Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 28-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3226-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari, 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hamda 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2020-yil 11-fevraldagi 130-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3226, 2020-yil 16-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2020-y., 10/20/3226/0313-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2022-yil 10-fevral,
67-son
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining 2022-yil 10-fevraldagi 67-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Nomzod Saralash komissiyasi kotibiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
harbiy guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
tugʻilganlik haqida guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
nomzod tomonidan qoʻlda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
anketa-maʼlumotnoma.”.
2. 52-banddan “(Saralash komissiyasi bayonnomasidan koʻchirma, shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, harbiy guvohnoma) nusxasi, narkologik, sil kasaliga qarshi kurash, teri-tanosil, psixonevrologik dispanserlar va OITSga qarshi kurash markazidan olingan maʼlumotnoma, soʻnggi besh yil ichidagi ambulator bemorning tibbiy kartasidan koʻchirma, majburiy diagnostika tadqiqotlarining natijalari bilan birga)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. 3-ilovaning 2-bandidagi “shaxsini tasdiqlovchi hujjatini” degan soʻzlar “biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud harbiy guvohnomasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 5-ilovaning 1-bandidagi “shaxsini tasdiqlovchi hujjatini” degan soʻzlar “biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi yoxud harbiy guvohnomasini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2022-y., 10/22/3226-1/0164-son)