Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining
Qarori
1975-yildagi yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 28-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 290-5]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-dekabrdagi 727-son “Xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Transport vazirligi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror 2022-yil 4-martdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi A. MAVLONOV
Toshkent sh.,
2022-yil 8-fevral,
12/02-22-00142-son
Transport vaziri I. MAXKAMOV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-fevral,
2-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston xalqaro avtomobilda tashuvchilar uyushmasi raisi S. PULATOV
2022-yil 26-yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 8-fevraldagi 12/02-22-00142-son, Transport vazirligining 2022-yil 7-fevraldagi 2-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 1996-yil 11-oktabrda va “Oʻzavtotrans” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi tomonidan 1996-yil 16-oktabrda tasdiqlangan 1975-yildagi yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 290, 1996-yil 10-dekabr).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2013-yil 10-dekabrdagi 01-02/12-32 va 17-son “1975-yildagi yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 290-1, 2014-yil 13-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 3-son, 34-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2015-yil 10-iyuldagi 01-02/12-32 va 33-son “1975-yildagi yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 290-2, 2015-yil 20-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 29-son, 386-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2017-yil 6-martdagi 01-02/12-10 va 58-son “1975-yildagi yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 14-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 290-3, 2017-yil 14-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 11-son, 179-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2018-yil 19-yanvardagi 01-02/12-4 va 3/189-255-son “1975-yildagi yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 290-4, 2018-yil 27-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2018-y., 10/18/290-4/0821-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2022-y., 10/22/290-5/0169-son)