Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
QOʻQON ShAHRINING ChEGARALARINI KENGAYTIRISh VA TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Fargʻona viloyati hokimining Dangʻara tumani hududining 344,7 gektardan, Uchkoʻprik tumani hududining 124,4 gektardan va Oʻzbekiston tumani hududining 753,3 gektardan iborat qismini Qoʻqon shahri hududiga qoʻshish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi qondirilsin.
2. Qoʻqon shahrining chegarasi chizma tasviriga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, Qoʻqon shahri tarkibiga qoʻshilayotgan 53,8 gektar qishloq xoʻjalik ahamiyatidagi yerlar tegishli xoʻjaliklarning ixtiyorida qoladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1997-yil 25-aprel,
437-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 141-modda)