Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining davlat gʻaznachilik majburiyatlari va obligatsiyalarini muomalaga chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-dekabrdagi 1016-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 13-apreldagi PF-6207-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda davlat qimmatli qogʻozlari bozorini yanada rivojlantirish, Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari tomonidan davlat qimmatli qogʻozlarini sotib olish imkoniyatini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Markaziy bank bilan birgalikda davlat qimmatli qogʻozlari ikkilamchi bozorini rivojlantirishni nazarda tutuvchi davlat qimmatli qogʻozlari bilan ikkilamchi bozor narxlari asosida repo bitimlarini tuzish amaliyotini kengaytirish choralarini koʻrsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 21-fevral,
82-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 82-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining davlat gʻaznachilik majburiyatlari va obligatsiyalarini muomalaga chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-dekabrdagi 1016-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-bandning beshinchi va oltinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“davlat qimmatli qogʻozlari (Markaziy bank obligatsiyalari bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari oʻrtasida joylashtirilishi mumkin. Norezidentlar oʻrtasida joylashtiriladigan davlat qimmatli qogʻozlarining yillik miqdorlari Moliya vazirligi tomonidan Markaziy bank bilan kelishilgan holda belgilanadi;
davlat qimmatli qogʻozlari kupon stavkali (qatʼiy belgilangan foiz daromadli), nol kupon stavkali (diskont obligatsiyalar), inflyatsiyaga bogʻlangan va boshqa turlarda chiqariladi;”.
2. 3-bandda:
a) ikkinchi va uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“moliya yilida chiqariladigan davlat qimmatli qogʻozlarining cheklangan miqdorlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan limitlar doirasida chiqarish;
moliya bozori konyunkturasi va Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining ehtiyojlaridan kelib chiqib, bozor ishtirokchilarini (Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari) tanlash, davlat qimmatli qogʻozlarining har bir chiqarilishi miqdori va muddatlarini, ular boʻyicha toʻlovlarning davriyligi va foizli daromad miqdorini belgilash;
b) toʻrtinchi xatboshidagi “olishni, shuningdek, ularni” soʻzlari “olish, shuningdek, ularni sotib olish orqali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda moliya yilida chiqarilib, shu moliya yilining oʻzida soʻndiriladigan davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish va Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining daromad qismidan toʻliq soʻndirish;
muomalaga chiqarilgan davlat qimmatli qogʻozlarini Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan muddatida soʻndirish va ularni sotib olish orqali muddatidan oldin soʻndirish va foiz toʻlovlarini fiskal agentga topshiriq berish orqali amalga oshirish.”.
3. ilovada:
a) 2-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“diler — investitsiya vositachisi sifatida qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyat yuritish huquqini olgan va OʻzRVB aʼzosi hisoblangan tijorat banki yoki boshqa yuridik shaxs;
investor — diler bilan tuzilgan shartnoma asosida DQQni sotib oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs — Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti yoki norezidenti”;
b) 3-bandga “soʻndirish” soʻzidan keyin “hamda foizli daromad toʻlovlarini amalga oshirish” soʻzlari qoʻshilsin;
v) 4-bandda:
birinchi xatboshidagi “tijorat banklari hamda Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar oʻrtasida joylashtiriladi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida joylashtirilishi mumkin” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshiga “belgilangan” soʻzidan keyin “va oʻzgaruvchan” soʻzlari qoʻshilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“DQQ boʻyicha daromadlilik va foizlarni hisoblashda Xalqaro kapital bozorlari xalqaro assotsiatsiyasi (ICMA) tomonidan qoʻllaniladigan formulalardan foydalanilishi mumkin.”;
g) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Diler oʻz nomidan va hisobidan, shuningdek, investor topshirigʻiga asosan va uning mablagʻi evaziga bitimlar tuzishi mumkin. Investorning DQQni sotish yoki sotib olish boʻyicha buyurtmanomalari tegishli shartnoma tuzilgan diler tomonidan taqdim etiladi.
Dilerlar ikki toifaga, yaʼni birlamchi va ikkilamchi diler toifalariga boʻlinishi mumkin.
