Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Bosh direktorining
buyrugʻi
Karantin ostidagi mahsulotni olib qoʻyish, qaytarib yuborish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 2-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3191-1]
Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi OʻRQ-743-son “Oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2021-yil 15-iyuldagi PF-6262-son “Respublikada oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi PQ-5185-son “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi boshligʻining 2019-yil 14-oktabrdagi 8-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3191, 2019-yil 31-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2019-y., 10/19/3191/3985-son) bilan tasdiqlangan Karantin ostidagi mahsulotni olib qoʻyish, qaytarib yuborish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq ilovasining 1-bandi 2022-yil 12-apreldan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh direktor I. ERGAShEV
Toshkent sh.,
2022-yil 14-fevral,
1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining 2022-yil 14-fevraldagi 1-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Karantin ostidagi mahsulotni olib qoʻyish, qaytarib yuborish va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oʻsimliklar karantini obyekti (karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizm) — Oʻzbekiston Respublikasi hududida mavjud boʻlmagan yoki cheklangan tarzda mavjud boʻlgan, tarqalishi katta iqtisodiy zarar keltirishi mumkin boʻlgan va karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizmlarga qarshi kurashish obyekti hisoblangan zararli organizm;”.
2. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Karantin ostidagi mahsulotni yoʻq qilish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) boshliqlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hududiy organlarining va Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya — epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hududiy boʻlinmalarining vakillarini jalb qilgan holda, tarkibida kamida 5 kishidan iborat komissiya tuziladi (keyingi oʻrinlarda — Komissiya deb yuritiladi).”.
3. 16-banddagi “inspeksiyaga” degan soʻz “boshqarmaga” degan soʻz bilan almashtirilsin.
4. 20-banddagi va 21-bandning ikkinchi xatboshisidagi “inspeksiya” degan soʻzlar “boshqarma” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 24-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2022-y., 10/22/3191-1/0177-son)