Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari ustidan bojxona nazorati qoidalari, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 11-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 896-6]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 767-son “Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais A. MAVLONOV
Toshkent sh.,
2022-yil 4-mart,
12/02-22-00480-son
Kelishildi:
Vazirning birinchi oʻrinbosari O. PEKOS
2022-yil 2-mart
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 4-martdagi 12/02-22-00480-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 2000-yil 7-fevralda 02/20-12-son bilan tasdiqlangan Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari ustidan bojxona nazorati qoidalari (roʻyxat raqami 896, 2000-yil 11-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 3-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 13-noyabrdagi 01-02/12-46-son “Xalqaro pochta joʻnatuvlari ustidan bojxona nazoratining vaqtinchalik qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 896-1, 2015-yil 11-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 49-son, 618-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 8-iyundagi 01-02/12-41-son “Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatuvlari ustidan bojxona nazoratining vaqtinchalik qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 896-2, 2016-yil 30-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 26-son, 322-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 6-martdagi 01-02/12-28-son “Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatuvlari ustidan bojxona nazorati qoidalarining 4.12-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 896-3, 2018-yil 27-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2018-y., 10/18/896-3/0941-son).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 26-avgustdagi 01-02/12-58-son “Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari ustidan bojxona nazorati qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 896-4, 2018-yil 29-sentabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2018-y., 10/18/896-4/1976-son).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 29-dekabrdagi 01-02/12-75-son “Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari ustidan bojxona nazorati qoidalarining 5.6-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 896-5, 2019-yil 14-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 10/19/896-5/2479-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2022-y., 10/22/896-6/0210-son)