Birlamchi diler:
oʻz nomidan (diler arizasi) va oʻz hisobidan, shuningdek, investor topshirigʻi bilan va uning hisobidan (investor arizasi) auksionda DQQni sotib olish huquqiga ega;
DQQni birlamchi joylashtirish boʻyicha oʻtkaziladigan auksionda Markaziy bank tomonidan birlamchi diler uchun DQQni sotib olish yuzasidan oʻrnatilgan eng kam hajm doirasida raqobatli buyurtmanoma taqdim etishga majbur;
market-meykerlik funksiyasini bajarishi, DQQni sotib olish va sotish boʻyicha kotirovkalar tashkil etish yoʻli bilan ikkilamchi bozorda DQQni qoʻllab-quvvatlashga majbur;
DQQ bozori holatidan kelib chiqib, birlamchi dilerga boshqa talab va shartlar diler bilan tuziladigan shartnomada koʻzda tutilishi mumkin;
Moliya vazirligi birlamchi dilerni moliyaviy ragʻbatlantirish maqsadida diler bilan tuziladigan shartnomada barcha uchun yagona va shaffof mezonlar asosida komission toʻlov chora-tadbirlarini amalga oshirishni koʻzda tutishi mumkin;
Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birlamchi diler funksiyalarini bajarish boʻyicha tegishli shartnomalarni tuzadi;
ikkilamchi diler birlamchi diler orqali birlamchi bozordan DQQni sotib olish, ikkilamchi bozorda ishtirok etish hamda oʻz nomi va oʻz hisobidan, shuningdek, investor topshirigʻi bilan va uning hisobidan ikkilamchi bozorda DQQni sotib olish huquqiga ega.”;
d) 7-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida norezidentlar ishtirokida DQQ oldi-sotdisini amalga oshirishdagi oʻzaro hisob-kitoblar ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari orqali amalga oshirilishi mumkin.”;
e) 10-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
j) 11-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Muomalaga chiqariladigan DQQ identifikatsiya raqami (yoki qimmatli qogʻozlarning xalqaro kodi) koʻrsatilgan global sertifikat bilan rasmiylashtiriladi.”;
z) 14-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Auksion oʻtkaziladigan kun Moliya vazirligi tomonidan har yili eʼlon qilinadigan DQQni chiqarish grafigi asosida belgilanadi.
Bunda auksion oʻtkaziladigan kun qonunchilik hujjatlariga muvofiq dam olish, bayram va (yoki) ish kuni boʻlmagan kun deb eʼtirof etiladigan kunga toʻgʻri kelsa, auksionni oʻtkazish ish kuni boʻlmagan kundan boshqa ish kuniga koʻchiriladi.”;
ikkinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;
toʻrtinchi xatboshidagi “yetti kundan kechikmay” soʻzlari “kamida bir kun oldin” soʻzlari bilan almashtirilsin;
i) 16-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“Bunda savdo tizimi dastlab narxi chegara narxiga teng yoki undan yuqori boʻlgan raqobatli buyurtmanomalarni, soʻngra raqobatsiz buyurtmanomalarni qanoatlantiradi.
Raqobatsiz buyurtmanomalar boʻyicha auksionda diler tomonidan DQQni sotib olishga yoʻnaltiriladigan pul mablagʻlarining mumkin boʻlgan eng koʻp miqdoriga cheklovlar belgilanishi mumkin.”;
k) 31-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Dilerlar hisob-kitob kuni OʻzRVB maxsus hisobvaraqlariga komissiya toʻlovlarini hisobga olgan holda, tuzilgan bitimlar boʻyicha mablagʻlarni toʻliq toʻlashlari shart.
Shu bilan birga, auksion boshlanishidan oldin dilerlar mablagʻlarining OʻzRVB hisobvaraqlarida boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.
DQQ boʻyicha auksion natijalari hisob-kitoblari T+0, T+1 va T+2 xalqaro standartlari asosida amalga oshiriladi.
Bunda hisob-kitob sanasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq dam olish, bayram va (yoki) ish kuni boʻlmagan kun deb eʼtirof etiladigan kunga toʻgʻri kelsa, hisob-kitoblar dam olish, bayram va (yoki) ish kuni boʻlmagan kundan keyingi ish kunida amalga oshiriladi.
