi PQ-162-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-iyundagi PF-94-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 06/24/94/0447-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Sport-taʼlim muassasalari faoliyatini 2025-yilgacha rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-5280-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-apreldagi PQ-5099-son qarori bilan tasdiqlangan Boksni 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq, shuningdek, iqtidorli sportchilarni professional bokschilar sifatida tayyorlash, Olimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarimiz faoliyatini keng targʻib etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi (keyingi oʻrinlarda — boks maktabi) tashkil etilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-iyundagi PF-94-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 06/24/94/0447-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar boks maktabining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlangan, zamonaviy xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan moddiy-texnika hamda oʻquv-mashgʻulot bazalarini yaratish va turli darajadagi xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda — Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari, universiadalar hamda boshqalarda Oʻzbekistonning sharafini munosib himoya qilishga qodir boʻlgan xalqaro darajadagi bokschilarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro darajadagi bokschilarni tayyorlash uchun yuqori malakali mutaxassis-trenerlar, psixologlar va uslubchilarni, shu jumladan xorijiy mamlakatlardan yetakchi mutaxassislarni keng jalb etish orqali boks boʻyicha trenerlar tarkibini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bokschilarning oʻquv-mashgʻulot jarayonini xalqaro standartlar darajasida tashkil etish, ilgʻor tajribani hisobga olgan holda, oʻquv-mashq jarayonlariga eng yangi ilmiy-uslubiy texnologiyalarni joriy etish yoʻli bilan ularni nazariy va texnik-taktik jihatdan tayyorlash sifatini muntazam oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bokschilarning professional fazilatlarini rivojlantirish, shuningdek, boksni rivojlantirishning xalqaro talablariga muvofiq holda Oʻzbekiston milliy terma jamoalariga yuqori mahoratli bokschilarni tayyorlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh istiqbolli bokschilarni tanlash va tarbiyalash masalalari boʻyicha sport maktablari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari, olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari, boks boʻyicha oliy sport mahorati maktablari, sport yakkakurashlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi va boshqa sport-taʼlim muassasalari bilan uzluksiz hamkorlikni amalga oshirish;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boks boʻyicha milliy terma jamoalar va ularning zaxiralari ishtirokida oʻquv-mashq yigʻinlari, respublika va mintaqaviy sport musobaqalarini tashkil etish hamda muntazam ravishda oʻtkazib borish, trenerlar hamda bokschilarning kasb mahorati darajasini oshirish uchun tajriba almashish boʻyicha xorijiy boks maktablari, klublari va markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boks maktabi oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi “Sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 410-son qarorida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiradi, shu jumladan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim davlat sport-taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boks maktabi oʻz faoliyatini 2022/2023 oʻquv yilidan boshlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boks maktabi oʻquvchilarining umumiy kontingenti jami 168 nafarni tashkil etib, ular 5 — 11-sinf oʻquvchilaridan iborat boʻladi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-iyundagi PF-94-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 06/24/94/0447-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boks maktabi oʻquvchilarini umumtaʼlim dasturlari boʻyicha oʻqitish ularga eng yaqin joylashgan umumiy oʻrta taʼlim maktablarida amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boks maktabi oʻquvchilarini yashash uchun jihozlar, sport kiyim-boshi va anjomlari, forma bilan taʼminlashda oliy mahorat sport maktablarining normativlari tatbiq etiladi;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-iyundagi PF-94-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 06/24/94/0447-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boks maktabi oʻquvchilarini tekin (imtiyozli) ovqatlantirish xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar toʻlovi undirilmaydi hamda oʻquvchilar toʻliq Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan oziq-ovqat bilan taʼminlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boks maktabi direktori, uning oʻrinbosarlari, pedagog xodimlar, trener-oʻqituvchilar, yoʻriqchi-uslubchilar, tarbiyachilar mehnatiga haq toʻlash hamda maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, pedagog xodimlar va tarbiyachilar mehnatini ragʻbatlantirish Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 275-son qaroriga muvofiq
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-iyundagi PF-94-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 06/24/94/0447-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boks maktabi direktori, uning oʻquv va sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari, trener-oʻqituvchilar, yoʻriqchi-uslubchilar, tibbiyot xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 211-son qaroriga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boks maktabi tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 276-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar boks maktabini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faoliyat ixtisosligi boʻyicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan va maktabning ustavidagi vazifalarga muvofiq boʻlgan boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy mashgʻulotlar oʻtkazilmaydigan vaqtda boʻsh turgan mol-mulkni ijaraga berishdan tushgan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-iyundagi PF-94-sonli Farmoniga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 06/24/94/0447-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sport vazirligi (A. Ikramov):
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-iyundagi PF-94-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 06/24/94/0447-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boks maktabining ustavini tasdiqlash, shuningdek, uni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boks maktabini zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallagan malakali pedagog kadrlar hamda trenerlar bilan bosqichma-bosqich toʻldirish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston boks federatsiyasi bilan birgalikda boks maktabida sportchilarni tayyorlash sifati yuzasidan doimiy davlat nazoratini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda boks maktabining boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining shtat jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda umumiy oʻrta taʼlim maktablarining oʻquvchilarini boks maktabida shugʻullanish uchun jalb etish choralarini koʻrsin.
(5-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-iyundagi PF-94-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2024-y., 06/24/94/0447-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi va Toshkent shahar hokimligi 2022-yil 1-avgustga qadar Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 9-mavzeda joylashgan 259-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi hududida zamonaviy boks maktabi tashkil etilishini va 2023-yil yakuniga qadar toʻliq jihozlanishini taʼminlasin
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boks maktabini tashkil etish va jihozlash uchun Davlat budjetidan jami 25 milliard soʻm yoʻnaltirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi Yoshlar siyosati va sport, Iqtisodiyot va moliya vazirliklari bilan birgalikda mazkur band talablaridan kelib chiqib 2022 — 2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining tegishli parametrlarini qayta koʻrib chiqsin.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qurilish vazirligi (B. Zakirov) boks maktabining loyiha hujjatlari ishlab chiqilishida eng maqbul meʼmoriy hamda texnik yechimlar qoʻllanilishini, maktabni innovatsion texnologiyalarga asoslangan, arzon, energiya tejamkor va tez barpo etiladigan yengil konstruksiya va materiallardan qurish, shinamlik va ekologik xavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan loyiha-smeta hujjatlarini kompleks ekspertizadan oʻtkazishni taʼminlasin va qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan doimiy davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Moliya vazirligi boks maktabi faoliyatini saqlash bilan bogʻliq zarur mablagʻlarni 2022-yil respublika budjetida koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida, 2023-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sportni rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov hamda Toshkent shahar hokimi v.b. Sh.B. Umurzakov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev zimmasiga yuklansin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 14-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-162-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 07/22/162/0215-son; 29.07.2022-y., 07/22/337/0690-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 25.06.2024-y., 06/24/94/0447-son)