Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.08.2019 31.05.2000 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 929
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining koʻrsatmasi, 31.05.2000 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 929
Кучга кириш санаси
10.06.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.08.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi
tomonidan
2000-yil 29-mayda
01-526-son bilan
“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi
tomonidan
2000-yil 29-mayda
24/8-855-son bilan
“TASDIQLANGAN”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Adliya vazirligi, viloyatlar va
Toshkent shahar adliya
boshqarmalariga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar
va Toshkent shahar ichki ishlar
Bosh boshqarmalariga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AVTOTRANSPORT VOSITALARINI TASARRUF ETISh VA ULARNI BOShQARISh HUQUQINI BERUVChI IShONChNOMALARNI RASMIYLAShTIRISh BOʻYIChA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 31-mayda 929-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur koʻrsatma Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligining 2019-yil 30-iyuldagi 4, 63QQ-sonli ““Avtotransport vositalarini tasarruf etish va ularni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni rasmiylashtirish boʻyicha” koʻrsatmani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 929-1, 13.08.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli idoralar tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan avtomototransport vositalari bilan bogʻliq jinoiy xatti-harakatlar soni keskin kamaymayapti. Ushbu jinoyatlarni tezda ochish ularning bir qismi ishonchnoma orqali boshqarilayotganligi va oʻzgaga oʻtkazilayotganligi sababli egalarini aniqlash masalasida birmuncha qiyinchiliklar vujudga kelmoqda. Buning oqibatida esa, aybdorlarni topish va ularni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish davri asossiz choʻzilib ketmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarni inobatga olgan holda quyidagilar topshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Avtotransport vositalarini tasarruf etish (olish-sotish, almashtirish, hadya etish) va ularni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalar rasmiylashtirilganida vakolatnoma oluvchiga uning ikki nusxasi beriladi. Ishonchnomaning bir nusxasi hududiy DAN boshqarmalarining “Roʻyxatlash va imtihon boʻlim (boʻlinma)larida” qoldiriladi. Notarius tomonidan mazkur vakolatnoma matnida: “u tegishli avtomobil nazorati idorasida 10 kun ichida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi va roʻyxatdan oʻtkazilmagunga qadar haqiqiy emas deb hisoblanadi” deb yozilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari rahbarlariga qayd etilganlarni barcha notariuslarga va ular orqali “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunda nazarda tutilgan notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan ishonchnomalarni guvohlantiruvchi shaxslarga yetkazish vazifasi yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.A. POLVON-ZODA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Z.A. ALMATOV
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 10 son)