Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy ATTESTATSIYA KOMISSIYASI RAYoSATINING
Qarori
Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 38-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 7-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2793-8]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-apreldagi 224/8-son qarori (roʻyxat raqami 2793, 2016-yil 3-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 22-son, 260-modda) bilan tasdiqlangan Ilmiy unvonlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 38-bandidagi “bir oy muddatda” degan soʻzlar “bir ish kunida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Raisi A. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 28-fevral,
312/7-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 10/22/2793-8/0184-son)