OʻzRVB hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlari dilerlarning savdo tizimdagi shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
HKKMdan olingan OʻzRVB hisobvaragʻidan koʻchirma pul mablagʻlarining dilerlar shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkazib berilishiga asos hisoblanadi.
Markaziy bank savdolarda OʻzRVB komission mukofotini toʻlamagan holda ishtirok etadi.”;
l) 34-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
m) 35-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “(toʻlanishi lozim boʻlgan)” soʻzlari “(yoki auksionda aniqlanadigan)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Qimmatli qogʻozlarga egalik qilishning butun muddati mobaynida qatʼiy belgilangan va oʻzgaruvchan foizli daromad olish huquqini beradigan DQQ boʻyicha foiz toʻlovlari har olti oyda amalga oshiriladi. DQQ bozori talabidan kelib chiqib, yangi chiqariladigan DQQ boʻyicha foiz toʻlovining muddatlari oʻzgartirilishi mumkin.”;
n) 40-bandning birinchi xatboshidagi “yetti kun avval” soʻzlari “kamida bir kun oldin” soʻzlari bilan almashtirilsin;
o) 45-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“45. Moliya vazirligi DQQ emitenti funksiyalarini bajarish jarayonida quyidagi huquqlarga ega:
a) Oʻzbekiston Respublikasining nomidan moliya yilida chiqariladigan DQQning cheklangan miqdorlarini qonunchilikda belgilangan limitlar doirasida chiqarish;
b) moliya bozori konyunkturasi va Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining ehtiyojlaridan kelib chiqib, DQQ har bir chiqarilishining miqdori va muddatlarini, ular boʻyicha toʻlovlarning davriyligi va foizli daromad miqdorini belgilash;
v) norezidentlar oʻrtasida joylashtiriladigan DQQning yillik miqdorlarini Markaziy bank bilan kelishilgan holda belgilash;
g) raqobatsiz buyurtmanomalar boʻyicha auksionda diler tomonidan DQQni sotib olishga yoʻnaltiriladigan pul mablagʻlarining mumkin boʻlgan eng koʻp miqdoriga cheklovlar belgilash;
d) chiqarishning belgilangan miqdori doirasida DQQni sotishning cheklangan narxini belgilash;
e) ikkilamchi bozorda DQQni sotib olish, joylashtirish jarayonida sotilmagan DQQni ikkilamchi bozorda qoʻshimcha joylashtirish, shuningdek, ularni sotib olish orqali muddatidan oldin soʻndirish operatsiyalarini amalga oshirish;
j) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda moliya yilida chiqarilib, shu moliya yilining oʻzida soʻndiriladigan DQQni chiqarish va Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining daromad qismidan toʻliq soʻndirilishini amalga oshirish;
z) DQQ bozorida fiskal agent sifatida tegishli operatsiyalarni amalga oshirish uchun Markaziy bankka topshiriqlar berish;
i) Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan DQQ chiqarilishini fiskal agentga topshiriq berish orqali soʻndirish va foizli daromad toʻlovlarini amalga oshirish;
k) muomalada boʻlib turgan DQQ boʻyicha qoʻshimcha birlamchi joylashtirishni amalga oshirish;
l) DQQ bilan operatsiyalarda dilerlar uchun talablarni belgilash va diler funksiyalarini bajarish boʻyicha shartnomalar tuzish.”;
p) 46-bandda:
a) birinchi xatboshidagi “va diler funksiyalarini” soʻzlari “funksiyasini” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) “b” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) DQQ bilan operatsiyalarda dilerlar uchun talablarni belgilash va diler funksiyalarini bajarish boʻyicha shartnomalar tuzish;”
v) “g” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g) Moliya vazirligining topshirigʻiga asosan muomalada boʻlib turgan DQQ boʻyicha qoʻshimcha birlamchi joylashtirishni amalga oshirish;”.
r) 47-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“47. DQQ bozoridagi operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotlar (auksion oʻtkazish boʻyicha eʼlonlar, auksion natijalari va investorlar uchun zarur maʼlumotlar) muntazam ravishda Moliya vazirligi, Markaziy bank va OʻzRVBning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinib boriladi.”;
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/82/0156-son)